Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

"Adolat" SDP O'zbekiston Prezidentligi saylovida ishtirok etadigan o'z nomzodini e`lon qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 134           Дата: 17-09-2016, 13:43          

"Adolat" SDP O'zbekiston Prezidentligi saylovida ishtirok etadigan o'z nomzodini e`lon qildi

2016 yil 17 centyabr' kuni O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining VI Plenumi bo'lib o'tdi. Unda partiya Siyosiy Kengashi, Markaziy Taftish komissiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi a`zolari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari hamda ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda partiya matbuot hizmati habar bermoqda.

Majlisda O'zbekiston “Adolat” SDPning joriy yilning 4 dekabr' kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtiroki to'g'risidagi masala muhokama etildi. Mamlakat hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ushbu jarayonda O'zbekiston “Adolat” SDPning munosib ishtirok etishi zarurligi alohida ta`kidlandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan partiya Siyosiy Kengashi a`zolari fikr bildirib, Prezident saylovi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, halqning hohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekanligini qayd etishdi. O'z navbatida “Adolat” SDPning dasturiy maqsad va vazifalari o'zida aholi manfaatlarini ifoda etishi, hamda bo'lajak saylovlar partiya g'oyalarini yana bir bor saylovchilar orasida keng targ'ib qilish, partiyadan ko'rsatiladigan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi orqali elektorat manfaatlarini yanada chuqurroq ifodalash imkonini berishini, shu bois, milliy saylov qonunchiligida siyosiy partiyalarga berilgan ushbu imkoniyatdan foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.

Muhokamalar davomida O'zbekiston “Adolat” SDPning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Plenum ishtirokchilari ushbu saylovda partiya nomzodi hususidagi masalani ham atroflicha ko'rib chiqdilar.

Mazkur masalada yig'ilish qatnashchilari, partiya elektorati va tarafdorlarining hohish-irodasidan kelib chiqib, Siyosiy Kengash raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi rahbari Nariman Madjitovich Umarov nomzodini partiyaning navbatdagi VIII Qurultoyida ko'rsatilishini qo'llab quvvatladilar.

Ushbu masala yuzasidan so'zga chiqqan partiya Siyosiy Kengashi a`zolari O'zbekiston “Adolat” SDPning O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo'lajak nomzodi N.Umarov Yetarli hayotiy tajribaga ega ekanligi, safdoshlari orasida obro'-e`tibor qozonganligi hamda bo'lajak saylovda ishtirok etish uchun munosib nomzod ekanligini qayd etib o'tishdi.

Partiyaning ushbu saylovlarda ishtiroki bilan bog'liq masalalar uning oliy organi – Qurultoyida hal qilinishidan kelib chiqqan holda majlis qatnashchilari O'zbekiston “Adolat” SDPning navbatdagi VIII Qurultoyini 2016 yilning 15 oktyabr' kuni Toshkent shahrida chaqirilishini belgilab oldilar.
Muhokama yakunida Plenum ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qatnashish maqsadida tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish, Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan hujjatlarni o'z vaqtida taqdim qilish kabi masalalarga to'htalib o'tishdi.
Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн