Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Partiyalar MSKga saylovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etishni boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 176           Дата: 20-09-2016, 16:21          
Partiyalar MSKga saylovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etishni boshladi

2016 yilning 19 sentyabr' kuni O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish maqsadida tegishli hujjatlar to'plamini taqdim qildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a`zolari va ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shu kunning o'zida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Ma`lumki, shu yilning 4 dekabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tadi.

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi Qonunning 24-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.

Bunda siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e`lon qilingan kundan kamida olti oy oldin O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yhatga olingan taqdirdagina O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatishi mumkin.

Mazkur Qonunning 24¹-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida Yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish to'g'risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, Adliya vazirligining siyosiy partiya ro'yhatga olinganligi ko'rsatilgan ma`lumotnomasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo'lajak nomzod to'g'risidagi ma`lumotlarni taqdim etishi lozim.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma`lumotnomani beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to'g'risida uzil-kesil qaror qabul qiladi.

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi Qonunga muvofiq, saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro'yhati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda e`lon qilinadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031