Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sizdan ozod va obod vatan qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 252           Дата: 7-09-2016, 14:15          
Sizdan ozod va obod vatan qoldi

Mana, bir necha kundirki, og'ir musibatdan o'zbek halqi o'ziga kela olayotgani yo'q. Bunday judolikni nafaqat halqimiz, balki dunyo hamjamiyati his etyapti. Yaqin o'tmishda O'zbekiston deya atalguvchi qaddi bukilgan, sha`ni tahqirlangan muqaddas zaminni qayta oyoqqa turgazgan, turgazganda ham sarbaland maqomda, o'zligi, e`tiqodi, jasoratini tarannum etgan millat haloskori Rafiqi a`loga yo'l oldi. E`tirof etilganidek, Islom Karimov qaysi lavozimda, qaysi vazifada faolyait olib bormasin doimo vatan taqdiri, yurt qayg'usi bilan yashadi. Yurtdoshlarimiz 25 yillik hayoti davomida barcha erishgan yutuqlari, saodatli onlarini bevosita u kishining nomi bilan bog'laydi. Bir oqil rahbar bo'lsa shu insonchalik bo'lar... O'tgan asrning 80 yillariga kelib, har tomonlama qoloq mamlakatga aylangan, bir yoqlamali tizimga asoslangan iqtisodiy nochor ahvolga kelib qolgan davlatni tarihan qisqa davr ichida tenglar ichra teng yurtga aylantirib, barqaror o'sish sur`atlariga erishtirish uchun qancha zahmatlar, qanchadan-qancha matonat, chidam, sabr, bardosh kerak bo'larkin...Zero, bunday darajalarga birdan erishib qolganimiz yo'q. Azizlar, bugun ko'zlarda yosh bilan nazar tashlaylik yurtimiz qudratiga: qaysi soha, qaysib bir tarmoq, yo'nalish rivoj topmay qolib ketdi? Hech qaysi! Alloh taolo yurt egasining tinimsiz harakatlari, shijoatlari evaziga uning yo'lini ochishi bilan diyorga O'z rahmatlari, barakotlarini yog'dirdi. Ne`matlar ketidan ne`matlar kela boshladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Inson vafot etgach amallari to'htaydi. Faqat unga uch narsadan savob Yetib turadi: sadaqai joriya (savobi davomli yahshi ish), foydali ilm, uning haqiga duo qiluvchi solih farzand”, deya marhamat qilgan muborak hadislarini yahshi bilamiz. Yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan halqimiz uchun bunyod etilgan minglab inshootlarni ta`riflash shart emas.

Toshkent shahrining betakror me`moriy mo'jizasi bo'lib barpo etilgan “Minor” masjidi ochilishidagi u kishinigng so'zlari hamon qulog'imiz ostida jaranglaydi: “Avvalo bunday ibodat uylari halqimiz uchun. Mard va jasur, turli og'ir zamonlarda matonat va chidamlik ko'rsatgan halqimiz uchun! O'zbekistonimizning jahon darajasida e`tirof etilayotgan turli yo'nalishlardagi yutuqlarni qo'lga kiritayotgani, iqtisodiyotimizning o'sib borishi, halqimizning tobora hayot darajasi, hayot sifatining o'sib borishi, eng muhimi kishilar bugungi tinch osuda hayotidan rozi bo'lib yashayotganligining sababi-Allohning marhamatidir. Tangrimiz bizni O'zi asramoqda, O'zi yo'limizni ochib bermoqda!

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq, buyuk allomalarimiz, muhaddisu, faqih ulamolarimiz ilmiy meroslarini tadqiq etish, yosh avlodni ajdodlarimizning boy ma`naviy bilimlari asosida tarbiyalashga yurtboshimiz rahnamoligida alohida e`tibor qaratildi. “Ma`naviyati yuksak halqni Yengib bo'lmaydi", deya aytgan so'zlari dolzarbligi bugun yanada ravshan bo'lmoqda. Qolaversa, U kishining adabiyot, ma`naviyat, iqtisod, siyosat,jamiyat, tilshunoslik va boshqa fanlarga metodoliya bo'lib hizmat qiluvchi asarlari manfaatli ilmni ifodalab beradi.

Ortlarida qolgan farzandlar... Butun o'zbek halqi farzandlari... “O'zbekistonda unib o'sayotgan har bir farzand mening farzandim”, deya yoshlarga alohida g'amho'rlik ko'rsatar edilar. Bugun ana shu farzandlar ko'zlarda yosh, qalblarda ayriliq firog'i bilan u kishininig ortlaridan duolar qilmoqda, hatmi Qur`onlar o'qib bag'ishlamoqda. Alloh taolo ana shu oyati karimalar, qilingan barcha ezgu amallar barakotlaridan farovon hayotimiz, nurli istiqlolimiz asoschisi Prezidentimiz qabrlarini nurlarga to'ldirsin!

Albatta, Alloh taqdiriga itoat etamiz, foniy dunyo haqiqatiga taslim bo'lamiz. Buyuklar vafot topsa ham, hamon biz bilan hamnafas yashayotgandek tuyulaveradi. Ularning yo'qligiga ishongisi kelmaydi kishining. Sababi ular hayotlarida bajargan ulkan ishlari bilan, qalblarga o'rnashgan muhabbatlari bilan bir zumda yo'q bo'la olmaydilar. Balki, zamonlar osha avlodlarni o'zlarining amaliy,ma`naviy jasoratlari bilan fahrlantirib keladilar! Alloh taolo Qur`oni Majidda marhamat qilganidek:

هَلْ جَزَاءُ الْإِحْسَانِ إِلَّا الْإِحْسَان

Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ezgulikdir. (Ar Rahmon,60)

Yurtboshimizning farovon hayotimiz uchun amalga oshirgan barcha hayrli ishlari mukofotini ohiratda Yaratganimiz o'ziga ma`lum bo'lgan adaddagi ajrlar ila mukofotlasin! Bu og'ir damlarda halqimizga Alloh chiroylik sabr bersin.

Manba: Vakillik.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн