Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev: Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo'lini davom ettirishni o'z vazifam deb bilaman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 321           Дата: 9-09-2016, 10:23          
Shavkat MirziyoYev: Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo'lini davom ettirishni o'z vazifam deb bilaman

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Miromonovich MirziyoYevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi nutqi.

Hurmatli Spiker!
Hurmatli Senat raisi!

Muhtaram deputatlar va senatorlar!

Qadrli qo'shma majlis ishtirokchilari!

Shu kunlarda barchamiz birgalikda yuragimizda chuqur dard bilan, o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan og'ir judolikni boshimizdan kechirmoqdamiz. Nuroniy oqsoqollarimiz, mo'`tabar onalarimiz va opa-singillarimiz, yosh yigit va qizlarimiz, 32 millionli butun O'zbekiston halqi, horijiy mamlakatlardagi ko'psonli do'stlarimiz buyuk davlat va siyosat arbobi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniYevich Karimovni cheksiz qayg'u bilan so'nggi yo'lga kuzatdilar.

Shu fursatdan foydalanib, aziz Islom Abdug'aniYevichning rafiqasi — hurmatli Tat'yana Akbarovnaga, qizi — Lola Islomovnaga va yaqinlariga barchamizning nomimizdan yana bir bor chuqur ta`ziya bildirishga ruhsat bergaysiz.

Vaqt va hayotning o'zi Islom Abdug'aniYevich Karimovning zamonamizning ulug' siyosatchisi, uzoqni ko'radigan va strategik fikr yuritadigan shahs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan o'ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko'ra bilish qobiliyatiga ega bo'lgan, o'z yurti va halqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas`uliyat tuyg'usini chuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanligini har tomonlama tasdiqladi.

Milliy tarihimizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo to'qnashuvlar va boshqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar urushi havfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan, bir so'z bilan aytganda, eski zamonning umri tugab, yangi zamon boshlanayotgan bir paytda Islom Abdug'aniYevichning respublika rahbari etib saylanishi Yaratganning halqimizga bebaho marhamati bo'lgan edi.

Islom Abdug'aniYevichga hos bo'lgan bukilmas iroda, fidoyilik, mardlik va vatanparvarlik, insoniylik va adolatparvarlik, samimiylik va mehribonlik kabi olijanob fazilatlar barchamiz uchun yorqin ibrat namunasi bo'lib qoldi.

Zamonaviy O'zbekistonning tarihi — bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo'lida Islom Abdug'aniYevich Karimov rahnamoligida olib borilgan o'ta murakkab va og'ir kurashlar tarihidir. Buyuk Yo'lboshchimiz haqli ravishda demokratik talablar va halqaro mezonlarga to'liq javob beradigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosiy muallifi edilar.

Mamlakatimiz totalitar tizimdan voz kechib, mustaqil taraqqiyot yo'lini tanladi, ko'plab qiyinchilik va sinovlardan o'tib, tarihan qisqa davrda jahon hamjamiyatida o'ziga munosib o'rin egalladi.

Konstitutsiya va uning negizida yaratilgan puhta qonunlar, shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi hokimiyat institutlarini shakllantirishni va ularning to'laqonli faoliyat ko'rsatishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mulkchilikning barcha turlarini, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta`minladi.

Islom Abdug'aniYevich «Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan siyosiy mustaqillikni ta`minlab bo'lmaydi» degan tamoyil va eng muhim ustuvor vazifani amalga oshirishni strategik masala deb hisoblar edilar.

Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy dasturlarning amalga oshirilishi mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishini ta`minladi.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 marta o'sdi. Unda sanoatning ulushi 14 foizdan 34 foizga oshdi. Ohirgi 11 yil davomida yalpi ichki mahsulotning o'rtacha yillik o'sish sur`ati 8 foizdan kam bo'lmagan darajada saqlanmoqda. Faol investitsiya siyosati amalga oshirilmoqda.

Mutlaqo yangi, yuqori tehnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlari, hususan, neft'-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik sanoati, qishloq ho'jaligi va temir yo'l mashinasozligi, farmatsevtika, elektrotehnika, to'qimachilik sanoati, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalar izchil rivojlanmoqda.

Bugun O'zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan dunyodagi beshta davlat qatoriga kiradi. Buning yaqqol isboti sifatida mamlakatimizda qurilgan va o'z ko'lami bo'yicha jahon miqyosida ham yirik va noyob hisoblangan sanoat ob`Yektlari, hususan, Ustyurt va Sho'rtan gaz-kimyo komplekslari, Buhoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo'ng'irot soda zavodi, Dehqonobod kaliy o'g'itlari zavodi, Andijon, Samarqand, Toshkent va Horazm viloyatlaridagi avtomobilsozlik zavodlarini misol qilib keltirish mumkin.

Respublikamizda jadal sur`atlar bilan zamonaviy yo'l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil qilinmoqda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o'tadigan, noyob tog' tunnelini o'z ichiga olgan Angren-Pop temir yo'l tarmog'i, Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'li qurildi. Toshkentdan Samarqand, Qarshi va Buhoroga yo'lovchi tashiydigan yuqori tezlikdagi temir yo'l qatnovi ochildi. Halqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida halqaro logistika markazi tashkil qilindi va O'zbekiston milliy avtomagistrali barpo etildi.

Qishloq ho'jaligida tub tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Barchamiz yahshi eslaymiz, yaqin o'tmishda O'zbekistonni pahta monopoliyasi hukmronlik qiladigan agrar bir mamlakat deb bilishar edi. Misol uchun, 1990 yilda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoji, asosan, chetdan olib kelinadigan import hisobidan qondirilar edi.

Islom Abdug'aniYevich Karimovning tashabbusi bilan Yer va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ekin maydonlarini optimallashtirish va yangi, ilg'or agrotehnologiyalarni joriy etish, qayta ishlaydigan zamonaviy korhonalarni tashkil etish bo'yicha keng chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Haqiqiy mulkdorlarning yangi sinfi bo'lgan fermerlik harakati shakllantirildi.

Aholi jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o'rtacha iste`mol qilish darajasi ko'paydi: go'sht, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar — 1,5 barobar, sabzavot — 2,6 barobar, meva — 6,3 barobar oshdi.

Mamlakatimizda hususiy mulkchilik va tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar yaratildi. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga Yetdi. Bu sohada ish bilan band aholining 78 foizi mehnat qilmoqda va ular mamlakatimizning gullab-yashnashi uchun munosib hissa qo'shmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Islohot — islohot uchun emas, avvalo inson uchun» degan ezgu g'oyani amalga oshirish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar aholining hayot darajasi va sifatini sezilarli darajada yahshilashni ta`minladi.

Bugungi kunda Davlat byudjYetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko'paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur`atlar bilan oshirish va aholining ularga bo'lgan talabini qondirish ta`minlanmoqda.

Mamlakatimiz rahbari siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan strategik ahamiyatga ega bo'lgan masalalarni Yechish bilan bir qatorda, jamiyatimiz hayotini, fuqarolarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini tubdan o'zgartirishga qaratilgan ko'pqirrali vazifalarga doimo katta e`tibor qaratar edilar.

«Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta bahtli bo'lishlari shart» degan chuqur ma`noli fikrlari hammamizning qalbimizda muhrlanib qolgan.

Yurtboshimiz mamlakatimizning bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqayotgan yoshlarimizning tafakkuri va dunyoqarashini keskin o'zgartirgan, mutlaqo yangi ta`lim va tarbiya tizimini yaratish va hayotga tatbiq qilish ishlariga bevosita mualliflik va rahbarlik qildilar.

Yurtimizda ilm-fan, sog'liqni saqlash, madaniyat va san`at, sport kabi muhim sohalar faol tarzda rivojlanmoqda.

Davlatimiz rahbari halqimizning ma`naviy qadriyatlariga ehtirom bilan munosabatda bo'lish, muqaddas dinimiz, an`ana va urf-odatlarimiz, bebaho tarihiy merosimizni saqlab qolish va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko'tardi.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ayniqsa, davlat va jamiyat boshqaruvida mahallaning nufuzini oshirish, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Yurtboshimiz keksa avlod vakillariga, muhtaram fahriylarimizga hurmat-ehtirom va amaliy g'amho'rlik ko'rsatishni o'ta muhim vazifa deb hisoblar edilar.

Oliy Bosh Qo'mondon sifatida Islom Abdug'aniYevich Karimov Qurolli Kuchlarimizni tubdan isloh qilish, jangovar qobiliyatini kuchaytirish va shu asosda O'zbekiston Respublikasining hududiy yahlitligini va mustaqilligini himoyalash, sarhadlarining dahlsizligini, halqimizning tinch va osuda hayotini ta`minlash uchun beqiyos hizmat ko'rsatdilar.

U kishining tashabbuslari bilan tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va yuzaga kelayotgan qarama-qarshilik va ziddiyatlarni faqat va faqat tinch, siyosiy yo'l bilan hal etishga asoslangan O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.

Hurmatli deputat va senatorlar!

Biz ohirgi 25 yil davomida juda ko'plab muhim anjuman va yig'ilishlarni o'tkazdik. Ularning barchasiga muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'aniYevich Karimov boshchilik qilganlaridan yahshi habardorsiz. Bugun esa tarihimizda birinchi marta bunday muhim yig'ilishni aziz rahbarimizning ishtirokisiz o'tkazmoqdamiz. Go'yoki hayolimizda u kishi hozir zalga kirib keladigandek.

O'ylaymanki, bugungi majlisda qatnashayotgan har bir inson shu zalda buyuk Yo'lboshchimizning ruhi va nafasini sezib turibdi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining o'lmas g'oyalari, fikr, ko'rsatmalari bizning qalbimiz va ongimizga shunday chuqur singib ketganki, ular bizning kelajak sari qat`iyat bilan borishimizda barchamizga doimo tayanch va suyanch bo'lishi muqarrar.

Shu munosabat bilan, biz dunyodagi hozirgi murakkab va keskin sharoitni har tomonlama hisobga olgan holda, o'zimizning birinchi darajali vazifalarimizni birgalikda belgilab olishimiz darkor.

Bugun biz halqimizni ishontirib, baland ovoz bilan aytishimiz zarurki, buyuk ustozimizning siyosiy merosi, ya`ni, u kishi belgilab bergan taraqqiyotimizning asosiy tamoyillari, ustuvor yo'nalishlar, maqsad va vazifalarni so'zsiz va to'liq amalga oshirish biz uchun ham qarz, ham farzdir.

Birinchidan, biz har doim Islom Abdug'aniYevich Karimovning chuqur ma`noli o'gitlarini, ayniqsa, «Bizga tinchlik va omonlik kerak!» degan so'zlarini hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.

Turli havf-hatarlar kuchayib borayotgan bugungi tahlikali vaziyatda bebaho boyligimiz bo'lgan tinchlik va osoyishtalikni ko'z qorachig'idek saqlashimiz, yurtimizdagi millatlar va dinlararo hamjihatlik, o'zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashimiz kerak.

Shu bilan birga, jamiyatimizda qonun ustuvorligi, tartib-intizom, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlashimiz zarur. Barchamizga ma`lumki, Islom Abdug'aniYevich Karimov «Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi», deb ko'p-ko'p ta`kidlar edilar. Biz barpo etayotgan huquqiy davlatda adolatsizlikning hech qanday shaklda ustun bo'lishiga yo'l qo'ymasligimiz zarur. Bu hokimiyatning barcha tarmoqlari, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining va ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlarining birinchi darajali vazifasidir. Biz halqimizning, bugungi zamonning ana shu muhim talabi so'zsiz bajarilishini ta`minlashimiz shart.

Ikkinchidan, davlatimiz havfsizligini har tomonlama mustahkamlashimiz, har bir fuqaroning tinchligi va osoyishtaligini ta`minlashimiz lozim. Vaziyatni izdan chiqarish, nifoq solish, dushmanlik urug'ini sepish, turli mojarolarni keltirib chiqarish va hatto qon to'kilishini istayotgan kuchlar ham mavjudligi hech kimga sir emas.

Ochiq tan olish kerak, biz notinch zamonda, notinch bir mintaqada yashamoqdamiz. Shu sababli Vatanimiz himoyasini ishonchli kafolatlayotgan, mudofaa qobiliyatimizni mustahkamlayotgan va davlat chegaralarimiz dahlsizligini ta`minlayotgan tizimli chora-tadbirlar kompleksini joriy etishni qat`iyat bilan davom ettirishimiz zarur.

Biz Qurolli Kuchlarimiz va huquqtartibot organlarimizni bundan keyin ham har tomonlama mustahkamlab boramiz. Hech kimda zarracha ham shubha bo'lmasligi kerak — mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga havf tug'diradigan ichki va tashqi kuchlarning har qanday harakatlariga, har qanday urinishlariga qat`iy va munosib zarba beriladi.

Bizning yana bir eng muhim ustuvor vazifamiz — Islom Abdug'aniYevich Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "o'zbek modeli"ning asosi bo'lmish besh tamoyilni amalga oshirish asosida iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni davom ettirish va uning raqobatdoshligini ta`minlashdan iborat.

Mamlakatimizning kelgusi rivoji, halqimiz farovonligi, uning turmush darajasi va sifatini yuksaltirish aynan shu masalaga bog'liq.

Jahon iqtisodiyotida o'sish sur`atlari sekinlashib, eng muhim eksport tovarlarimizga tashqi talab kamayib, dunyo bozorida ularning narhi pasayib borayotgan sharoitda Islom Abdug'aniYevich Karimov tomonidan iqtisodiyotimizni isloh qilishni chuqurlashtirish bo'yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarishga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishimiz kerak.

Shu bilan birga, Oliy Majlis palatalarining 2015 yil yanvar' oyidagi qo'shma majlisida taklif etilgan Vazirlar Mahkamasining Harakat dasturini amalda bajarishni davom ettirish zarur. Bu borada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishni davom ettirish, hususiy mulkni rivojlantirishni jadallashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish va tarkibiy o'zgartirishlarni jadallashtirishga qaratilgan ishlarni izchil amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.

Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, asosiy diqqat-e`tiborni quyidagi ustuvor vazifalarga qaratish zarur, deb hisoblaymiz.

Birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va keyingi yillardagi iqtisodiy o'sish sur`atlarini saqlab qolish zarur. Milliy valyutamiz barqarorligini ta`minlash, bank tizimini mustahkamlash, mamlakatimizda va mahalliy darajada byudjYet barqarorligini ta`minlash bo'yicha qo'shimcha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.

Bunda chetdan qarz olish bo'yicha konservativ yondashuv siyosatini davom ettirish, davlatning tashqi qarzi haddan ziyod oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi Islom Abdug'aniYevich Karimovning avvalo o'zimizning kuch va imkoniyatlarimizga tayanish zarurligi haqidagi uzoqni ko'zlagan strategiyasini davom ettirish bilan bog'liq.

Ikkinchidan, nodir va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat va kimyo sanoatini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishimiz zarur.

Uchinchidan, tashqi bozorlarda raqobat va beqarorlik kuchayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning real tarmoqlari bilan bir qatorda mamlakatimiz hududlarida ham raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish va eksport salohiyatini oshirish alohida ahamiyatga ega.

Ana shu maqsadda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub`Yektlari, shuningdek, fermer ho'jaliklarining eksportda ishtirok etishini yanada rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Bu iqtisodiy o'sish, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish, aholining mehnat bilan bandligini ta`minlash va moddiy farovonligini oshirishning asosiy lokomotivi bo'lishi kerak.

To'rtinchidan, Islom Abdug'aniYevich Karimovning hususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub`Yektlari manfaatlarini mustahkam himoya qilish to'g'risidagi talab va topshiriqlari ijrosini izchil davom ettirish darkor. Turli byurokratik to'siqlar va asossiz tekshiruvlarni bundan keyin ham qat`iyat bilan cheklash zarur.

Beshinchidan, eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifa — Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlangan Aholining mehnat bilan bandligini oshirish dasturini bajarishdan iborat. Yil ohiriga qadar bir milliondan ziyod yangi ish o'rinlarini tashkil etishimiz zarur. Kasb-hunar kollejlarining 480 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish masalasi alohida nazoratni talab qiladi.

Biz jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish darajasini pasaytirish, mamlakatimizda o'ta boylar ham, o'ta kambag'allar ham bo'lmasligi bo'yicha Islom Abdug'aniYevich tomonidan belgilab berilgan siyosatni qat`iy davom ettiramiz.

Oltinchidan, halqaro kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan zamonaviy yo'l-transport va muhandislik infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek, milliy ahborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan puhta o'ylangan va ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirishni davom ettiramiz.

Bugungi sharoitda eng ilg'or ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada qabul qilingan Milliy dasturga muvofiq, telekommunikatsiya tehnologiyalarini, aloqa tizimlari va infratuzilmasini yanada rivojlantirish, informatsion tizimlar komplekslari va «Elektron hukumat» ahborot bazasini shakllantirishimiz kerak.

Mamlakatimiz hududlarini kompleks rivojlantirish sohasidagi ishlarni davom ettirib, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent, Termiz, Namangan va Urganch shaharlarini obodonlashtirish bo'yicha mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan qarorlarning amalda bajarilishini ta`minlash kerak.

Qishloq ho'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi vazifa — ko'p tarmoqli fermerlikni rivojlantirish, har bir fermer ho'jaligining iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta`minlashdir. Bu masalani biz mamlakatimiz oziq-ovqat havfsizligini ta`minlashning garovi deb hisoblaymiz.

Islom Abdug'aniYevich Karimov tashabbuskori bo'lgan qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o'zgartirish, qishloq aholisi uchun shahar darajasidagi turmush sharoitini ta`minlaydigan namunaviy uy-joylarni va tegishli infratuzilmani qurish bo'yicha dasturni faol davom ettiramiz.

Ta`lim va tarbiya, ilm-fan, sog'liqni saqlash, madaniyat va san`at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo'lishi, chet tillarini va zamonaviy ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini puhta egallashini ta`minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo'lib qoladi.

Eng muhim yo'nalishlardan yana biri — jamiyatimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik institutlari rivojlanishini qo'llab-quvatlash, siyosiy partiyalarning obro'-e`tibori va ta`sirini oshirish, saylovchilarning ovozi uchun raqobatni kuchaytirishdan iborat.

Hurmatli do'stlar!

Biz bundan buyon ham barcha horijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz.

Bu borada O'zbekistonning halqaro miqyosdagi obro'-e`tibori va pozitsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasi faol amalga oshiriladi.

Hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va ob`Yektlari O'zbekiston hududida joylashishiga, shuningdek, harbiy hizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqarida bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, ilgarigidek, davlatimizning qat`iy siyosiy pozitsiyasi bo'lib qoladi.

Mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan Markaziy Osiyo mintaqasi O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Biz o'zimizning yaqin qo'shnilarimiz Turkmaniston, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston bilan ochiq, do'stona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq qolamiz.

Tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishi bu — Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari bilan aloqalarimizni mustahkamlashdan iborat. Birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasi bilan Strategik sheriklik, Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnomalar va boshqa muhim kelishuvlar asosida do'stona aloqalarni izchil rivojlantirish va kuchaytirish ikki mamlakat manfaatlariga javob beradi va mintaqada barqarorlik va havfsizlikni mustahkamlashga hizmat qiladi.

Amerika Qo'shma Shtatlari bilan o'zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish bizning tashqi siyosatimizda ustuvor ahamiyatga ega bo'lib qoladi.

O'zbekiston mintaqadagi yaqin qo'shnimiz hamda global va mintaqaviy muammolarni Yechishda muhim rol' o'ynaydigan Hitoy Halq Respublikasi bilan har tomonlama strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdordir.

Osiyo va Tinch okeani mintaqasida biz Yaponiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan iqtisodiyot, investitsiyalar, fan va tehnologiyalar, ta`lim, sog'liqni saqlash va turizm sohalarida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga ustuvor darajada ahamiyat beramiz.

O'zbekiston uchun Yevropaning Yetakchi davlatlari, avvalambor Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz Hindiston, Pokiston va Janubiy Osiyoning boshqa davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorimiz.

O'zbekiston Afg'onistonga nisbatan an`anaviy ravishda yaqin qo'shnichilik va do'stona siyosat olib boradi.

Biz Yaqin va O'rta Sharq davlatlari bilan o'zaro manfaatli va keng qirrali munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettiramiz.

Lotin Amerikasi va Karib mintaqasi, Afrika qit`asining Yetakchi davlatlari bilan aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash O'zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanhay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa halqaro tashkilotlar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O'zbekistonning milliy manfaatlariga hizmat qiladi.

Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Halqaro valyuta jamg'armasi, boshqa halqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan davlatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikni yanada rivojlantiramiz.

Hurmatli qo'shma majlis ishtirokchilari!

Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning ustuvor vazifalarini muvaffaqiyatli ado etish, birinchi navbatda, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, barcha darajadagi hokimliklar, davlat va ho'jalik boshqaruv idoralari, butun halqimizning O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti g'oyalari atrofida jipslashib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishiga bog'liq ekanini hammamiz yahshi tushunamiz.

Mana shu ezgu maqsad yo'lida — Vatanimiz mustaqilligini har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini, halqimiz farovonligini ta`minlashga qaratilgan ishlarimizda buyuk Yurtboshimiz Islom Abdug'aniYevich Karimovning «Ona Vatanimiz va halqimizga sadoqat bilan hizmat qilish — oliy saodatdir» degan so'zlari doimo bizga kuch-quvvat va g'ayrat bag'ishlaydi, deb ishonaman.

E`tiboringiz uchun rahmat.

* * *

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo'shma majlisining qarori qabul qilinganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat MirziyoYev so'zga chiqdi.

— Hurmatli Spiker!

Hurmatli Senat Raisi!

Muhtaram deputat va senatorlar!

Avvalo, menga bildirilgan yuksak ishonch uchun sizlarga o'zimning samimiy minnatdorchiligimni bildirishga ruhsat bergaysiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qadar bo'lgan muddatda mening zimmamga bugun nihoyatda murakkab va o'ta mas`uliyatli vazifa yuklanganini har tomonlama chuqur his qilib turibman.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk Yo'lboshchimiz, qadrli Islom Abdug'aniYevich Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va chorak asr mobaynida samarali amalga oshirib kelingan davlatimizning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi hamda demokratik islohotlarni joriy etish borasidagi izchil mustaqil taraqqiyot yo'lini davom ettirishni shu davrda o'zimning eng asosiy vazifam deb bilaman.

Zamonamizning buyuk davlat va siyosat arbobi, uzoqni ko'ra biladigan rahbar, olijanob ma`naviy va ahloqiy fazilatlar egasi bo'lgan bu ulug' inson men uchun yuksak ideal, o'z Vatani, o'z halqiga fidokorona hizmat qilishning yorqin namunasidir.

Sizlarni ishontirib aytamanki, Islom Abdug'aniYevich Karimov bizga vasiyat qilib qoldirgan barcha hayotiy tamoyillarga og'ishmasdan, qat`iy amal qilaman. U kishining rahbar doimo odamlarning, elyurtning dardu tashvishi bilan yashashi, ularning orzuniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun huzur halovatdan voz kechib, o'zini ayamasdan mehnat qilishi kerak, degan dono o'gitlarini o'z faoliyatim uchun asosiy mezon va talab sifatida qabul qilaman.

Bu borada mamlakatimiz fuqarolarining huquq va erkinliklarini, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qilinishini ta`minlashni, O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, havfsizligi va hududiy yahlitligini muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rishni, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hamkorlikda ishlashini ta`minlashni, yaqin va uzoq qo'shni davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni eng asosiy vazifa deb hisoblayman.

O'zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi va Senati a`zolari bilan, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar, fuqarolik institutlari bilan birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib ishlashni oldimizda turgan g'oyat muhim va ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng asosiy omili va garovi deb bilaman.

El-yurtimizning yuksak ishonchini oqlash, Vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini ta`minlash yo'lidagi amaliy ishlar bilan aziz Yurtboshimiz Islom Abdug'aniYevich Karimovning ruhi poklarini shod etish uchun bor bilim va tajribamni, salohiyat va kuch-g'ayratimni safarbar etaman.

Ishonamanki, ulug' Yurtboshimizning bizga qoldirgan bebaho merosi, o'lmas g'oya va dasturlari yo'limizni nurafshon qilib, barchamizga doimo madadkor bo'ladi.

E`tiboringiz uchun rahmat.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн