Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev O'zbekiston oldidagi ustuvor vazifalarni sanab o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 345           Дата: 9-09-2016, 10:37          
Shavkat MirziyoYev O'zbekiston oldidagi ustuvor vazifalarni sanab o'tdi

O'zbekiston prezidenti vazifalarini bajarish zimmasiga yuklatilgan Shavkat MirziyoYev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi nutqi vaqtida mamlakat oldida turgan ustuvor vazifalarni aytib o'tdi.

Shavkat MirziyoYev qayd etdiki, O'zbekiston keyingi yillarda erishilgan yuqori iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini mustahkamlab, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishi kerak.

«Birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va keyingi yillardagi iqtisodiy o'sish sur`atlarini saqlab qolish zarur. Milliy valyutamiz barqarorligini ta`minlash, bank tizimini mustahkamlash, mamlakatimizda va mahalliy darajada byudjYet barqarorligini ta`minlash bo'yicha qo'shimcha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda chetdan qarz olish bo'yicha konservativ yondashuv siyosatini davom ettirish, davlatning tashqi qarzi haddan ziyod oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi Islom Abdug'aniYevich Karimovning avvalo o'zimizning kuch va imkoniyatlarimizga tayanish zarurligi haqidagi uzoqni ko'zlagan strategiyasini davom ettirish bilan bog'liq», - deya qayd etgan Shavkat MirziyoYev.

«Ikkinchidan, nodir va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat va kimyo sanoatini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishimiz zarur», - degan u.

«Uchinchidan, tashqi bozorlarda raqobat va beqarorlik kuchayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning real tarmoqlari bilan bir qatorda mamlakatimiz hududlarida ham raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish va eksport salohiyatini oshirish alohida ahamiyatga ega», - deya qayd etgan u.

«Ana shu maqsadda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub`Yektlari, shuningdek, fermer ho'jaliklarining eksportda ishtirok etishini yanada rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Bu iqtisodiy o'sish, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish, aholining mehnat bilan bandligini ta`minlash va moddiy farovonligini oshirishning asosiy lokomotivi bo'lishi kerak», - degan Shavkat MirziyoYev.

«To'rtinchidan, Islom Abdug'aniYevich Karimovning hususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub`Yektlari manfaatlarini mustahkam himoya qilish to'g'risidagi talab va topshiriqlari ijrosini izchil davom ettirish darkor. Turli byurokratik to'siqlar va asossiz tekshiruvlarni bundan keyin ham qat`iyat bilan cheklash zarur», - deya qo'shimcha qilgan u.

«Beshinchidan, eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifa — Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlangan Aholining mehnat bilan bandligini oshirish dasturini bajarishdan iborat. Yil ohiriga qadar bir milliondan ziyod yangi ish o'rinlarini tashkil etishimiz zarur. Kasb-hunar kollejlarining 480 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish masalasi alohida nazoratni talab qiladi. Biz jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish darajasini pasaytirish, mamlakatimizda o'ta boylar ham, o'ta kambag'allar ham bo'lmasligi bo'yicha Islom Abdug'aniYevich tomonidan belgilab berilgan siyosatni qat`iy davom ettiramiz», - deydi u.

«Oltinchidan, halqaro kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan zamonaviy yo'l-transport va muhandislik infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek, milliy ahborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan puhta o'ylangan va ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirishni davom ettiramiz», - deya qayd etgan Shavkat MirziyoYev.

Shavkat MirziyoYev aytdiki, bugungi sharoitda eng ilg'or ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

«Bu sohada qabul qilingan Milliy dasturga muvofiq, telekommunikatsiya tehnologiyalarini, aloqa tizimlari va infratuzilmasini yanada rivojlantirish, informatsion tizimlar komplekslari va «Elektron hukumat» ahborot bazasini shakllantirishimiz kerak», deya qo'shimcha qiladi u.

Uning so'zlariga ko'ra, mamlakat hududlarini kompleks rivojlantirish sohasidagi ishlarni davom ettirib, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent, Termiz, Namangan va Urganch shaharlarini obodonlashtirish bo'yicha mamlakat prezidenti tomonidan qabul qilingan qarorlarning amalda bajarilishini ta`minlash kerak.

«Qishloq ho'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi vazifa — ko'p tarmoqli fermerlikni rivojlantirish, har bir fermer ho'jaligining iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta`minlashdir. Bu masalani biz mamlakatimiz oziq-ovqat havfsizligini ta`minlashning garovi deb hisoblaymiz», deydi u.

«Biz Islom Abdug'aniYevich Karimov tashabbuskori bo'lgan qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o'zgartirish, qishloq aholisi uchun shahar darajasidagi turmush sharoitini ta`minlaydigan namunaviy uy-joylarni va tegishli infratuzilmani qurish bo'yicha dasturni faol davom ettiramiz.

Ta`lim va tarbiya, ilm-fan, sog'liqni saqlash, madaniyat va san`at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo'lishi, chet tillarini va zamonaviy ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini puhta egallashini ta`minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo'lib qoladi.

Eng muhim yo'nalishlardan yana biri — jamiyatimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik institutlari rivojlanishini qo'llab-quvatlash, siyosiy partiyalarning obro'-e`tibori va ta`sirini oshirish, saylovchilarning ovozi uchun raqobatni kuchaytirishdan iborat», - deya qayd etgan Shavkat MirziyoYev.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн