Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

YeI delegatsiyasining O'zbekistondagi yangi rahbari Eduards Stiprays ishini boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 159           Дата: 20-09-2016, 19:46          
YeI delegatsiyasining O'zbekistondagi yangi rahbari Eduards Stiprays ishini boshladi

19 sentyabr' kunidan Eduards Stiprays Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O'zbekistondagi rahbari sifatida o'z faoliyatini boshladi. Bu haqda YeIning O'zbekistondagi delegatsiyasi matbuot hizmati habar bergan.

U bungacha Latviya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi o'rinbosari – TIV siyosiy direktori lavozimida ishlagan. Eduards Stiprays O'zbekistonda YeI delegatsiyasi ish boshlagan 2011 yildan buyon tayinlangan uchinchi diplomat hisoblanadi.

Stiprays ushbu lavozimni bolgariyalik Yuriy Shterkdan qabul qilib oldi.

"Latviya tashqi ishlar vazirligidagi faoliyatim davomida men bir necha bor Toshkentga kelganman. O'shanda men sizlarning go'zal, mehmondo'st mamlakatingizga yana qaytishni istagandim. Orzuim amalga oshganidan juda hursandman va menda bugun YeI va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanishiga o'zimning hissamni qo'shish imkoniyati mavjud. Umid qilamanki, o'zbekistonlik hamkorlarimiz bilan samarali ish olib boramiz. Shuningdek, ne`matlarga boy zaminning ajoyib insonlari bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman”, degan Stiprays YeI delegatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi video murojaatida.

Eduards Stiprays o'z faoliyatini Latviya tashqi ishlar vazirligida 1993 yilda boshlagan. U Latviyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi, tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama aloqalar direktsiyasi rahbari bo'lgan, prezident devonhonasi rahbari, Latviyaning YeIdagi doimiy vakolathonasi elchisi hamda Latviyaning YeIga a`zo bo'lishidagi muzokaralarda Latviya delegatsiyasi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.

2013 yildan Stiprays Latviya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi o'rinbosari – TIV siyosiy direktori lavozimida ish boshlagan. 2016 yilning iyulida YeI tashqi ishlar va havfsizlik siyosati masalalari Oliy vakili Federika Mogerini Eduards Stipraysni YeIning O'zbekistondagi delegatsiyasiga rahbar etib tayinlanganini e`lon qilgan.

Eduards Stiprays Latviya, Ukraina, Norvegiya va Frantsiya davlat mukofotlari sohibi hisoblanadi. Latviya universiteti iqtisodiyot fakul'tetini tamomlagan. Frantsiya Milliy boshqaruv maktabi va Shvetsiya halqaro aloqalar institutida o'qigan. Oilali, bir nafar farzandi bor. Latish, ingliz, frantsuz va rus tillarini biladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031