Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 255           Дата: 20-09-2016, 22:52          
Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

O'zbekistondagi noshirlik va ahborot tehnologiyalari sohasi yangi pog'onaga qadam bosdi. O'zbekistonlik dasturchilarning yangi loyihasi 360 gradus formatidagi panorama rasm va videolari yordamida butun respublika bo'yicha virtual sayohat qilish imkonini beradi.

O'zbekiston mustaqilligi kuniga bag'ishlab “Uzbekneftegaz360” mobil ilovasi taqdim etildi. Apple va Google’ning ilovalari qatorida bu dasturning chiqishi “O'zbekneftegaz” Milliy holding kompaniyasining “Farovonlik energiyasi: O'zbekiston neft-gaz sohasining yangi tarihi” nomli loyihasi davomida amalga oshirildi. Loyiha doirasida O'zbekistonning neft-gaz sohasidagi yutuqlari haqidagi kollektsion nashr hamda innovatsion mobil ilova ishlab chiqarildi.

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Ilova yordamida respublika bo'yicha 100dan ortiq panoramali video va rasmlarni tomosha qilish mumkin. Neft' qazish va ishlab chiqarish ob`Yektlari bilan birga, foydalanuvchilar mustaqillikning 25 yillik davri davomida qurilgan ijtimoiy, madaniy-ma`rifiy va sport inshootlarini ko'rish imkoniyatiga ega. Loyihaning taqdim etilishi mustaqillikning 25 yillik to'yiga bag'ishlangani bejizga emas. Mualliflar ilovaga zamonaviy O'zbekistonning mutlaq noodatiy va noyob ko'rinishlarini jamlagan.

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Ilovadagi rasmlar ilk bor odatiy fotoapparatlar yordamida emas, balki 360 gradusli formatda tasvirga tushirish uchun mo'ljallangan eng zamonaviy foto va videokameralar bilan olindi. Bu esa o'z navbatida rasmlarning panorama uslubining tushunchasini yangilab, “mavjudlilik effekti”ni kuchaytirishga hizmat qildi. Tasvirlarni smartfon va planshetlarda odatiy holda yoki “virtual voqelik” (VR) usulida mahsus ko'zoynaklar yordamida ko'rish mumkin. Shuningdek, loyiha doirasida holding belgilari tamg'alangan mahsus kardbordlar ishlab chiqarilgan. Kross-platformali mobil ilova AppStore va PlayMarket’dan, yoki O'zbekneftegazning rasmiy veb-saytidagi (www.ung.uz) mahsus QR-kod orqali yuklab olish mumkin.

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Ushbu mobil ilova nafaqat O'zbekiston, balki mintaqa bo'yicha innovatsion, dunyo bo'yicha esa respublika taqdimoti formatidagi birinchi virtual voqelik ilovasi bo'ldi. Hozirgi paytgacha VR-ilovalar faqatgina reklama va tijorat maqsadlarida, masalan, BMW, Mercedes-Benz va shu kabi boshqa ko'pmillatli kompaniyalarning buyurtmalariga asoslanib ishlab chiqarilgan.

Virtual voqelik (virtual reality, VR) yoki sun`iy voqelik – insonga uning tuyg'ulari: ko'rish, eshitish, hidlash, tegish orqali seziladigan, tehnik vositalar yordamida yaratilgan dunyo (narsa va shahslar). Virtual voqelik ta`sir ko'rsatish va unga javob berishni taqlid qilib bera oladi.

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

“Uzbekneftegaz360” ilovasini yaratib, mualliflar mamlakatimizning bu sohadagi tehnologik va innovatsion salohiyatini namoyish etishdi. “Dinara&Co.” nashriyot uyi jamoasi mutlaqo yangi formatdagi loyihalarga e`tiborni qaratadi va innovatsiyalarga investitsiya qilishga tayyor. Jamoa bu ilova nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo bo'yicha yangi marrani belgilab berishiga ishonadi. Shu bilan birga, loyiha mualliflari eng ilg'or tehnologiyalar yordamida mamlakat imidjini mustahkamlash va zamonaviy O'zbekiston yutuqlari, salohiyatlari haqida ob`Yektiv ma`lumotlarni namoyish qilish ishlarini davom etadi (ettirishni maqsad qilib olganlar).

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Eslatib o'tamiz, “O'zbekneftegaz” MHK yurtimizdagi eng katta holding kompaniyasi hisoblanib, 128 mingdan ortiq ish joylariga ega 6 ta aktsionerlik kompaniyasi va 200dan ziyod korhonalarni birlashtiradi. O'zbekiston dunyo bo'yicha eng ko'p gaz qazib chiqaruvchi davlatlar o'ntaligiga kiradi, bu Yerda O'rta Osiyodagi uglevodorodlar zahirasining uchdan bir qismi joylashgan.

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Zamonaviy O'zbekistonga "virtual nazar"

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн