Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

General Do'stum: Islom Karimov vafoti O'zbekiston halqi va mintaqaning barcha davlatlari uchun katta yo'qotish

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 248           Дата: 7-09-2016, 16:59          
General Do'stum: Islom Karimov vafoti O'zbekiston halqi va mintaqaning barcha davlatlari uchun katta yo'qotish

Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidentining birinchi o'rinbosari, Afg'oniston Milliy islomiy harakati partiyasi raisi va Afg'oniston turkiy millatlar rahbari, general Abdurashid Do'stum O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bevaqt vafot etgani munosabati bilan ta`ziya izhor etdi. Bu haqda «Jahon» ahborot agentligi ma`lum qildi.

«Do'st va birodar O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylarining vafoti haqida qayg'uli habardan voqif bo'ldim. Ushbu maktubim orqali O'zbekiston hukumatiga, O'zbekiston Prezidentining oila a`zolariga hamda do'st va birodar o'zbek halqiga o'zimning chuqur ta`ziyamni bildirar ekanman, Alloh Taolodan marhumning joylarini jannatdan ato etishini, uning oila a`zolariga va butun o'zbek halqiga sabr-bardosh berishini so'rayman.

Shubha yo'qki, Islom Karimov mintaqa va jahonning nufuzli siymolaridan biri bo'lib, uzoq yillar davomida o'z mamlakatining tinchligi va havfsizligini ta`minlashga hamda har tomonlama taraqqiy topishiga ulkan hissa qo'shdi.

U mintaqada yuzaga kelgan o'ta murakkab vaziyatlarni hal qilishda muhim o'rin tutdi, turli qiyinchiliklarga ro'baro' bo'layotgan Afg'oniston halqining eng yaqin do'sti bo'lib qoldi.

Men O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafotini O'zbekiston halqi va mintaqaning barcha davlatlari uchun katta yo'qotish, deb bilaman. U kishi oramizda bo'lmasa-da, hotirasi qalbimizda abadiy saqlanadi.

Islom Karimov Afg'oniston og'ir vaziyatga tushganda, mamlakatda yuzaga kelgan urush barchamizning tinch hayotimizga tahdid solgan paytda doimo Afg'oniston halqi bilan yonma-yon turdi.

Umidvormanki, bundan keyin ham do'st va birodar O'zbekiston halqi Islom Karimov tomonidan boshlab berilgan va kelajak avlodlarga meros qoldirilgan aniq yo'lda ziyraklik va jasorat bilan harakatlanadi hamda o'z mamlakatining tinchligi va havfsizligini ta`minlaydi», — deydi general Abdurashid Do'stum.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн