Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatini vaqtincha yuklatilishining ilmiy-nazariy asosiga oid fikrlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 140           Дата: 19-09-2016, 19:28          
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatini vaqtincha yuklatilishining ilmiy-nazariy asosiga oid fikrlar

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniYevich Karimovning bevaqt vafotidan keyin mustaqil O'zbekistonimiz Konstitutsiyasining 96-moddasi talablariga ko'ra, Prezidentning vazifa va vakolatlari vaqtincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatilishiga oid vakolatni Senat raisi tomonidan rad etilib, ushbu vakolatni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuklatilishi maqsadga muvofiqligiga oid taklif shaklidagi amr-irodasi va buni inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining 2016 yil 8 sentyabrda qabul qilgan qo'shma qarori doirasida internet va boshqa ahborot tarmoqlarida ayrim deletant ekspertlar tomonidan turli hil yuzaki fikrlar bildirilib, go'yoki bu holat huquqiy asosga ega emas degan shoshilinch hulosalar bildirilmoqda.

Bularga qarshi o'laroq, mamlakatimizning Yetakchi huquqshunos olimlari va deputatlarimiz Senat raisining o'ziga yuklatilgan vazifani rad etishi va Prezident vazifa va vakolatini vaqtincha bajarishni Bosh vazirga yuklatilishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76, 81, 82, 96-moddalari, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to'g'risidagi”, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati” to'g'risidagi konstitutsiyaviy qonunlarining 11-moddalari hamda “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi talablariga va eng asosiysi esa, milliy manfaatlarimizga muvofiqligi to'g'risidagi fikrlarni Ommaviy ahborot vositalari orqali keng jamoatchilikka ma`lum qilgan bo'lsalarda, biroq bu borada delitantlarcha munozaralar hali hanuz davom etmoqda.

Ushbu delitantlarcha munozaralarga chek qo'yish maqsadida nazarimda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatini vaqtincha Senat raisi zimmasiga yuklatilishini Senat raisi tomonidan rad etilib, Bosh vazirga yuklatilishi maqsadga muvofiqligiga oid taklif shaklidagi amr-irodasi va bu borada Parlament qo'shma qarori qabul qilinishining huquqiy jihatdan asosliligi yuzasidan fikr bildirishda davlat va huquq nazariyasi bo'yicha Yetakchi olimlar va mutahassislarning ilmiy fikr va takliflari bildirilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Shu o'rinda taniqli rus olimi N.M.Korkunovning bu boradagi fikrlarini keltirish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatini vaqtincha bajarishga vakolatli bo'lgan Oliy Majlis Senati raisining yuqorida qayd etilgan hatti-harakati to'g'ri huquqiy rakursda amalga oshirilganligini ko'rsatadi. Jumladan, olim o'tgan asrning ohirlaridayoq davlat boshlig'ining odatiy farmonlari bilan favqulodda farmonlarini farqlay bilishni taklif etgan. Olimning fikriga ko'ra, favqulodda farmonlar qonun bilan tartibga solinadigan masalalar bo'yicha yohud qonunni bekor qilish bo'yicha chiqariladi. “Favqulodda farmonni chiqarish aslida zarurat taqozosi bilangina oqlanishi mumkin bo'lgan huqubuzarlikdir. Ushbu farmon bilan o'rnatiladigan chora-tadbirlar haqiqatda faqat qonuniy hujjat bilan belgilanishi mumkin. Mazkur favqulodda sharoitlarda bu talabga rioya etishning iloji bo'lmagan holatdagina qonun favqulodda farmonga almashtiriladi. Biroq bunday farmonlar muvaqqat hususiyatga ega bo'lib, favqulodda farmon bilan belgilangan choralar qonun chiqaruvchi organga ko'rib chiqish uchun taqdim etilishi kerak»1

Holbuki, birinchi Prezidentimizning bevaqt vafot etganligi va bu holatda Senat raisining Prezident vazifasini vaqtincha bajarishdan voz kechishi va ushbu vakolatni Bosh vazirga yuklatilishiga oid zarurat taqozosiga oid amr-irodasini O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisi ko'rib chiqishi uchun rasmiy ma`lum qilishi va shu asosda Parlamentning qo'shma qarori qabul qilinishi huqushunos olim N.M.Korkunovning ilmiy fikrlariga mos keladi.

Zotan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-modda, 9-hatboshisidagi “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining kelishuviga binoan qo'shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o'tkazilishi mumkin”ligiga oid qoida nafaqat Parlamentning joriy yil 8 sentyabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlisining, balki qonundagi ayrim bo'shliqlarni o'ziga hos tarzda to'ldiruvchi normalar qabul qilinishining ham huquqiy asosi ekanligini inobatga olgan holda, deputatlarimizning mavjud masalalar bo'yicha zarurat taqozosidan keyingi faoliyatlarini yuqorida qayd etilgan ilmiy-nazariy fikrlar mantiqiy izchilligiga muvofiqligini ta`minlashi mumkinligiga e`tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Shuhrat RASULOV
yuridik fanlar nomzodi.

1 Korkunov N.M. Ukaz i zakon.SPb.,1894, 272-bet.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн