Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hotamjon Ketmonov O'zbekiston Prezidentligi uchun bo'ladigan saylovda ishtirok etadigan to'rtinchi nomzod sifatida qayd etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 326           Дата: 17-09-2016, 13:42          
Hotamjon Ketmonov O'zbekiston Prezidentligi uchun bo'ladigan saylovda ishtirok etadigan to'rtinchi nomzod sifatida qayd etildi

Hotamjon Ketmonov O'zbekiston Prezidentligi uchun bo'ladigan saylovda ishtirok etadigan to'rtinchi nomzod sifatida qayd etildi

2016 yil 17 sentyabr' kuni O'zbekiston Halq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi VI plenumi bo'lib o'tdi. Bu haqda partiya matbuot hizmati habar bermoqda.

Unda O'zbekiston HDP Markaziy Kengashi a`zolari, mas`ul hodimlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraktsiyasi a`zolari, mintaqaviy partiya kengashlari rahbarlari, partiya faollari hamda ommaviy ahborot vakillari ishtirok etdi.

Plenum kun tartibiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning munosib ishtirokini ta`minlash borasidagi vazifalar, O'zbekiston Halq demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo'lajak nomzod ko'rsatish, O'zbekiston HDPning X qurultoyini joriy yilning 14 oktyabr' kuni chaqirish va uning kun tartibi, partiya qurultoyiga vakillik me`yori va ularni saylash tartibi to'g'risidagi masalalar kiritildi.
Plenumda siyosiy partiyalar uchun yaratib berilgan keng huquq va imkoniyatlardan to'la foydalanib, partiyaning dasturiy maqsad va g'oyalari hamda uning elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo'lib o'tadigan saylovda O'zbekiston halq demokratik partiyasining munosib ishtirokini ta`minlash borasidagi dolzarb vazifalarga alohida e`tibor qaratildi.

Kun tartibidagi asosiy masala – O'zbekiston Halq demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatish masalasi ham alohida muhokama qilindi.

Bu borada partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan O'zHDP Markaziy Kengashi raisi, partiya fraktsiyasi rahbari Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov partiyadan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyaning Qurultoyida ko'rib chiqish uchun nomzod sifatida ko'rsatildi.
Shuningdek, Plenumda O'zbekiston HDPning X Qurultoyini chaqirish va uning kun tartibi hamda partiya Qurultoyiga vakillik me`yori va ularni saylash tartibi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar bo'yicha partiyaviy OAV va hududiy partiya kengashlari rahbarlari oldiga tegishli vazifalar qo'yildi.
Shu bilan birga, plenum ishtirokchilari tomonidan, partiyaning saylov kampaniyasini samarali o'tkazishni ta`minlash borasida bir qator tashkiliy va mafkuraviy yo'nalishda takliflar bildirildi.

Jumladan, ishtirokchilar partiyaning O'zbekiston Respublikasi saylovlarida ishtirokini qo'llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini yig'ishni samarali tashkil etish, barcha saylov uchastkalarini partiyadan ko'rsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturi va qonunda ko'zda tutilgan boshqa adabiyotlar bilan ta`minlashga doir qator takliflar bildirdilar.

So'zga chiqqanlar tomonidan saylovoldi targ'iboti davrida partiya tashkilotlari va faollarining samarali ish yuritishi, qonun bilan belgilangan vakolatlarni to'la ishga solgan holda, birinchi navbatda yurtimizdagi mazkur muhim siyosiy jarayonlardan aholining habardorligini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarining sifati va samaradorligi masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

,Shuningdek, plenum ishtirokchilari vakolatli vakil, kuzatuvchi va ishonchli vakillarni tanlash borasida ham qator taklif va tavsiyalarni bildirishdi.
Bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O'zHDP Markaziy Kengashi VI plenumi tegishli qarorlarni qabul qildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031