Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

MirziyoYev: O'zbekiston harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik siyosatini davom ettiradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 260           Дата: 9-09-2016, 11:06          
MirziyoYev: O'zbekiston harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik siyosatini davom ettiradi

O'zbekiston bundan buyon ham hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va ob`Yektlari mamlakat hududida joylashishiga, shuningdek, harbiy hizmatchilarning O'zbekiston hududidan tashqarida bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, ilgarigidek, davlatimizning qat`iy siyosiy pozitsiyasi bo'lib qoladi. Bu haqida O'zbekiston prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Shavkat MirziyoYev Qonunchilik palatasi va Senatning qo'shma majlisida ma`lum qildi.

"Milliy manfaatlarini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan Markaziy Osiyo mintaqasi O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Mamlakatimiz yaqin qo'shnilari Turkmaniston, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston bilan ochiq, do'stona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq qoladi. Tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishi bu — Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari bilan aloqalarimizni mustahkamlashdan iborat. Birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasi bilan Strategik sheriklik, Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnomalar va boshqa muhim kelishuvlar asosida do'stona aloqalarni izchil rivojlantirish va kuchaytirish ikki mamlakat manfaatlariga javob beradi va mintaqada barqarorlik va havfsizlikni mustahkamlashga hizmat qiladi", - dedi Sh. MirziyoYev.

Shu bilan birga Amerika Qo'shma Shtatlari bilan o'zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish bizning tashqi siyosatimizda ustuvor ahamiyatga ega bo'lib qolishi ta`kidlandi.

O'zbekiston global va mintaqaviy muammolarni Yechishda muhim rol' o'ynaydigan Hitoy Halq Respublikasi bilan har tomonlama strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligi qayd etildi.

"Osiyo va Tinch okeani mintaqasida biz Yaponiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan iqtisodiyot, investitsiyalar, fan va tehnologiyalar, ta`lim, sog'liqni saqlash va turizm sohalarida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga ustuvor darajada ahamiyat beramiz", - dedi Sh. MirziyoYev.

O'zbekiston uchun Yevropaning Yetakchi davlatlari, avvalambor Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek Hindiston, Pokiston va Janubiy Osiyoning boshqa davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik yanada rivojlanishi ta`kidlandi. Bundan tashqari, O'zbekiston Afg'onistonga nisbatan an`anaviy ravishda yaqin qo'shnichilik va do'stona siyosat olib borishi aytib o'tildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031