Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Markaziy saylov komissiyasi halqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 179           Дата: 18-09-2016, 16:44          
Markaziy saylov komissiyasi halqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

O'zbekistonda 2016 yilning 4 dekabr' kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puhta tayyorgarlik ko'rilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeHHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB)ga, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijroiya qo'mitasi (MDH Ijroiya qo'mitasi)ga, Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga, Islom hamkorligi tashkiloti (IHT)ga va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA)ga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining halqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasman taklifnomalar yubordi.

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq saylov komissiyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazishni ochiq va oshkora amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasining ommaviy ahborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o'tayotganligini yoritib boradilar.

Saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish honalarida va ovozlarni sanab chiqishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniYe va radio vakillari, boshqa davlatlar, halqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.

Boshqa davlatlar, halqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Ularning faoliyati Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 15 sentyabrdagi 734-son qarori bilan tasdiqlangan hamda “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi, “O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek saylov tashkil qilish va o'tkazish sohasidagi halqaro huquqning umume`tirof etilgan normalari va printsiplariga muvofiq ishlab chiqilgan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida horijiy davlatlar, halqaro tashkilotlar va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to'g'risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.

Ta`kidlash lozimki, halqaro va horijiy kuzatuvchilarning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi butun saylov jarayonining oshkoraligi va ochiqligi tamoyillari mustahkamlanishiga, umumiylik, tenglik, erkinlik va yashirin ovoz berish kabi demokratik saylovlarning tamoyillariga rioya etilishiga hizmat qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031