Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari kengaytirildi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 633           Дата: 5-12-2015, 14:44          

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot 2015-yil 4-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Foto: O‘zA

Yalpi majlisning ikkinchi kunini senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar.

2014-yilda davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunlarga, bir qator boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlarga va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi. Jumladan, Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari kengaytirildi. Endi uning zimmasiga xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha saylov komissiyalarining faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash funksiyalari yuklanmoqda, saylov tizimini yanada demokratlashtirishga qaratilgan boshqa qo‘shimchalar ham kiritildi.

Majlis davomida korporativ boshqaruv sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ko‘rib chiqildi. 2015-yil 24-aprel kuni “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligi munosabati bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, potensial investorlar uchun ularning ochiqligi va jalb etuvchanligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Aksiyadorlik jamiyatini o‘rta muddatga va uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbol strategiyasini aniqlash, shuningdek, ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashining mazkur strategiyani amalga oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam eshitib borish bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarining vakolatlari ancha kengaytirilmoqda.

Ushbu o‘zgartishlarga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari ishlarini boshqarishda ishtirok etayotgan chet ellik menejerlarning vakolatlari kengaytirildi, aksiyadorlik jamiyatlaridagi chet ellik xodimlarning boshqaruv xodimi sifatida olgan daromadlarini soliqdan ozod etish nazarda tutilmoqda.

Qonun bilan protsessual qonun hujjatlariga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, sud ishi tezkorligini, ochiqligini va sifatini, uning fuqarolar uchun qulayligini oshirish maqsadida Xo‘jalik protsessual kodeksiga, Budjet kodeksiga va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq tegishli sud tartib-taomillarini o‘tkazishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning turli shakllari, jumladan, ijro varaqasini sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida jo‘natish mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031