Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mustaqillik yillarida “O'zbekengilsanoat” AJ korhonalarida 31 trillion so'mdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 266           Дата: 16-09-2016, 20:09          
Mustaqillik yillarida “O'zbekengilsanoat” AJ korhonalarida 31 trillion so'mdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqildi

“O'zbekengilsanoat” aktsiyadorlik jamiyatida mustaqillik yillarida mamlakatimiz Yengil sanoat tarmog'ida erishilgan yutuqlarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zA habar bermoqda.

Mustaqillik yillarida “O'zbekengilsanoat” aktsiyadorlik jamiyati korhonalari tomonidan qiymati 31 trillion so'mdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion so'mdan ortiq halq iste`mol tovarlari ishlab chiqarildi.

Mahsulotlarni eksport qilishga ham alohida e`tibor qaratilayotir. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida qiymati 7 million dollarlik to'qimachilik va trikotaj mahsulotlari eksport qilingan bo'lsa, 2015 yilda eksportga 1 milliard dollardan ziyod mahsulot Yetkazib berildi. Jamiyat tarkibiga kiradigan eksportchi korhonalar soni 260 dan oshdi, eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibiga bambukli, modal' va aralash kalava, jakkard va ringel mato, tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlari kiritildi. O'tgan yil yakunlariga ko'ra, umumiy eksport hajmida yuqori qo'shimcha qiymatga ega tovarlar ulushi 32,2 foizni tashkil qildi va bu ko'rsatkich muntazam o'smoqda.

Ayni paytda O'zbekistonda tayyorlanayotgan to'qimachilik mahsulotlari Yevropa Ittifoqi, Hitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog'iston kabi dunyoning 50 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda. Tashqi savdo bozorlarini diversifikatsiya qilish, eksport qilinadigan tovarlar turini kengaytirish maqsadida soha korhonalari halqaro ihtisoslashtirilgan ko'rgazma-yarmarkalarda faol ishtirok etayotir.

O'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi ham O'zbekiston Yengil sanoatining yuksak salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi. 1995 yildan buyon sohaga qiymati 2 milliard AQSh dollaridan ortiq chet el investitsiyasi jalb etildi. So'nggi yillarda Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, AQSh, Hindiston va boshqa mamlakatlar sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Barcha turdagi to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradigan zamonaviy korhonalar ishga tushirildi.

2015 yilda 41,4 ming tonna kalava, 6,6 ming tonna trikotaj mato, 38 million juft paypoq buyumlari, 16 millionta tayyor buyum, 3,3 million kvadrat metrdan ziyod gilam mahsulotlari va 400 ta tikuvchilik mashinasi ishlab chiqaradigan 33 yangi korhona foydalanishga topshirildi. Loyihalar umumiy qiymati 170 million AQSh dollaridan oshdi. 2,6 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etildi.

Matbuot anjumanida 2020 yilga qadar Yengil sanoat sohasida qiymati 1 milliard dollardan ortiq oltmishdan ziyod loyihani hayotga tatbiq etish rejalashtirilayotgani ma`lum qilindi. 2015-2020 yillarda to'qimachilik va Yengil sanoatni rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi soha eksport salohiyatini qariyb 2 barobar oshirib, 13 mingdan ortiq yangi ish o'rni tashkil etish imkonini beradi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031