Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent avtomobil' yo'llari instituti qayta tashkil qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 94           Дата: 5-09-2016, 13:25          
Toshkent avtomobil' yo'llari instituti qayta tashkil qilindi

Avtomobil' yo'llari qurilishi sohasida yuqori malakali mutahassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida O'zbekiston milliy avtomagistralini, umumrespublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil' yo'llarini istiqbolda rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish talablari hamda vazifalarini hisobga olgan holda respublikaning loyiha, qurilish va yo'ldan foydalanish tashkilotlarining yuqori malakali muhandis kadrlarga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini ta`minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 avgustdagi PP–2580 sonli qarori e`lon qilindi. Unga ko'ra, Toshkent avtomobil' yo'llari institutini Toshkent avtomobil' yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti etib qayta tashkil qilindi.

Quyidagilar Toshkent avtomobil' yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutining asosiy vazifalari etib belgilandi:

avtomobil' yo'llari hamda boshqa muhandislik yo'l inshootlarini loyihalashtirish va qurish, qurilishda yangi materiallar va tehnologiyalarni tatbiq etish, konstruktsiyalar mustahkamligini va energiya samaradorligini oshirish, materiallar hajmini kamaytirish bilan bog'liq bo'lgan, shuningdek, Yer usti transport tizimlari logistikasi, ularni tashkil etish hamda ulardan foydalanish borasidagi yo'nalishlar bo'yicha ilg'or jahon tajribasi va tehnologiyalarini chuqur o'rganish;
mahalliy materiallardan keng foydalanish, yo'l qurilishi hamda yo'l-qurilish tehnikasi va transport tizimlaridan foydalanishning zamonaviy tehnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda, avtomobil' yo'llari, tonnellar, ko'priklar va yo'l o'tkazgichlar puhta ishlashini ta`minlashga yo'naltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borishga, tematik ishlarni bajarishga talabalar va professor-o'qituvchilarni keng jalb qilish;
qo'shma ta`lim dasturlari, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy ta`lim dasturlarini tatbiq etish va ilmiy-ta`lim jarayoniga horijiy mutahassislarni jalb qilish maqsadida chet ellardagi Yetakchi turdosh (ihtisoslashgan) oliy ta`lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Shuningdek Yetakchi ta`lim va ilmiy markazlar, tashkilotlar va korhonalarning, shu jumladan horijiy mamlakatlarning eng tajribali, yuqori malakali mutahassislarini o'quv jarayoniga shartnoma asosida jalb etilishi ta`kidlangan.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MirziyoYev zimmasiga yuklatildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн