Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston bo'ylab motam marosimlari o'tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 198           Дата: 4-09-2016, 11:17          
O'zbekiston bo'ylab motam marosimlari o'tkazilmoqda

O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakatning barcha hududlarida motam marosimlari o'tkazilmoqda.

Jumladan, Nukus shahar Yoshlar markazida motam marosimi bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi, Nukus shahar hokimligi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi. Bunday tadbirlar Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Surhondaryo viloyatida ham motam marosimlari o'tkazilmoqda.

Termiz shahar Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar Prezident hotirasiga ta`zim bajo keltirdi.

«Halqimiz og'ir judolikka uchradi, — dedi termizlik mehnat fahriysi Robiya Tilakova. — Vatanni sevish, insonni, farzandlarini ulug'lashni dunyoga keng namoyon etgan halqparvar Yurtboshimizdan ayrilib koldik. Mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari samarasidan yoshu keksa birdek bahramand bo'lmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida qad rostlagan zamonaviy ta`lim muassasalari, sport inshootlari navqiron avlodning bahtu kamoliga hizmat qilayotir. Milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanib, buyuk ajdodlarimiz mangu qo'nim topgan muqaddas qadamjolarni avaylab-asrashdek ezgu ishlar ro'yobi ham Islom Karimov hizmatlari samarasidir. Halqimiz Prezidentimizning yorqin hotirasini hech qachon unutmaydi».

Bundan tashqari, Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida motam tadbirlari o'tkazilmoqda.

Erta tongdan korhona, tashkilot va ta`lim muassasalari vakillari, yoshlar, umuman, minglab andijonliklar Andijon shahridagi Bobur nomidagi maydonga kelib, Prezident portreti poyiga gulchambarlar qo'ydi. Andijon viloyati hokimligida Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan «Hotira honasi» tashkil etildi. Bu Yerda mustaqillik yillarida Prezident rahnamoligida erishilgan ulkan yutuq va marralarini aks ettiruvchi fotosuratlar, davlat rahbarining kitoblari o'rin olgan. Ulkan ekran orqali Prezident Islom Karimovning Andijon viloyatiga tashriflari va andijonliklar bilan samimiy suhbatlari tasvirlangan videolavhalar namoyish etildi.

Viloyat markazidagi Bobur nomidagi maydonda, tuman va shaharlar markazlarida o'tkazilgan motam marosimlarida o'n minglab fuqarolar O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hotirasiga ehtirom ko'rsatdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн