Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«O'zbekiston havo yo'llari» yana 3ta Dreamliner sotib olishni rejalashtirgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 187           Дата: 13-09-2016, 16:44          
«O'zbekiston havo yo'llari» yana 3ta Dreamliner sotib olishni rejalashtirgan

«O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi yana 3ta Boeing 787 Dreamliner rusumli samolyotini olishni rejalashtirgan. Bu haqda o'z manbasiga asoslangan holda Sputnik agentligi habar tarqatgan.

«Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti Reymond Konnerning O'zbekistonga 7 sentyabr' kuni amalga oshirgan tashrifi vaqtida yangi samolyotlar harid qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazilgan.

«Kompaniya 3ta yangi samolyot sotib olish borasida dastlabki kelishuvga ega. O'zbekiston milliy aviakompaniyasining dastlabki ikkita «orzu layner»lari 787-8 komponovkasida (turkum) bo'lgandi, yangi samolyotlar yo'lovchi o'rindiqlari soni ko'paytirilgan 787-9 komponovkasida bo'ladi», — deyilgan habarda.

Qayd etilishicha, O'zbekiston tomoni samolyotlarga bir qator talablarni qo'ymoqchi. An`anaga ko'ra, bu tejamkor tasnifida o'rindiqlar orasidagi masofaning kengroq bo'lishi, kattalashtirilgan ekranlar va yana boshqa qulayliklardan iborat bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning 31 avgustida «O'zbekiston havo yo'llari» o'zining ilk «orzu layneri»ni (246 yo'lovchiga mo'ljallangan - tahr.) qabul qilgandi. Bu layner avvalgi Boeing 767 rusumli samolyot bilan solishtirganda Moskvaga 10 daqiqa tezroq, Parijga esa 20-30 daqiqa tezroq Yetib boradi.

Milliy aviakompaniya yangi samolyotini 5 sentyabridan boshlab ekspluatatsiya qila boshladi. Ilk halqaro reys esa 9 sentyabr' kuni Qozog'istonning Olmaota shahriga amalga oshirildi.

Shu yilning noyabr' oyida aviakompaniya parki ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qilib oladi.

Yangi samolyotlar AQSh va Kanada, Osiyo, Afrika va Avstraliyadagi shaharlarga parvozlar uchun foydalaniladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн