Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda Prezidentlik saylovlari kuzatuvida ishtirok etishini so'rab YeHHTga taklifnoma yuborildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 228           Дата: 17-09-2016, 19:55          
O'zbekistonda Prezidentlik saylovlari kuzatuvida ishtirok etishini so'rab YeHHTga taklifnoma yuborildi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining halqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasmiy taklifnoma yubordi.

Markaziy saylov komissiyasi vakili habar qilganidek, 17 sentyabr' kuni Markaziy saylov komissiyasi Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosiga 2016 yil 4 dekabr' kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida halqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklifnoma yubordi.

Ta`kidlaganidek, istiqlol yillari mobaynida O'zbekistonda halqaro saylov standartlariga mos ravishda demokratik saylovlar o'tkazish bo'yicha salmoqli tajriba to'plangan. Saylov to'g'risidagi qonunchilikning doimiy asosda takomillashib borayotganligi fuqarolarning saylov huquqlari yanada mustahkamlanishiga, saylovlarni tashkil qilish va o'tkazish milliy tajribasi yahshilanishiga qaratilgandir. Markaziy, okrug va uchastka saylov komissiyalari o'z faoliyatida saylov kampaniyasining barcha bosqichlarida qonuniylik, oshkoralik, ochiqlik va transparentlik tamoyillariga so'zsiz rioya etishga alohida e`tibor qaratadi.

Uning fikricha, ham horijiy, ham mahalliy kuzatuvchilarning saylov jarayonida ishtirok etishi umumiylik, tenglik, erkinlik va ovoz berishning yashirinligi, haqiqiy, adolatli va oshkora saylov kabi demokratik saylovlarning asosiy tamoyillariga rioya etilishini ta`minlaydi. Shuning uchun ham saylovlarning halqaro kuzatuvi butun dunyoda keng e`tirof etilgan hamda demokratik jarayonlar va umume`tirof etilgan inson huquqlarini qo'llab-quvvatlash, ularga rioya etilishini ta`minlashning muhim vazifalaridan biriga aylangan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston saylov qonunchiligi siyosiy partiyalardan kuzatuvchilar bilan birga horijiy davlatlar, halqaro tashkilotlar va harakatlar vakillarining saylovni kuzatishda ishtirok etishi imkonini nazarda tutadi. Hususan, ularga saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish honalarida va ovozlarni sanab chiqishda kuzatuvni amalga oshirish huquqi berilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн