Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov tutgan kundalik (4-qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 231           Дата: 6-09-2016, 22:32          
Islom Karimov tutgan kundalik (4-qism)

— Keksa ustoz Halim Abdurahmonov o'quvchi Islomjonni bu qadar e`zozlashining boisi nimada? – deya so'radim maktab direktori Sayyora Malikovadan.

— Albatta, o'qituvchi sinfda hammaga birday qaraydi. Hammaga birday ta`lim tarbiya beradi. Lekin hammaga birday mehr berolmaydi. Chunki, birovni birovga mehr bog'lashi Hudodan. Halim Abdurahmonov Islomjonni ko'rsatib, bu bolada bir hislat bor, hech kimda yo'q bir fazilat bor, shu bolani Hudoga yoqadigan bir jihati bor, deya hamisha aytib yurarkanlar. Bir kuni odamlar, u qanday fazilat, deya so'rayvergach, bir bo'lgan voqeani aytib bergan ekanlar. 1952-1953 yillar, hali Stalin tirik paytda, Islom Abdug'aniYevich 8-sinfni bitirib, yozgi ta`tilni tugatib, sinfdoshlari bilan Shahrisabzga borishni maqsad qiladi: “Mana shu tog'ning narigi tarafida Shahrisabz shahri bor. U Yerda buyuk sarkarda bobom Amir Temur hazratlari tavallud topgan. Men o'sha joylarni ziyorat etishim shart, – deydi. Tabiiyki, u paytlarda Amir Temurni ziyorat qilish tugul, nomini aytishga odamlar qo'rqardi. Islom bu haqda sinfdoshlariga aytganda, sinfdoshlari tum-taraqay qochib ketadi.

Men ham Islomjonni omon saqlash uchun uni yo'ldan qaytarishga rosa urindim, yalinib yolvordim, qo'rqitdim, do'q-po'pisa qildim, ammo barcha harakatlarim zoYe ketdi. Islomjon o'sha yozda Shahrisabzga yayov borib keldi. Men bu haqda gap chiqmasligiga qancha harakat qilsam ham butun maktab bu voqeadan voqif bo'ldi. Men Islomjonni mardligiga tan berganman. Islomjon bobosi Amir Temurni ardoqlardi, unda Amir Temurning shijoati bor edi, shu sabab ham Islomjonni Amir Temurning ruhi bir umr qo'llab kelgan bo'lsa ajab emas.

(Muhtaram o'quvchi! Hudo shohid, ushbu so'zlarni Sayyora Malikovadan qanday eshitgan bo'lsam shundayligicha so'zma-so'z yozayapman. Hozir yig'idan boshqa, to'g'ri so'z yozishdan boshqa hech narsa ko'nglimga sig'maydi. Bu so'zlar mening bo'ynimdagi qarz so'zlar edi. Muhtaram Prezidentimiz tirikliklarida bu so'zlarni yozishim kerak edi. Ammo istihola qilganman. Kelinglar, tirikligimizda bir-birimizdan mehrimizni ayamaylik, muhabbatimizni izhor qilishdan tortinmaylik).

Birinchi qism

Ikkinchi qism

Uchinchi qism

Shoir Muhammad Ismoil.

Manba: diydoraziz.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн