Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov juda ochiq, sof ko'ngil va dono odam edi. O'zbekiston buyuk odamini yo'qotdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 294           Дата: 7-09-2016, 13:43          
Islom Karimov juda ochiq, sof ko'ngil va dono odam edi. O'zbekiston buyuk odamini yo'qotdi

28 avgust yakshanba ishda edim. Tahminan 16.00 larda internetga kirdim. O'zAda Respublika Vazirlar Mahkamasining ahborotini o'qib, g'alati bo'lib ketdim. O'zimni bosib olishga, bu ahborotni odatiy bir habar sifatida qabul qilishga harakat qildim. Ammo bo'lmadi. Kechga tomon uyga qaytdim. Qo'ni-qo'shnilar ham, uydagilar ham ahborotdan behabar ekan, ularga indamadim.

Hammasi dushanbadan boshlandi. Ishda hamkasblarimiz bu ahborotga ishonishni ham ishonmaslikni ham bilishmasdi. Prezidentimizga sog'liq-salomatlik tilay boshladik. Kechqurun uyda ham shu kayfiyat. Davlatimiz rahbarining shifohonaga yotqizilganiga ishongimiz kelmasdi. Namoz o'qimaydigan turmush o'rtog'im ham joynomozni olib namoz o'qishga tushdi. Oilamizdagilarning hammasi Prezidentimizning tezroq tuzalib ketishini tilab, duo qila boshladi. Ochig'ini aytish kerak, Islom Karimov oilamizning tom ma`nodagi a`zosi edi. Jurnalist bo'lganim uchun 19.30 va 21.00dagi “Ahborot”ni ko'rishni burchim deb bilaman. Oilamiz a`zolari Islom Karimov bilan bog'liq rasmiy ahborotga befarq emasdi. Yana shuni aytishim kerakki, 1994 yil may oyi bo'lsa kerak, Koreya Respublikasi prezidenti Kim Yon Sam rafiqasi bilan Toshkentga kelgan edi. Ularni kutib olish uchun 4 yoshli qizim Nodirahonni olib aeroportga chiqqan edim. O'shanda prezident Islom Karimov qizimni ko'targan va bu kadr “Ahborot” orqali namoyish etilgan edi. Ertasi kuni ishhonada (2-ToshMida Yoshlar Ittifoqida ishlardim va tarihdan dars berardim) ancha shov-shuv bo'lgan va menga ko'pchilik havas bilan qaragan edi. Shu-shu oilamizda Islom Karimovga nisbatan mehr uyg'ongan bo'lib oilamizning a`zosi sifatida ko'rib kelamiz. Respublikamizda biz kabi oilalar ko'p deb o'ylayman. Uyimiz huvillab qolgandek bo'ldi.

Islom Karimovni ilk bor yaqindan ko'rish 1989 yilda “Halqlar do'stligi”(hozirgi “Istiqlol”) saroyida Toshkent shahri jamoatchiligi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda nasib etgan edi. (Nima uchundir mana shu uchrashuv haqida kam gapiriladi.) O'shanda Islom Karimov “biz bir musht bo'lib birlashsak, bizni hech kim Yenga olmaydi” degani hamon yodimda. Keyinchalik parlament sessiyalarida ko'rish sharafiga muyassar bo'ldim. Bundan men fahrlanaman. Umuman olganda Islom Karimov bilan zamondosh bo'lishning o'zi bir baht degan bo'lardim.

2 sentyabr' kuni “Ahborot”ning mahsus sonida Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ahborotini eshitib, tuni bilan uhlamadim. Ko'nglim kemtik bo'lib qolgandek bo'ldi. Amerikadan Furqatbek ismli qadrdonim qo'ng'iroq qilib qoldi. Salkam yarim soat suhbatlashdik. Islom Karimov va uning O'zbekiston tarihida qoldirgan boy merosi haqida fikr almashdik. Dunyoning narigi burchagida bo'lsa ham Furqat akaning ovozida mung bor edi.

Bir necha bor Islom Karimov bilan suhbatlashish bahtiga muyassar bo'lgani bois ham Furqat aka prezidentimiz haqida iliq fikrlarni bildirar ekan, “rahmatli jurnalistlarni yahshi ko'rardi”, dedi. O'zaro suhbatda yana bir gap aytildi. Endi Islom Karimov tomonidan aytilgan gaplar quloqlarimiz ostida boshqacha jaranglaydi. To'g'rirog'i hikmatlarga aylanadi. Furqat akaning o'zbeklar ma`naviyatli va madaniyatli halq ekani borasidagi fikrlariga to'la qo'shildim. Buni 3 sentyabr' voqealari to'la isbotladi. Mamlakatimizning birinchi prezidentini so'nggi yo'lga kuzatish uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali habar topgan toshkentliklar erta tongdayoq ko'chalarga chiqdi. Ularning hammasining ko'zida yosh bor edi. Ularni hech kim ko'chaga chiqishga majburlagani yo'q. (Ayrim horijiy radiolarda bundan ham kir qidirishdi). Janozaga qatnashish uchun Samarqandga otlanganlarni-ku son-sanog'i yo'q edi. Shanba kuni mamlakatimizning barcha masjidlarida janoza namozlari o'qildi. Bu haqida bir-birlaridan habar topgan namozhonlar o'z hohishlari bilan masjidlarga kelishdi. Shanba kuni peshindagi namozda juma namozidagi, hatto undan ko'p namozhon ishtirok etdi. Mana shularning o'ziyoq halqimizning Islom Karimovga bo'lgan hurmat-ehtiromining ifodasidir.

TelevideniYe orqali vidolashuv jarayonlari namoyish etildi. Horijiy delegatsiyalar rahbarlarining gaplari ko'nglimizga taskin berdi. Qirg'izistonga amalga oshirishi kerak bo'lgan safarini keyinga qoldirib Samarqandga kelgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o'z mamlakatining ko'cha va hiyobonlariga Islom Karimov nomi berilishini aytdi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon esa Islom Karimovning oqilona siyosati haqida gapirdi. «Tojikistonda qardosh o'zbek halqining ulkan yo'qotishi - hurmatli Islom Abdug'aniYevich Karimovning vafoti haqidagi habar chuqur qayg'u bilan kutib olindi», — deya qayd etdi. «Islom Abdug'aniYevich O'zbekiston tarihiga Yetakchi davlat arbobi sifatida kirdi, u mustaqillikka erishgan mamlakatning taraqqiyoti davri mazmun-mohiyatini belgilab berdi. Donishmandligi va uzoqni ko'ra bilishi bilan u mamlakat tashqarisida ham keng miqyosli siyosatchi sifatida obro'-e`tiborga ega bo'lgandi. Uning yorqin hotirasi hamisha qalbimizda bo'ladi», dedi Imomali Rahmon.

Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani o'z so'zida Islom Karimov jahon miqyosidagi Yetuk arbob ekanligini ta`kidladi. Uning aytishicha, Karimov og'ir sharoitda halqining hizmatida bo'ldi, mamlakat rivoji uchun tinmay ishladi.

Dunyo matbuoti, Rossiya telekanallari, hatto Yeuronews telekanali Islom Karimov vafoti va dafn marosimlarini birinchi habar sifatida e`lon qila boshladi. Mana shuning o'ziyoq Islom Karimovning buyuk davlat rahbari ekanligidan dalolat beradi. Shu o'rinda Rossiya telekanallarining holis ahborot berganini tan olish kerak.

Qirg'iziston sobiq prezidenti Roza OtunbaYeva mamlakatimizning birinchi prezideti haqida fikr bildirar ekan, “Islom Karimov bugungi kunda mintaqamizdagi eng Yetakchi liderlardan biri desak yanglishmagan bo'lamiz. U ishonchli hamkor edi. O'ylamasdan qadam bosmasdi. U bilan kelishish qiyin edi. Bitimga erishildimi, bu bitim, albatta, bajarilardi”- deydi. “O'z davlati mustaqilligining mustahkamlanishi yo'lida, o'z halqi manfaatlari yo'lida borini berdi”, deyar ekan Roza OtunboYeva Islom Karimov bilan ko'p bor uchrashganini ta`kidlaydi. “2005 va 2010 yillarda Qirg'iziston uchun murakkab bo'lgan davrlarda Prezident Karimovning qarori biz uchun juda muhim edi”, deya eslaydi va Islom Karimov to'g'ri qaror qabul qilganini tan oladi: “U Qirg'iziston vaziyatdan chiqib ketishi uchun sharoit yaratib berdi, desam aslo yanglishmagan bo'laman”.

“Men islomlashtirish yo'lidan bormagan siyosatchi bo'lgani uchun ham Karimovdan minnadorman. U hamisha olg'a intilardi. U jahon kezdi. Ko'p narsa ko'rdi, ammo muhim tajribani qabul qildi. U mamlakat uchun o'zbek yo'li bo'lmish mahsus modelni tanladi. Uning fikricha, O'zbekiston hech kimga bo'ysunmaydigan mustaqil bo'lishi kerak edi”. OtunboYevaning fikricha, O'zbekistonning o'z yo'li bor. “Karimov o'z atrofidagilarga boshqa siyosatchilar bilan qanday gaplashish kerakligidan saboq bergan. Biz qo'l qovushtirib o'tirmay faol ishlagan Islom Abdug'aniYevichdan mag'rurlanamiz. Biz mintaqamizda shunday lider bo'lganidan fahrlanishimiz kerak”, - deydi Roza OtunbaYeva.

1991-1994 yillarda Belarus' Oliy kengashining raisi bo'lgan Stanislav Shushkevich “Karimov o'ta bilimdon va O'zbekistonga islohotlar va ezgulik tilagan odam bo'lgan. Karimovning donoligi O'zbekistonni saqlab qoldi va unga barqaror bo'lishga imkon berdi”, deb aytdi. U Islom Karimovning shahsiy sifatlarini eslab o'tdi. “U bilan shahsan menga suhbat qilish juda oson edi. Barcha uchrashuvlarimiz uning insoniyligini ko'rsatgan. Misol uchun, men ertaga Toshkentga uchishim kerak, men unga qo'ng'iroq qilib, u bilan uchrashishim mumkinligini so'rardim. U menga: “Albatta, o'zingiz bilan birga rafiqangizni olib keling. U Toshkentning qandayligini bir ko'rsin”, deb javob berardi. “MDH davlatining biror boshqa rahbari hech qachon bunday samimiy taklif bildirolmasdi”, deb ta`kidlab o'tdi Shushkevich. “Karimov juda ochiq, sof ko'ngil va dono odam edi. Ko'p shiorlar aytish, lekin juda kam ish qilish mumkin. U shiorlar borasida bosiq edi. O'zbekiston buyuk odamini yo'qotdi. Men uning yaqinlariga hamdardlik bildirib qolaman”, dedi siyosatchi.

O'zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylanishida, jahon maydonida Toshkentning o'z aytar so'zi bo'lishida Islom Karimovning mehnatlari turganiga aslo shubha yo'q. 1993 yilda sobiq sovet respublikalari Ittifoqdan qolgan merosini bo'lishib olayotgan bir vaqtda O'zbekiston Janubiy Koreya avtomobilsozlari bilan zavod qurish haqida bitimga erishdi. 1996 yilda Asakadagi zavoddan birinchi o'zbek avtomobili chiqdi. Natijada boshqa respublikalarga qaraganda O'zbekiston iqtisodi pasayish o'rniga ko'tarildi. Horijiy investitsiyalar asosan sanoatga yo'naltirildi. Respublikada jahon sanoatining bayroqdorlari bo'lmish GM, Texaco, MAN, Isuzu, Mitsubishi, LG, Samsung, CNJPC faoliyat yuritadi. 2007 yilda Ispaniya kompaniyasi Chirchiqdagi himiya zavodini ishga tushirdi. Yaponlar esa Samarqandda avtomobil' zavodini qurdi. 2011 yilda Koreya kontsernlari Ustyurtda yirik gaz-himiya majmuasini qura boshladi. Bu majmua 2016 yilda ishga tushdi. Ayniqsa, elektrlashtirilgan Angren—Pop temir yo'lining ishga tushirilishi O'zbekiston uchun katta ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonda iqtisodiy mustaqil bo'lish uchun ko'p ishlar qilindi. Oziq-ovqat havfsizligi ta`minlanishi borasida ancha ter to'kildi.

Islom Karimovning vafoti munosabati bilan horijlik siyosatchilarning fikrlarini o'rganishga to'g'ri keldi. Ularning hammasi bir ovozdan Islom Karimov davrimizning yirik siyosatchisi ekanligini tan olishgan. Ularning fikrlariga izohning hojati yo'q, deb o'ylaymiz. Hulosa o'rnida aytish kerakki, Islom Karimov siymosida nafaqat o'zbek halqi, balki halqaro hamjamiyat Sharll de Gol', Nel'son Mandella, Mahatma Gandi, F.Ruzvel'tning saflariga qo'shish mumkin bo'lgan buyuk siyosatchidan ayrildi.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн