Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov tutgan kundalik (5-qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 473           Дата: 9-09-2016, 11:12          
Islom Karimov tutgan kundalik (5-qism)

Buyuk ustoz Odil Yoqubovning Islom Karimov haqida aytgan so'zlari hech qachon yodimdan chiqmaydi. U paytlar Odil Yoqubov nafaqaga chiqqan, hukumat e`tiboridan biroz chetda, keksa va hasta holatda edi. U kishining oldiga borganlar g'amgusorlik bilan "Naga falonchi falonchilar qahramon bo'ldi-yu, siz bo'lmadingiz, holbuki eng loyig'i siz-ku, bunga chidab bo'ladimi?", — deyishar, Odil Yoqubovni Islom Karimovga qarshi gij-gijlashardi. Odil aka bosiqlik bilan javob qaytarishga urinar, ammo e`tirozlari havoga uchardi.

O'sha kunlarning birida Odil aka shunday degan edi: “Hozir mukofotga qiziqish yoshidan o'tganman. Qasam ichib aytaman, meni hech qanaqa mukofot qiziqtirmaydi. Hozir Azroil kelib, yana bir oy yashaysiz, yana bir oy yashashingizni Hudo kafolatladi, desa shu menga oliy mukofot. Agar yana bir yil yashaysiz, mazza qilib toza havodan nafas olasiz, nevara-chevaralaringiz bag'rida o'ynab kuling, Yeng, iching, ijod qiling desa, bu in`om menga Nobel' mukofotidan ortiq. Men hozir yashashdan boshqa mukofotni o'ylayotganim yo'q. Islom Karimov esa men uchun mardlik va jasorat timsoli.

Men uni Moskvada, S`Yezdlar saroyida SSSR Vazirlar mahkamasining Raisi Nikolay Rijkov bilan qanday tortishganini o'z ko'zim bilan ko'rganman. U paytlar O'zbekiston SSSR tarkibidagi mustamlaka respublika edi. Ularga tik qarashga hech kimning haddi sig'masdi. Ammo Islom aka Rijkovga:
— Men O'zbekiston Respublikasini Mustaqil Davlat deb e`lon qilaman, hamma Yer osti, Yer usti boyliklarini O'zbekiston halqining mulki deb e`lon qilaman, - dedi.
— O'zbekistondagi harbiy bazalar, oltin konlaridagi qimmatbaho tehnikalar Moskvaning mulki-ku, sen ularga qanday qilib egalik qilasan, - dedi Rijkov.
— O'zbek halqi ularning pulini Yetmish yil mobaynida to'lab qo'ygan, - dedi Islom aka tap-tortmay.
— Men harbiy mutahassislarimni, oltin konlarida ishlayotgan noyob kadrlarimni chaqirib olaman, keyin nima qilasan? - dedi Rijkov.
— Men, o'z Vatanimni ko'kragimni qalqon qilib himoya qilaman, Vatanimda O'zbekistonni himoya qiladigan millionlab fidoyi bor. O'zbekistondagi oltinlarni mana shu tirnoqlarim bilan qazib olib, halqimni kelajagi uchun ishlataman, - dedi Islom Karimov va ikki qo'lini panjalarini ochib, Rijkovga ko'rsatdi. Rijkov Islom akaning keng ochilgan qo'llarini, yuzidagi vajohatni, so'zlaridagi shiddatni, ko'zlaridagi g'azabni ko'rib tisarildi, bir so'z aytolmay, hayiqqancha ortga burildi.

Bu voqea Kremlda bo'lgan edi. U paytlar men ham, Islom aka ham SSSR halq deputatlari edik. Bu voqeani hech qachon unutmayman. Shu voqeadan keyin Islom Karimov men uchun mardlik va jasorat timsoli bo'lib qoldi. Nursulton NazarboYev o'sha paytlardayoq Islom aka haqida: “Islom Abdug'aniYevich Prezident bo'lib saylanishi kerak, lozim bo'lsa O'zbekistonga borib tashviqotlarda qatnashaman, u do'stim, u tabiatning nodir iste`dodi, yuz yillikning buyuk insoni! - degandi.

Islom Abdug'aniYevich, halqiga hizmat qilishni o'zining oliy burchi deb bilardi. Qanchalik yuqori mansablarda ishlamasin, baland minbarlarda so'zlamasin, saltanatning juda katta boyliklari iznida bo'lmasin, oddiy halqqa hizmat qilishni, ularning dardini eshitishni asosiy vazifa deb bilardi. Biz Islom Karimovning shu fazilatlaridan o'rnak olishimiz kerak.

Qashqadaryoliklar menga bir voqeani aytib bergandi: Islom Karimov Qashqadaryo dalalarida yurganida, keng pahtazorda pahta sug'orib yurgan bir suvchini ko'radi. Ayni kun qizigan payt, biyday dalada hech kim yo'q.

Nega bu odam jaziramada dam olmayapti deb, mashinani suvchini oldiga haydashni buyuradi. Suvchi ham yoniga obkomning birinchi kotibi kelganidan behabar indamay ishini qilaveradi. Islom Abdug'aniYevich suvchi bilan iliq muomalada hol-ahvol so'rab: — Ayting, sizga hozir nima kerak, chayla qurib bersinlarmi, traktor kerakmi, yo tushlik keltirishsinmi, agar hozir mashina so'rasangiz, mashina beraman, — debdi.

Suvchi: — E, qo'ying hech narsa kerak emas, hozir sal nosning humori tutib turibdi, dalani tashlab nosga borib kelay desam, g'o'zani suv urib ketadi, bormay desam, tarki odat amri mahol, qani bir otimgina nos bo'lsaydi, — debdi.

O'shanda Islom Abdug'aniYevich obkom bo'lishiga qaramay suvchiga o'zi nos olib kelgan,( u odam obkomga nos olib keltirtirgan suvchi sifatida mashhur bo'lgan) keyinchalik hosil bayramida o'sha suvchiga motatsikl sovg'a qilgan ekan.

Islom Abdug'aniYevich hamisha halqning dardi bilan yashaydigan inson. Halqi uchun yonib yashaydigan, halol va fidoiy shu odamdan, “Nega menga mukofot bermayapsiz?” deb so'raymanmi ? Shu odamning jafokash o'zbek halqiga hizmatining o'zi – barchamiz uchun mukofot. U odamning qilayotgan hayrli ishlari barchamiz uchun mukofot. U kishining qurayotgan binolari, solayotgan yo'llari, odamlarning aqliy salohiyatlarini ko'tarayotganliklari, odamlar ham ma`naviy, ham moddiy boyiyotgani hammamiz uchun mukofot. Men uchun ham, siz uchun ham, halq uchun ham bundan ortiq mukofot yo'q.

O'zbek halqining buyuk yozuvchisi Odil Yoqubov Islom Karimov haqida shunday hayrli voqealarni gapirib bergandi.

Islom Karimov tutgan kundalik (1-qism)

Islom Karimov tutgan kundalik (2 qism)

Islom Karimov tutgan kundalik (3-qism)

Islom Karimov tutgan kundalik (4-qism)

Shoir Muhammad Ismoil.

Manba: diydoraziz.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн