Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda dronlar ro'yhatdan o'tkaziladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 319           Дата: 14-09-2016, 13:57          
O'zbekistonda dronlar ro'yhatdan o'tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolik va davlat aviatsiyasida dronlar (uchuvchisiz uchar qurilmalar) ekspluatatsiyasi tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi.

Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga ko'ra, 2015 yilning 1 yanvaridan dronlarni (kod TN VED 8802 20 000 0) O'zbekiston hududiga olib kirish, ularni sotish yoki foydalanish to'liq taqiqlangan. 2016 yilning may oyidan esa Hukumat dronlar importi, sotilishi va uchirilishiga alohida qarorlar asosida ruhsat berish imkoniyatini ko'rib chiqdi.

Yangi hujjat o'yinchoqlar, aviamodellar va dronlar o'rtasidagi farqni belgilab beradi.

Fuqarolarning shahsiy ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanuvchi, vazni 250 grammdan og'ir bo'lmagan, TN VED 8802 20 000 0 kodiga to'g'ri kelmaydigan, parvozni avtonom boshqarish va navigatsiya funktsiyalarisiz, foto va videouskunalar bilan jihozlanmagan uchar qurilma havo kemasining o'yinchoq modeli sifatida tan olinadi. O'yinchoq modellarni havo kengligida qo'llash uchun ruhsat so'rash talab qilinmaydi. Havo kemasining o'yinchoq modellari parvozi 50 metrgacha bo'lgan balandlikda, aerodromlar hududidan 150 metrdan yaqin bo'lmagan masofada, odamlarga havf tug'dirmaydigan joyda, uchar qurilmani nazoratdan qochirmagan holatda amalga oshiriladi.

O'yinchoq bilan aviamodelni adashtirmang, aviamodel' - vazni 250 grammdan ortiq, parvozni avtonom boshqarish va navigatsiya funktsiyasisiz, foto va videouskunalar bilan jihozlanmagan, o'quv, sport hamda madaniy-ma`rifiy tadbirlarni o'tkazish, tehnik ijod rivoji uchun mo'ljallangan. Aviamodellar parvozi havo kemalari parvozi uchun mahsus hududlarda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

O'yinchoq va aviamodel' tavsifiga tushmagan har qanday havo kemasi dron, ya`ni uchuvchisiz uchar qurilma hisoblanadi.

Dronlar ekspluatatsiyasini yo'lga qo'yish uchun dastlab radioelektron vositalaridan foydalanishga ruhsat olish kerak bo'ladi, zero dronlar bunday vositalar bilan jihozlangan bo'ladi.

Dronlar ekspluatatsiyasi O'zbekiston Respublikasining parvozlar havfsizligini nazorat qilish bo'yicha Davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031