Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston va Qirg'iziston hukumatlari rahbarlari chegaradagi vaziyatni muhokama qilishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 268           Дата: 5-09-2016, 16:38          
O'zbekiston va Qirg'iziston hukumatlari rahbarlari chegaradagi vaziyatni muhokama qilishdi

Qirg'iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov O'zbekiston bosh vaziri Shavkat MirziyoYev bilan Samarqandda uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Qirg'iziston hukumati matbuot hizmati habar bergan.

"Uchrashuv 3 sentyabr' kuni Qirg'iziston bosh vazirining O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning dafn marosimiga tashrifi doirasida bo'lib o'tdi", deyilgan habarda.

Sooronbay Jeenbekov Qirg'iziston prezidenti Almazbek AtambaYev nomidan ta`ziya bildirgan. U O'zbekistonning birinchi prezidentining mamlakatning mustaqillikka erishishi, halqaro mavqeinining mustahkamlanishi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutganini e`tirof etgan.

O'z navbatida Shavkat MirziyoYev Qirg'iziston hukumati rahbariga og'ir kunda qo'llab-quvvatlab turgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Uchrashuv chog'ida hukumat rahbarlari savdo-iqtisodiy, qishloq ho'jalik sohasi, transport infratuzilmasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, uchrashuvda chegara hududidagi vaziyatga alohida e`tibor qaratilgan.

22 avgust kuni O'zbekiston hududiga noqonuniy o'tgan qirg'izistonliklar qo'lga olingandi.

Namangan viloyati IIB hodimlari 22 avgust kuni viloyatning Chortoq tumanida joylashgan Ungor-Tepa tepaligida pasport rejimi tekshiruvini o'tkazgan. Tekshiruv jarayonida O'zbekiston hududida noqonuniy ravishda bo'lgan Qirg'iziston fuqarolari, Qirg'iziston radio-tele stantsiyasi hodimlari A.Urmanov, J.Tashmatov, U.YeraliYev va N.UsupbaYev qo'lga olingan. Qonunbuzarlar mahalliy militsiya bo'limiga olib kelingan, ularga nisbatan O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq chora ko'rilgan.

IIV tomonidan ta`kidlanishicha, ilgari erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarga qaramasdan, Qirg'iziston huquq tartibot organlari besh oydan ortiq vaqt davomida Namangan viloyati Kosonsoy tumani O'rta-To'qay aholi maskaniga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, yonilg'i-moylash materiallari va boshqa zarur mahsulotlarni o'tkazmasdan maskan aholisini qamalda ushlab turgan.

Bundan tashqari, Kosonsoy suv omborini qo'riqlash bo'yicha o'z hizmat vazifasini bajarayotgan Kosonsoy tuman ichki ishlar bo'limi hodimi Qirg'iziston kuch tizimlari tomonidan noqonuniy qo'lga olingan va ushbu mamlakat hududida o'n kundan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн