Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Majlis Senati “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 742           Дата: 5-12-2015, 15:27          

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘rtinchi yalpi majlisining ikkinchi kunida senatorlar “Veterinariya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

“Majlisda ta’kidlanganidek, ushbu normativ-huquqiy hujjat mamlakatimizda veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniq mustahkamlab berdi”, — deyiladi xabarda.

Qonunda davlat veterinariya xizmati, profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlari, veterinariya nazorati hamda hayvonlarning kasalga chalinishining, respublika hududiga boshqa davlatlardan ularning yuqumli kasalliklari olib kirilishining oldini olishga qaratilgan boshqa ishlarning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining vakolatlari belgilab berildi.

Veterinariya tadbirlarini o‘tkazishda, bu sohadagi mavjud muammolarni hal qilishda davlat organlari va boshqa organlarga ko‘mak berishda hamda zarur yordam ko‘rsatishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ishtirok etishining huquqiy mexanizmlari mustahkamlanmoqda.

Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu qonunning qabul qilinishi hozirgi zamon talablari va standartlarini inobatga olgan holda veterinariya xizmatini yanada rivojlantirishga, davlat veterinariya nazorati samaradorligini oshirishga, aholi salomatligini, atrof-muhitni asrashning veterinariya-sanitariya muammolarini hal qilishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031