Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zHDP va «Adolat» SDP plenumlari bo'lib o'tmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99           Дата: 19-09-2016, 17:09          
O'zHDP va «Adolat» SDP plenumlari bo'lib o'tmoqda

2016 yil 17 sentyabr' kuni O'zbekiston Halq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi VI Plenumi bo'lib o'tmoqda.

Plenum ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning munosib ishtirokini ta`minlash borasidagi vazifalar, O'zbekiston Halq demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo'lajak nomzod ko'rsatish, O'zbekiston HDPning X Qurultoyini chaqirish va uning kun tartibi, partiya qurultoyiga vakillik me`yori va ularni saylash tartibi to'g'risidagi masalalarni muhokama qildi.

Plenumda siyosiy partiyalar uchun yaratib berilgan keng huquq va imkoniyatlardan to'la foydalanib, partiyaning dasturiy maqsad va g'oyalari hamda uning elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo'lib o'tadigan saylovda O'zbekiston Halq demokratik partiyasining munosib ishtirokini ta`minlash borasidagi dolzarb vazifalarga alohida e`tibor qaratildi.

Kun tartibidagi asosiy masala – O'zbekiston Halq demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatish masalasi ham alohida muhokama qilindi.

Bu borada partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan O'zHDP Markaziy Kengashi raisi, partiya fraktsiyasi rahbari Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov partiyadan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyaning Qurultoyida ko'rib chiqish uchun nomzod sifatida ko'rsatildi.

Shuningdek, Plenumda O'zbekiston HDPning X Qurultoyini joriy yilning 14 oktyabr' kuni chaqirish va uning kun tartibi hamda partiya Qurultoyiga vakillik me`yori va ularni saylash tartibi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

So'zga chiqqanlar tomonidan saylovoldi targ'iboti davrida partiya tashkilotlari va faollarining samarali ish yuritishi, qonun bilan belgilangan vakolatlarni to'la ishga solgan holda, birinchi navbatda yurtimizdagi mazkur muhim siyosiy jarayonlardan aholining habardorligini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarining sifati va samaradorligi masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O'zHDP Markaziy Kengashi VI Plenumi tegishli qarorlarni qabul qildi.

* * *

2016 yil 17 centyabr' kuni O'zbekiston “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining VI Plenumi bo'lib o'tmoqda.

Majlisda O'zbekiston “Adolat” SDPning joriy yilning 4 dekabr' kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtiroki to'g'risidagi masala muhokama etildi. Mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ushbu jarayonda partiyaning munosib ishtirok etishi zarurligi alohida ta`kidlandi.

Partiya Siyosiy Kengashi a`zolari Prezident saylovi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, halqning hohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekanini qayd etdi.

O'z navbatida “Adolat” SDPning dasturiy maqsad va vazifalari o'zida aholi manfaatlarini ifoda etishi hamda bo'lajak saylov partiya g'oyalarini yana bir bor saylovchilar orasida keng targ'ib qilish, partiyadan ko'rsatiladigan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi orqali elektorat manfaatlarini yanada chuqurroq ifodalash imkonini berishi ta`kidlandi.

Muhokamalar davomida O'zbekiston “Adolat” SDPning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi maqsadga muvofiq, deb topildi. Mazkur masalada, partiya elektorati va tarafdorlarining hohish-irodasidan kelib chiqib, Siyosiy Kengash raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi rahbari Narimon Majitovich Umarov nomzodini partiyaning navbatdagi VIII Qurultoyida ko'rsatish taklifi qo'llab quvvatlandi.

Partiyaning ushbu saylovda ishtiroki bilan bog'liq masalalar uning oliy organi – Qurultoyida hal qilinishidan kelib chiqqan holda majlis qatnashchilari O'zbekiston “Adolat” SDPning navbatdagi VIII Qurultoyini 2016 yilning 15 oktyabr' kuni Toshkent shahrida chaqirilishini belgilab oldi.

Plenum ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qatnashish maqsadida tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish, Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan hujjatlarni o'z vaqtida taqdim qilish kabi masalalarga to'htalib o'tdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн