Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ikkinchi umrini boshlagan Prezident

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 326           Дата: 7-09-2016, 11:12          
Ikkinchi umrini boshlagan Prezident

Inson hotirasi aziz va muqaddasligining e`tirofi iymondandir. O'z umrini halqiga bahshida etgan insonlarning oramizdan ketishi elu yurtning chuqur qayg'usiga, kulfatiga bois bo'lishi aniq. Bir necha kundirki, qayg'u alamdan halqimiz hali o'ziga kelganicha yo'q. Millat otasi Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o'tkazilayotgan hotira darslarida ham ana shu fikrlar e`tirof etilmoqda. Ulug' insonning o'zlari ketsa ham so'zlari halqni boshqaraveradi. Bu hikmat bejiz emas. El taqdirida buyuk va suyuk bo'lgan insonlar ikkinchi umrni yashay boshlashadi. Ular jisman oramizda bo'lmasalarda, ruhan barhayot. Sizga kuch va ruh bahsh etib turishadi. Sharofatli insonlarning hayotligigina emas, hatto o'limi ham birlashtiradi. Bir – birovi bilan uncha munosabati yahshi bo'lmagan insonlar ham o'lim dahshat va vahshatini, ulug'lar yodini eslab o'zaro yovqarash qilishmay qo'yishdi. Bir qo'shnim bor edi. Diydasi qattiq, doim qovoqlarini solib yurardi. Prezidentimiz dafn etiladigan kuni saharmardondan barcha qatori vidolashuvga chiqdi. Ko'zlari jiqqa yoshga to'lgandi. Qaytayotganimizda unga yuzlandim. “So'raganning aybi yo'q yaqinda o'z otangiz dunyodan o'tgandi. Janoza namozida ham qabr tepasida ham sizga nazar tashlagandim, ko'zingizda bir tomchi yosh ham ko'rmagandim. Bugun ko'zingiz yoshdan qizarib ketgan” - dedim. U Yelka qisdida “Bilmadim” – deb qo'ydi.

Quyosh botish uchun chiqadi, odamzot o'lish uchun tug'iladi. Ma`lum haqiqat bu. Lekin hammamiz uchun mash`um va ma`lum ko'rgilik - o'lim elu yurtning mehrini qozongan, elparvar inson bilan bog'lansa, uning dahshati Yeru ko'kni larzaga solgandek bo'ladi. Bir necha kundirki, O'zbekiston fuqarolari eng yaqini, o'z jigaridan ayrilgandek talmovsirab, garangsib qoldi. Mustaqil O'zbekistonning birinchi prezidenti O'zbekistonning birinchi poytahti Samarqandga dafn etildi. O'z yurtini ozod va obod qilgan yurtboshimizning ohiratlari obod bo'lsin! O'zbekiston Respublikasi Ma`naviyat targ'ibot markazi tashabbusi bilan kamina tomonidan o'qilgan Davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan audiodisk qo'limda turibdi. Unda Prezidentning salkam 25 yil mobaynida turli uchrashuv va har hil soha vakillari bilan muloqotlarida bildirgan hikmatli so'z va iboralari, shuningdek, zamondosh shoirlarimizning vatanparvarlik ruhidagi she`rlari o'rin olgan. Audiodisk prezidentimizning o'z iboralariga monand "Vatan va halq mangu qoladi" deb nomlangan. Shuningdek, audio jamlanmada Abdulla Oripov, Omon Matjon, Erkin Vohidov, Jumaniyoz Jabborov, Iqbol Mirzo, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toyir, Normurod NarzullaYev, Anvar Obidjon, Ikrom Otamurod, Salim Ashur, Azim Suyun, Aziz Said, Minhojiddin Mirzo, Mirzo Kenjabek, Muhammad Yusuf, Muhammad Ismoil, Nasriddin Botirov, Qo'chqor Norqobil, Qutlibeka RahimboYeva, Sherali Vahob, Rustam Musurmon, Sultonmurod olim, Sulton Mirzo, Jumaboy Matyoqubov, Tursun Ali, Zulfiya Mo'minova kabi ijodkorlarning vatanparvarlik ruhidagi she`rlari o'rin olgan.

Halqimiz millat otasini shu darajada yahshi ko'rganligini uch kun mobaynidagi homushlik, g'amginlik holatidan ham his etish qiyin emas. Ruhlari shod, ohiratlari obod bo'lsin. G'ariqi rahmat, shoyistai jannat ato etilgan bo'lsin. Negadir qulog'im ostida davlatimiz rahbarining "Mustaqillikni qo'ldan boy bermang, birdam va bardam bo'ling, tinch va ahil bo'linglar" - degan nidolari jaranglagandek bo'laveradi. Bu osoyishtalik garovidir. Mana, prezidentimiz iltijosi, qalb sadosi, so'nggi nidolari. Alvido, millat otasi.

Qadrdon do'stim, olim va shoir Sulton Mirzo Prezidentimiz Islom Karimovning vafoti munosabati bilan bir marsiya yozganlar shuni e`tiboringizga havola qilmoqdaman.

Elni obod aylab lekin, bizni tashlab ketdingiz,
Bu kunlarga qancha zahmat birla zo'rg'a Yetdingiz,
Buyuk ishlar qilib Yurtda afsus, tashlab ketdingiz,
Ulug' halqning bemahal ko'zin yoshlab ketdingiz,
Yurtimizni saodatga – nurga boshlab ketdingiz!

Yusuf Hamadoniy qabri Horazmda arjumand,
G'ijduvoniy birla yana Bahovuddin Naqshband,
Motirudiy, Al-Buhoriy birla obod Samarqand,
Temur nomi ellarning qalblarini etdi band,
Pirlar qabrin obod aylab, nurfoshlab ketdingiz!

Yurtim bo'ylab buzruklar qabri obod aylanib,
Masjid qurib yangidan ruhlari shod aylanib,
Tahqirlangan nomlari sarvi ozod aylanib,
Sho'rolar mafkurasi kull barbod aylanib,
Tenglar ichra teng qilib yo'lga boshlab ketdingiz!

Noz-ne`matga to'ldi bugun honadonu bozorlari,
Unut bo'ldi un topolmay chekkan na bir – ozorlarim,
Pirlar demish: “Rahmat Sizga bugun obod mozorlarim!”
Shaharlarni jannat etmish yashnab turgan gulzorlarim,
Islom ota, shu jannatni nega tashlab ketdingiz?

Sizni eslab yangramoqda hazin-mungli navolar,
Ko'k yuzini bulut qoplab qaro bo'ldi havolar,
Yig'layurlar ko'z yosh to'kib keksa chollar, momolar,
Nidolarga to'ldi yana yurtim uzra samolar,
Islom ota, nechun bizni bunda tashlab ketdingiz?

Ishingizni Siz sevgan yoshlar davom aylagay,
Yurtimizga bosh bo'lur yoshlar davom aylagay,
Chempion shu o'g'lonlar yo'lda davom aylagay,
O'zbegimning hur nomi ming yil davom aylagay,
Ruhlaringiz shod bo'lsin, Siz maqsadga Yetdingiz!

Motam tutib ushbu kun necha ellar yig'lag'ay,
Tilovatlar qilib necha g'amli dillar yig'lag'ay,
Qabring uzra egilgan qaro gullar yig'lag'ay,
Mirzo kabi necha bir ahli dillar yig'lag'ay,
Islom ota, ne uchun Siz elni tashlab ketdingiz?

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн