Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Akio Kavata: Do'stim Islom Karimovning siyosatini doim ma`qullar edim

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 160           Дата: 13-09-2016, 14:18          
Akio Kavata: Do'stim Islom Karimovning siyosatini doim ma`qullar edim

Yaponiyaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Akio Kavato O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haqida hotirlab, Kommersant.ru nashriga interv'yu berdi.

"Men Islom Karimov bilan ohirgi marta 2004 yilning avgustida ko'rishgandim, o'shanda Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi lavozimini tark etib, vatanimga yo'l olayotgandim. Shu munosabat bilan prezident qarorgohida rasmiy tadbir o'tayotgandi, men Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ioriko Kavaguti honimga muzokaralarda hamrohlik qilgandim. O'shanda bir voqea yodimda qolgan: Yaponiya delegatsiyasi uchrashuvni yakunlab, O'zbekiston rahbari bilan hayrlashayotganda behosdan qo'limdagi qog'oz tushib ketdi. Bundan hijolat bo'lib, endi qog'ozni ko'tarmoqchi bo'lganimda G'arbda "shafqatsiz mustabid" deb ataluvchi prezident Karimovning o'zi engashib qog'ozni oldi-da, jimgina menga uzatdi. Nahotki, diktator elchi oldida ana shunday qilsa?! Men uning olijanobligini his qilgandim va hech qachon u haqida yomon gapirmadim", - deydi sobiq elchi.

Akio Kavata o'zbek halqining kattalarni hurmat qilish borasida yaponlarga o'hshab ketishini ta`kidladi, lekin O'zbekistonda an`analarga sodiqlik ulardan-da kuchli ekanligini tan oldi.

"Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi lavozimiga kirishar ekanman, mamlakat prezidentiga imperatorimiz tomonidan tasdiqlangan ishonch yorlig'ini topshira turib, barcha rasmiyatchilik bilan bog'liq vazifalarimni tugalladim va bir qarashda kichik hatoga yo'l qo'ydim - qo'limni cho'ntagimga soldim. Shu payt Karimovning nigohi menga qadalgani va bu unga yoqmaganini sezdim. Bu menga berilgan birinchi saboq edi: rahbar uchun rasmiyatchilik - quruq so'z emas, u hech narsani e`tibordan chetda qoldirmasdi, bunga ko'p marta guvoh bo'lganman", - deya hotirlaydi Akio Kavata.

"O'sha paytlar men yangi temir yo'l liniyasi qurilishiga alohida e`tibor qaratgan edim, bu temir yo'l mamlakatning shimoliy va janubiy tomonlarini tog'lar orqali birlashtirishi kerak bo'lgan. Men betashvish patsifist sifatida shimol va janub o'rtasidagi ho'jalik aloqalarining yahshilanishi haqida o'ylab, o'jar yapon amaldorlarni yo'lni moliyalashtirishga arang ko'ndirardim. Prezident Karimov esa kengroq fikr yuritardi, aynan shu loyiha davlat rahbarining uzoqni ko'ra bilishiga yaqqol misol bo'la oladi.

Men prezidentni O'zbekistonga nisbatan yapon faol siyosati o'zgarishsiz qolishiga ishontirgandim, bu Islom Karimovga juda ma`qul kelgandi.

Islom Karimov o'z mamlakati mustaqilligini juda qadrlar edi va qandaydir horijiy kuchlarning unga aralashuvini yoqtirmasdi. Men uning siyosatini doim ma`qullar edim.

Islom Karimov 25 yildan ortiq vaqt davomida davlat boshqaruvida ko'p ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. Eng avvalo, davlat tizimini yo'lga qo'ydi, mustaqil iqtisodiyot barpo etdi. Shu bilan bir qatorda mustaqil tashqi siyosatni ishlab chiqa oldi. Mana shunday murakkab jarayonda u ko'p narsalardan voz kechishiga to'g'ri keldi, zero Islom Karimov birinchi navbatda o'z mamlakati haqida qayg'urardi", - deya ta`kidladi sobiq yapon elchisi.

Akio Kavata bugungi O'zbekistonning ko'rkamlashganiga ham alohida to'htalib o'tdi.

"O'zbekistonga sharqiy yo'nalishdan parvoz qilar ekansiz, balandlikdan Farg'ona vodiysi dalalarining orastaligiga qarab ajablanasiz. Zavod va fabrikalarga tashrif buyursangiz, o'zbek menejYerlari o'z ishini yahshi tushunishi bilan ijobiy taassurot qoldiradi. Avgust oyining boshida Yaponiya delegatsiyasi tarkibida O'zbekistonga tashrif buyurdim va so'nggi yillarda Toshkentning naqadar go'zallashganiga guvoh bo'ldim. O'zbeklar o'z qo'li bilan yangi qadriyatlarni yaratishni yahshi bilishadi.

So'zim so'ngida prezident Karimovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimni bildiraman. Insonlar odatda unutishga moyil bo'lishsa-da, ishonchim komil: Karimov tomonidan o'rnatilgan umumiy yo'nalish - davlat mustaqilligi va kishilar hayotining farovonligi yo'lida hizmat qilish meros bo'lib qoladi. Ruhingiz tinch bo'lsin, Islom Abdug'aniYevich", - deya o'z so'zlariga yakun yasadi Akio Kavata.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн