Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Angrenga tashrifini amalga oshirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 335           Дата: 20-09-2016, 19:35          
Shavkat MirziyoYev Angrenga tashrifini amalga oshirdi

O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat MirziyoYev 20 sentyabr' kuni Angren shahriga tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda UzReport habar bergan.

U tashrif davomida «„Angren“ EIZ hududida konveyYer tasmalari, qishloq ho'jaligi shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi realizatsiyasi bilan tanishgan. Bu Yerda yiliga 100 ming metr konveyYer tasmalari, 200 ming qishloq ho'jaligi shinalari, 3 million avtomobil' shinalari ishlab chiqarish imkoniyatlari ko'rib chiqilmoqda. 2015–2018 yillarga mo'ljallangan loyiha hayotga tatbiq etilishi orqali 1200 ish o'rni yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Loyiha doirasida zavodning 105 nafar mutahassisi Hitoydagi shunday yo'nalishdagi zavodlarda stajirovka o'tab qaytishi borasida kelishuvga erishilgan.

Shu kuni Shavkat MirziyoYev Angren IESning yangi energoblokini ko'zdan kechirdi. Energoblokdagi qurilish-montaj ishlari avgust oyida yakunlangan va ishga tushirilgan edi. Ko'mirni yoqishda zamonaviy tehnologiyalarni joriy etish orqali ish hajmi yiliga 45 foizdan ortadi.

Sentyabr' oyidan loyihaviy quvvat bilan ishlay boshlagan energoblok yiliga 840 million kVt/soat elektr energiyasi va 423 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishini ta`minlaydi. Yangi energoblokning foydalanishga topshirilishi orqali elektr energiyasi ta`minoti uchun yoqilg'i sarflanishidagi tejamkorlik yiliga 61 g kVt/s, gaz chiqindilari kamayishi esa yiliga 10,3 ming tonnani tashkil qiladiyu

Shavkat MirziyoYev «Angren» ko'mir konidagi yuzani ochish, ko'mir qazib olish va Yetkazish ishlari hamda «O'zbekko'mir» AJni qayta jihozlash jarayoni bilan ham tanishib chiqqan. 2016 yilning 15 sentyabri holatiga ko'ra, yuzani ochish ishlari hajmi 15,4 million metrni kubni, ko'mir qazib olish hajmi 2,6 million tonnani tashkil etmoqda. Joriy yil ohiriga qadar 23 million metr kub yuza ochilishi, ko'mir qazib olish hajmini esa 3,7 million tonnaga Yetkazish rejalashtirilgan.

Safar chog'ida Shavkat MirziyoYev 24-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi hamda Angrendagi dehqon bozorida bo'lib, sharoitlar bilan tanishgan.

Angren shahri faollari yig'ilishida shahar infrastrukturasiga oid masalalar tahlil qilingan. Shahar hokimiga va tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan. Shuningdek, bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat MirziyoYev 16 sentyabr' kuni Jizzah viloyatida bo'lib, tashkiliy masalalarni ko'rib chiqqan edi.

18 sentyabr' kuni esa u Toshkentning bir qator tumanlariga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko'p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob`Yektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining holati bilan bevosita tanishgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн