Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Bishkekdagi MDH sammitiga bormaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 410           Дата: 14-09-2016, 22:46          
Shavkat MirziyoYev Bishkekdagi MDH sammitiga bormaydi

Bishkekda bo'lib o'tadigan MDH sammitida O'zbekiston Respublikasi nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etadi. Bu haqda bugun Qirg'iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo'limi mudiri Sapar Isakov brifing chog'ida ma`lum qilgan.

Isakovning aytishicha, O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev mamlakatning ichki ishlari bilan bandligi tufayli sammitga bora olmasligini bildirgan.

«Biz undan yaqindagina maktub oldik. O'zbekiston hozirda prezidentlik saylovlariga tayyorlanmoqda. Bu hech o'zaro munosabatlar holati bilan bog'liq emas. Qolaversa, Sooronbay Jeenbekov va Shavkat MirziyoYev telefon orqali suhbatlashdi. Bizning munosabatlarimiz yomonlashmagan», – degan Isakov.

U shuningdek, 12 sentyabr' kuni Turkmaniston tomoni tashabbusi bilan Qirg'iziston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qilgani haqida aytib o'tgan.

«Turkmaniston prezidenti ham konstitutsiya bilan bog'liq muhim marosimlar tufayli kela olmasligini bildirdi», – degan u.

Sammitda Turkmaniston nomidan vazirlar mahkamasi rahbarining o'rinbosari ishtirok etadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining yig'ilishi 16 sentyabr' kuni bo'lib o'tadi. Sammitda Armaniston, Ozarboyjon, Belarus', Qozog'iston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari ishtirok etishi tasdiqlangan.

Bishkekdagi sammitda Moldovadan bosh vazir, Ukraina nomidan esa elchi qatnashadi.

MDHning yubiley sammitida 15ta masala muhokama qilinadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн