Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev «Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 437           Дата: 7-09-2016, 19:59          
Shavkat MirziyoYev «Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

O'zbekiston respublikasi bosh vaziri Shavkat MirziyoYev 7 sentyabr' kuni «Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti Reymond Konnerni qabul qildi.

O'zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniYevich Karimov vafoti munosabati bilan Reymond Konner «Boeing» kompaniyasi nomidan O'zbekiston hukumati va halqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

«Boeing» kompaniyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida erishilgan yuqori darajadagi o'zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov qo'shma loyihalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlagani samarasi ekani ta`kidlandi.

Bugun «Boeing» kompaniyasi O'zbekistonning yo'lovchi tashiydigan zamonaviy samolyotlar Yetkazib berish, ulardan foydalanish va hizmat ko'rsatish borasidagi ishonchli hamkori hisoblanadi. «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi ayni paytda 15ta «Boeing» samolyotidan foydalanmoqda. Milliy aviakompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan barcha tashuvlarning yarmidan ko'pi aynan ushbu havo laynerlari hissasiga to'g'ri kelmoqda va bu aviakompaniyamizning mintaqadagi yirik hamda jadal rivojlanayotgan aviakorhonalardan biri sifatidagi o'rnini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida milliy aviakompaniya samolyotlari safiga eng zamonaviy va shinam «Boeing 787 Dreamliner» havo kemasi ham qo'shildi. Mazkur layner shu yilning 5 sentyabridan Urganch, Buhoro va Nukus shaharlariga dastlabki parvozlarni amalga oshirgan bo'lsa, kelgusi haftadan halqaro aviayo'nalishlarga qatnay boshlaydi. Joriy yilning noyabr' oyida esa O'zbekistonga ikkinchi «Dreamliner» keltiriladi.

O'zbekistonda, jumladan, milliy aviakompaniya o'quv-mashg'ulot markazini kompleks trenajyor uskunalari bilan ta`minlash orqali uchuvchi va mutahassislar tayyorlash bo'yicha hamkorlikda samarali ishlar olib borilmoqda.

Shu yilning yanvar' oyida yangi qo'shma loyiha – «Uzbekistan Airways Technics» aviakorhonasi bazasida zamonaviy samolyotlar konstruktsiyasining yirik kompozit materiallarini ta`mirlash bo'yicha mintaqaviy markaz ishga tushirildi.

Reymond Konner qo'shma loyihalar qo'llab-quvvatlanayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va u rahbarlik qilayotgan kompaniya o'zbekistonlik hamkorlar bilan o'zaro manfaatli hamda samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн