Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qashqadaryo viloyatida prezidentni hotirlab motam tadbirlari o'tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 181           Дата: 5-09-2016, 19:54          
Qashqadaryo viloyatida prezidentni hotirlab motam tadbirlari o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida motam tadbirlari o'tkazilmoqda.

Erta tongdan korhona, tashkilot va muassasalar vakillari, yoshlar, umuman, o'n minglab qashqadaryoliklar Qarshi shahridagi “El-yurt tayanchi” monumentiga kelib, maydonda o'rnatilgan Yurtboshimiz portreti poyiga gullar qo'ymoqda.

Istiqlol yillarida Qashqadaryo viloyatida ham keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariamalga oshirildi. Viloyat shahar va qishloqlari zamonaviy qiyofa kasb etib, ishlab chiqarish korhonalari, ilm-fan, madaniyat, san`at va sport koshonalari barpo etildi, aholi farovonligi yuksaldi.

Keyingi yillarda yoqilg'i-energetika sanoatida salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, “Muborakneftgaz”, “Sho'rtanneftgaz”, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” korhonalarida yangi quvvatlar barpo etildi. “Sho'rtangazkimyo” majmuasi, Tallimarjon IES kabi yirik korhonalar ishga tushirildi. “Hisorneftgaz”, “Ko'kdumaloqgaz” kabi yirik qo'shma korhonalar tashkil etildi. 2010 yilda ishga tushirilgan Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bugun horijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Qarshi va Shahrisabz shaharlarini tubdan qayta qurish bo'yicha keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 25 iyuldagi “Qarshi shahrini kelajakda qayta qurish rejasi va zamonaviy yo'l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturi to'g'risida”gi qaroriga asosan Qarshi shahrining hududi 9 ming gektardan 17 ming gektarga kengaytirilmoqda. Ayni paytda shaharning O'zbekiston, Mustaqillik, Amir Temur, Alisher Navoiy, Nasaf, Honobod ko'chalarini kengaytirish, atrofini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, tashqi yoritish uskunalari va favvoralar o'rnatish bo'yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Qashqadaryo daryosi qirg'og'ini obodonlashtirish va zamonaviy aholi dam olish maskanlari tashkil etish bo'yicha ishlar yakuniga Yetkazildi. Hususan, daryo suvi 3 sun`iy to'g'on yordamida ko'tarilib, uning to'lib oqishi ta`minlandi. Bu inshootlar suvni to'plash barobarida fil'trlash vazifasini ham bajaradi.

Qashqadaryo ahli bu ishlarning barchasini Islom Karimov nomi bilan bog'laydi. Davlatimiz rahbarining so'nggi safari ham Qashqadaryo viloyatiga bo'lgan edi. Qashqadaryo halqi Islom Karimovning butun mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda amalga oshirgan buyuk ishlarini, og'ir damlarda viloyat ahliga ko'rsatgan g'amho'rliklarini aslo unutmaydi.

– Buyuk Yo'lboshchimiz, Vatanimiz mustaqilligining asoschisi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qalbimizda abadiy yashaydi, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Eson Rajabov. – U kishi viloyatda ish boshlagan kezlarda ahvol o'ta og'ir va murakkab edi. Barcha sohalarda ish orqaga ketgan, halq nochor ahvolga tushib qolgandi. Ana shunday og'ir sharoitda u kishi ishni aholi turmushini yahshilashdan boshladi. Hududda tomorqachilikni rivojlantirdi. Dehqonchilik qilish uchun aholiga Yer uchastkalari ajratdi. Inson manfaati, odamlarning turmush darajasini yahshilash, farzandlarimiz uchun hech kimdan kam bo'lmagan sharoitlar yaratishga doimiy ravishda ustuvor ahamiyat qaratdi. Odamlar ishonchini, mehrini qozongan Islom Karimov butun elimiz qalbida, kelajak avlodlar yodida mangu yashaydi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031