Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev metroning «Yunusobod» yo'nalishidagi qurilish ishlarini yakunlash topshirig'ini berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 215           Дата: 20-09-2016, 16:14          
Shavkat MirziyoYev metroning «Yunusobod» yo'nalishidagi qurilish ishlarini yakunlash topshirig'ini berdi

O'zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat MirziyoYev 18 sentyabr' kuni Toshkent shahrining bir qator tumanlarida bo'lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko'p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob`Yektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining holati bilan bevosita tanishdi. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyati matbuot hizmati habar tarqatgan.

Yunusobod tumanidagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv davomida mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimovning ko'rsatmalariga binoan Toshkent metropoliteni yo'llarini zamonaviy yo'lsozlik va tunnelsozlik tehnologiyalarini joriy etish orqali davom ettirish ishlariga alohida e`tibor qaratildi.

Hususan, Yunusobod yo'nalishidagi 2 ta bekatda qurilish ishlarini yakunlash, yangi Yer osti va Yer usti tezyurar metro yo'nalishlari qurilishini loyihalashtirish masalalari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shavkat MirziyoYev shu kuni poytahtning Chilonzor tumanida ham bo'lib, Bunyodkor shohko'chasi va Muqimiy nomidagi ko'cha chorrahasida bunyod etiladigan, uzunligi 600 metr bo'lgan 6 qatorli yo'lo'tkazgichning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

U shuningdek, Yunusobod tumanini Mirzo Ulug'bek tumani bilan bog'laydigan yangi yo'l barpo etish, bunda Yangi shahar ko'chasini Bog'ishamol ko'chasi bilan tutashtiradigan 1 ming 100 metrdan iborat yangi avtomobil' yo'li hamda Bo'zsuv kanali ustida quriladigan 510 metrli ko'prik loyihalari bevosita joyida atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu ob`Yektlarda qurilish ishlarini 2017 yil mart oyida to'liq va sifatli yakunlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to'g'risida topshiriqlar berildi.

Ma`lumot uchun, Toshkent metrosining «Yunusobod» yo'li qurilishi 1988 yilda boshlangan bo'lib, 2001 yilning sentyabrida qurilish ishlari to'htab qolgan edi. Metroning ushbu yo'nalishi loyihalashtirish va qurishda juda murakkab bo'lib chiqdi, chunki metro tunneli va bekatlari joylashgan joylar kanallar va Bo'zsuv ostiga to'g'ri keldi. Undan tashqari, metro qurilishiga o'tgan ko'plab muhandislik kommunikatsiyalari ham halaqit berdi.

Bugungi kunda ushbu metro yo'nalishining asosiy muammosi uning Yunusobodning aholi gavjum yashaydigan mavzelarigacha Yetib kelmagani hisoblanadi. Shuning uchun ham yo'lovchilarning ko'p qismi yo undan umuman foydalanmaydi yoki faqat tranzit maqsadlarda foydalanishi kuzatiladi.

Metro yo'nalishini aholi ko'p istiqomat qiladigan hududlargacha olib borish orqali shahardagi avtomobil transporti yukini bir qadar Yengillashtirish, shuningdek, metropolitenning rentabelligini sezilarli darajada oshirish mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн