Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston – kelajagi buyuk davlat!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 177           Дата: 17-09-2016, 16:20          
O'zbekiston – kelajagi buyuk davlat!

Ayni damda ko'plab horijiy ommaviy ahborot vositalarining nigohi O'zbekistonga qaratilgan. Anglaganingizdek, bu bevosita O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevaqt vafoti bilan bog'liq. Ta`kidlash lozimki, bu inson shu qadar kuchli siyosatchi va davlat arbobi bo'lganligi bois, u haqidagi ma`lumotlar dunyoning aksariyat Yetakchi nashrlarining birinchi sahifasida turibdi. Zero, u kishining vafoti munosabati bilan Kuba Respublikasi hukumati tomonidan 5 sentyabrning mamlakatda motam kuni, deb e`lon qilinganligi ham bejizga emas, albatta.

Haqiqatan ham, Islom Karimov dunyoning obro'li davlat arboblaridan biri edi. U rahbarlik qilgan davrlarda O'zbekistonning erishgan yutuqlari haqida ko'plab kitoblar yozish mumkin. Ushbu buyuk shahsning yozgan asarlari esa hozirda Yevropaning bir qator universitetlarida talabalar uchun o'quv-qo'llanmasi sifatida foydalanilmoqda.

.Ekspertlarning fikricha, Islom Karimov yuritgan oqilona siyosat yildan yilga o'zining ijobiy tasdig'ini topmoqda. Hozirgi kunga kelib, O'zbekiston iqtisodiy jihatdan juda katta rivojlanishga erishdi. Buni mamlakat iqtisodiyotida qayd etilayotgan raqamlardan bilib olish qiyin emas. Mustaqillik yillarida O'zbekiston iqtisodiyotining izchil rivojlanishiga kichik va hususiy tadbirkorlik hamda turizm kabi sohalarga alohida e`tibor berilganligi sabab bo'ldi.
Ayni damda O'zbekistonda YuNeSKO ro'yhatiga kiritilgan tarihiy obidalarning yuzdan ortig'ini uchratishingiz mumkin. Bu esa dunyoning turli chekkalaridan mamlakatimizga sayyohlar oqimining uzluksiz kelishiga sabab bo'lmoqda. O'zbekistonning horijiy sayyohlar e`tiborini tortishiga yana bir sabab, bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikning hukmron ekanligidir.

Bundan tashqari, Islom Karimov o'z faoliyati davomida madaniyat va sport sohalariga ham jiddiy e`tibor qaratdi. Ayniqsa, bolalar, hotin-qizlar sportini rivojlantirish borasidagi sa`y-harakatlari natijasida aholining kundalik hayotda sog'lom turmush tarzini kechirishlariga erishildi. Shuningdek, dunyoning ko'plab mashhur sportchilari halqaro miqyosdagi tadbirlar va musobaqalar doirasida mamlakatimizga tashrif buyurishdi. Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport yo'nalishlarida ham jahon chempionatlari bo'lib o'tdi. RojYer Federar, Krishtianu Ronaldu, Lionel' Messi kabi sport yulduzlari, Halqaro Olimpiya Qo'mitasi prezidenti Tomas Bah va boshqalar Toshkentga tashrif buyurib, respublikamizda sportning jadal suratlarda rivojlanayotganligini alohida ta`kidlab o'tishdi.

Ta`kidlash lozimki, kuni kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori va quyi palatalarining qo'shma yig'ilishida Senat raisi Nig'matilla Yo'ldoshev davlatni vaqtinchalik boshqarish vazifasini ayni damda faqatgina respublika bosh vaziri Shavkat MirziyoYev muvaffaqiyatli bajara olishini ta`kidlab, uning nomzodini senatorlar va deputatlar ihtiyoriga taklif sifatida kiritdi va u majlis ishtirokchilari tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Zero, joriy yilning 4 dekabr' kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida halq ishonchini qozona olgan yangi davlat rahbari ham huddi Islom Karimov yuritgan oqilona siyosatni davom ettiradi. Yangi prezident kim bo'lishidan qat`iy nazar, O'zbekiston dunyodagi eng tinch va osoyishta mamlakatlardan biri bo'lib qolaveradi, mamlakat taraqqiy etishdan to'htamaydi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн