Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov tutgan kundalik (2 qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 380           Дата: 6-09-2016, 22:47          
Islom Karimov tutgan kundalik (2 qism)

— Islom Karimov, bolalarcha sodda, bolalarcha beg'ubor inson edi. Bolalarcha orzu qilardi, mo'`jizalarga bolalarcha ishonardi, bolalarcha kelajakka intilardi, — deydi Samarqand shahridagi, Prezident o'qigan 21-maktabning keksa o'qituvchisi Mustahkam Ostanaqulova. Bizning maktabdan Islom Karimovning oyog'i hech qachon uzilmagan. Agar Islom Karimov bolaligini sog'inmaganda, o'quvchilik yillarini eslamaganda, bolalikdan qolgan shirin hotiralarni qo'msamaganda, bizning maktabga tez-tez kelmas, bolalar bilan bolalarcha suhbatlashmasdi. Islom Karimov bolaligida uchuvchi bo'lishni orzu qilardi.

Tasavvur qiling-a, qirq to'qqizinchi, elliginchi yillarda Islom Karimov uchuvchi bo'lishni orzu qilgan va maktabdagi aviamodelchilar to'garagining faol a`zosi bo'lgan. To'garak rahbari Ivan AlekseYevich Kolenichenko bizga bir qiziq voqeani gapirib bergandi: "Kechki payt edi. Maktabda qorovuldan boshqa hech kim yo'q, bizning sinf chirog'idan o'zga chiroqlar o'chirilgandi. Uch-to'rt o'quvchi bilan samolyotlarning yangi modelini yasab o'tirgandik. Bir payt eshik taqillab qoldi.

O'quvchilarning ota-onalaridan bo'lsa kerak, deya joyimda turgan holatda: “Kiravering, eshik ochiq”, – dedim, va ishimni davom ettiraverdim. Biz bolalar bilan ishga berilib ketgan edik. Bir payt ortga o'girilib qarasam, tepamda Islom Abdug'aniYevich turibdi. U paytda Qashqadaryo viloyatining obkom sekretari edi. Quchoqlashib ko'rishdik. Islom Karimov bolalik paytlarida aviamodelchilar to'garagida kechki o'n, o'n birgacha qolib ketar edi. Shuning uchun ham u keyinchalik Politehnika institutiga o'qishga kirdi, Aviatsiya zavodida ishladi. Hullas o'sha kuni tun yarmigacha suhbatlashib o'tirdik.

Islom Karimov tutgan kundalik (2 qism)

Islom Karimov to'garak hali ham ishlayaptimi, izdoshlarimiz bormi, bolalar samolyotlar yasayaptimi, samolyotsozlikni o'rganayaptimi, degan havotirda ekan. Bizni ko'rib quvonib ketibdi. O'shanda u hammaga sovg'a-salom ulashdi. O'quvchilarga faqat “A`lo” baholarga o'qishni tayinladi. Bu kutilmagan uchrashuvdan boshim osmonga Yetdi".

— Islom Karimov yasagan aviamodellar maktabimizda hali ham turibdi. Buyuk insonlar buyuk bolalar tufayli dunyoga kelishini unutmaylik,– deya so'zini yakunladi Mustahkam Ostanaqulova.

Birinchi qism

Uchinchi qism

To'rtinchi qism

Shoir Muhammad Ismoil.

Manba: diydoraziz.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн