Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonunni imzoladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 343           Дата: 17-09-2016, 11:26          
Shavkat MirziyoYev «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonunni imzoladi

O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev 2016 yil 16 sentyabrda «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonunni imzoladi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi 12 avgustda, Senat 24 avgustda mazkur qonunni qabul qilgan edi.
17 sentyabrda OAVda e`lon qilingan qonun 6 oydan so'ng kuchga kiradi.

Mazkur qonun ichki ishlar organlari tiimi va tuzilmasi, ularning huquqi, majburiyatlari va vakolatlari, hodimlariga qo'yiladigan talablarga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasiga oid masalalar hal etilgan.

Qonunda ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy vazifalari, yo'nalishi va qoidalari mustahkamlangan. Ularning zimmasiga fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibi va havfsizligini ta`minlash, yuridik va jismoniy shahslarning mol-mulkini muhofaza qilish vazifalari yuklangan.

Aytish joizki, ichki ishlar organlariga aniq majburiyatlarni qo'yish, ularning jamiyat va davlat oldidagi mas`uliyatini oshirishga hizmat qiladi. Ichki ishlar idoralari hodimlari o'z faoliyati davomida O'zbekiston Konstitutsiyasi,
«Ichki ishlar organlari to'g'risida» qonun va boshqa qonunchilik aktlariga rioya etishlari shart.

Ichki ishlar organlari hodimlari hizmat majburiyatlarini bajarishda o'zlarining noqonuniy harakatlarini oqlash uchun hizmat manfaatlarini ro'kach qilishi, iqtisodiy manfaat ko'rishi, noqonuniy talab qo'yishi, mansabdor shahslarning qonunga hilof buyruq va ko'rsatmalarini bajarishlari mumkin emas.

Qonun shuningdek, inson sha`ni va g'ururini poymol qiluvchi har qanday zo'ravonlik, tajovuz va boshqa turli harakat va usullarni qo'llashni ichki ishlar hodimiga taqiqlaydi.

Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi bevosita Prezidentga, ayrim masalalar bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.

Ichki ishlar vaziri bosh vazir tavsiyasiga binoan Prezident tomonidan tasdiqlanadi va Prezident tomonidan vazifasidan ozod etiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн