Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov tutgan kundalik (3-qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 418           Дата: 6-09-2016, 22:51          
Islom Karimov tutgan kundalik (3-qism)

O'zbekiston halq shoiri Usmon Azim dilbar va dilkash inson. Hazil mutoyibaga usta bo'lish bilan birga, jiddiy va siyosiy mavzularda ham yuksak saviyada fikrlaydi. Usmon aka Islom Karimov haqida gapirib bergan voqea hech qachon hayolimdan ketmaydi:

“U paytlarda Prezident Devonining yoshlar masalalari bo'yicha Davlat maslahatchisi lavozimida ishlardim. Bir kuni Islom aka huzurlariga chaqirib qoldilar. Honalariga asta kirib bordim. – Kel, – dedilar. Ko'rsatilgan stulga o'tirdim. – Choy ichasanmi? –dedilar. Nima deb javob berishni bilmay dovdirab qoldim. Ammo ovozlaridagi mehribonlikni payqab dadillandim va – Kim ham Prezidentning qo'lidan choy ichgisi kelmaydi, — dedim. Prezident yumshoq tabassum bilan choy uzatdilar. Choyni olayotib, qo'llari biroz qaltirayotganligini sezdim va nega bunday bo'layotganligini o'ylay boshladim. Islom akaning shunday hislati bor edi-ki, qarshisidagi odam nimani o'ylayotganini bilib turardi. Shuning uchun uncha-muncha odam u kishining qarashlariga dosh berolmasdi.

Prezident yoshlar masalasi bo'yicha topshiriqlar bergach, gap orasida to'htab, — Usmon, men Hudoga nima yomonlik qildim, – dedilar. Shu zahoti, “ Islom aka, siz Hudoga hech qanday yomonlik qilganingiz yo'q, Hudo sizni yahshi ko'radi. Agar yahshi ko'rmasa sizni Prezident qilib saylarmidi, Hudo sizga mehribon, siz Hudoning sevgan bandasisiz, Hudo sizni hamisha o'z panohida asrab kelgan, bundan keyin ham asrasin, siz Hudoning Yerdagi soyasisiz,” degan fikrlar boshimda g'ujg'on aylana boshladi. Ammo, ovoz chiqarib bu so'zlarni aytaolmasdim. Prezidentning so'zini bo'lishga hech kimning haddi sig'masdi. – Qara, qo'lim qaltirayapti. Bilasanmi, bu nimadan nishona! Bu degani erta-indin shu yaqin atrofda zilzila bo'ladi, degani. Qaysi gunohim uchun Hudo halqimni boshiga bu ofatni yuborayapti. Ayt, nima qilishim kerak. Bu ofatni qanday to'htatish mumkin. Qancha yalinib yolvoray!? Ayt, hammasini bajarishga tayyorman. Mana shu halq, mening aziz halqim sog'-salomat yashasa bo'ldi. Agar shu halqning omonligi uchun jonim kerak bo'lsa, jonimni berishga tayyorman, faqat shu halq tinchlikda, farovonlikda hayot kechirsa bo'ldi. Ikki kundan buyon kechalari uhlamay yurtimizni, jonajon Vatanimizni omonlikda hayot kechirishini so'rab, Hudoga yolvorib chiqayapman. Zora, iltijolarim qabul bo'lsa! Qo'limdagi qaltiroq ancha kamaydi, ammo to'htagani yo'q”, – dedilar.

Men, Prezidentga javob berishga holim yo'q, badanimdan suv-suv ter oqar, ilohiy qudratli kuchning qarshisida turganday ojiz edim. O'sha kuni honadan behol chiqib ketdim va Hudo bekorga bu odamni podsho qilib saylamaganiga yaqqol iqror bo'ldim. Islom Karimovda, haqiqatdan ham biz oddiy fuqarolarda bo'lmagan ilohiy kuch, ilohiy qudrat bor edi. Hudo bergan mana shunday ilohiy salohiyat, ilohiy tanlov bo'lmas ekan, podsho bo'laman, deb yugurish befoyda. Prezidentni odamlar saylamaydi, avvalo Hudo saylaydi, odamlar Hudo saylaganni saylaydi.

Ikki kundan keyin Islom Karimov aytgan voqea ro'y berdi. Angren yaqinidagi Jigariston qishlog'i o'pirilish ostida qoldi, bu ofatga katta talafotlarsiz barham berildi. Aslida, bundan ham dahshatlirog'i ro'y berishi mumkin edi!”

Usmon aka shunday deya hikoyalarini tugatgan edilar.

(Islom ota! Joyingiz jannatda bo'lsin ! Biz sizdan rozimiz, Siz ham bizdan rozi bo'ling! Omiyn!)

Birinchi qism

Ikkinchi qism

To'rtinchi qism

Shoir Muhammad Ismoil.

Manba: diydoraziz.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031