Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda “ICTWEEK Uzbekistan – 2016” ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari haftaligi boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 106           Дата: 20-09-2016, 16:31          
O'zbekistonda “ICTWEEK Uzbekistan – 2016” ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari haftaligi boshlandi

Haftalik O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ahborot va kommunikatsiya tehnologiyalari masalalari qo'mitasi, Komp'yuterlashtirish va ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida davlat hokimiyati organlari faoliyatida zamonaviy ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish uchun institutsional asoslar yaratildi, idoralar o'rtasida elektron ahborot almashinuvi yo'lga qo'yildi, aholi davlat hokimiyati organlari faoliyatiga oid ahborotdan keng foydalanmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasining milliy ahborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasining Milliy ahborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi ushbu sohani yanada takomillashtirishga hizmat qilayotir.

2004 yildan buyon an`anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “ICTWEEK Uzbekistan” haftaligi mutahassislar va ahborot tehnologiyalaridan foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

Tadbir doirasida 20 sentyabr' kuni ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari sammiti o'tkaziladi. Unda hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va mustahkamlash, sohadagi yutuq va muammolarni muhokama qilish hamda ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo'yicha fikr almashish maqsadida O'zbekiston va horijiy mamlakatlar mutahassislari ishtirok etadi.

21-23 sentyabr' kunlari Toshkent va Namangan shaharlarida an`anaviy “ICTExpo – 2016” ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari milliy ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Unda ahborot hizmatlari bozorida taqdim etilayotgan eng zamonaviy tizim va tehnologiyalar namoyish etiladi. Mamlakatimiz kompaniyalari yuqori tehnologiyali mahsulotlar, hususan, dasturiy ta`minot, komp'yuter tehnikasi, mobil' aloqa va ma`lumotlar uzatish hizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, ishtirokchilar “elektron hukumat” bo'yicha amalga oshirilgan loyiha va tehnologiyalarning eng yahshi namunalarini ham namoyish qiladi. Mazkur ekspozitsiya yagona davlat ma`lumotlar bazasini yaratish va aholiga interfaol hizmatlar ko'rsatishga doir samarali Yechimlarni taklif etish imkonini beradi.

Haftalikning muhim voqealaridan biri bo'lgan “ICT Forum – 2016”da ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini yanada rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari muhokama etiladi. Joriy yilda mazkur forumda ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari sohasidagi Yetakchi kompaniyalar vakillari, ekspertlar va horijiy mutahassislar – jami 800 dan ziyod kishi ishtirok etadi. Unda mavzuga oid sakkiz yo'nalishda yuzdan ortiq ma`ruza taqdim etiladi.

Ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari haftaligi doirasida talaba va o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan “BestSoft Challenge – 2016” dasturchilar tanlovi g'oliblari ham taqdirlanadi. Yoshlar ijod saroyida esa “Intellect2All” tanlovining mamlakat bosqichi bo'lib o'tadi. Dasturchi, dizayner va menejYerlar zamonaviy bozor uchun dolzarb bo'lgan veb-loyiha va mobil' ilovalar ustida real vaqt rejimida ish olib boradi. Farg'ona, Samarqand, Buhoro, Horazm, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va poytahtimiz jamoalari tanlovning 30 million so'mlik mukofot jamg'armasiga sazovor bo'lish uchun o'zaro bahslashadi.

Shuningdek, ahborot havfsizligi bo'yicha O'zbekistonda dastlabki “Cyber Security Challenge Uzbekitan” musobaqasi ham bo'lib o'tadi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan 97 nafar final ishtirokchisi steganografiya, kriptografiya, veb-bog'lanish va dasturiy ta`minot bilan bog'liq murakkab tehnik vazifalarni bajaradi. Toshkent ahborot tehnologiyalari universitetida talabalarga nafaqat laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish, balki ilmiy ishlarni bajarish imkonini beradigan Huawei kompaniyasi laboratoriyasining ochilish marosimi o'tkaziladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн