Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash jarayoni

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 329           Дата: 5-09-2016, 14:07          
O'zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash jarayoni

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta`minlaydi.

Asosiy Qonunning 90-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o'ttiz besh yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yahshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shahs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bo'lishi mumkin emas.

91-moddada qayd etilganidek, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O'zbekiston Respublikasining Saylov qonuni bilan belgilanadi va unga muvofiq o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to'g'risida"gi qonuniga muvofiq, mamlakat prezidenti saylovlarida O'zbekistonning 18 yoshga to'lgan fuqarosi ishtirok eta oladi.

Prezident saylovida sud tomonidan layoqatsiz deb topilgan hamda sud hukmi bo'yicha ozodlikdan mahrum etilgan shahslar ovoz berish jarayonda ishtirok eta olmaydi.

Saylovlarni o'tkazishni O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi, uning okrug va uchastka saylov komissiyalari ta`minlaydi.

Saylov okruglari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida tashkil etiladi.

Davlat rahbari nomzodligiga siyosiy partiyalar o'z nomzodlarini ilgari sura olishadi. Bunda, O'zbekiston adliya vazirligi tomonidan saylov kampaniyasi boshlanishidan kamida 6 oy muqaddam ro'yhatga olingan siyosiy partiyalargina o'z nomzodlarini ilgari surish huquqiga ega.

Nomzodlarni ilgari surish saylov kuniga 65 kun qolganda boshlanib, ovoz berish jarayoniga 45 kun qolganida to'htatiladi.

Siyosiy partiyalarning oliy rahbarlik organlari nomzodlarni tasdiqlab, un ilgari surishadi. Har bir partiyadan birgina nomzod ilgari surilishi mumkin. Shu bilan birga, siyosiy partiya o'z a`zosi yoki partiyasiz nomzodni ilgari sura oladi.

Siyosiy partiya rahbari Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilib, o'z nomzodini O'zbekiston respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida ro'yhatga olishni so'raydi.
Unga ilova qilingan hujjatlar orasida, nomzodni jami saylovchilarning 1 foizi miqdorida qo'llab-quvvatlaganlarning imzosi to'plangan hujjatlar ham havola qilinadi. Imzolar turli hil 8 ta ma`muriy-hududiy tuzilmalardan to'plangan bo'lishi darkor.

Nomzodlarni ro'yhatga olish jarayoni saylovlarga 35 kun qolganida to'htatiladi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenining matni va ko'rinishini tasdiqlaydi.

Unga, alfavit tartibida prezidentlikka nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan yili, lavozimi(kasbi) va ish joyi haqida ma`lumot kiritiladi. Ovoz berish jarayoni ertalab soat 6:00 dan kechki soat 20:00gacha davom etadi.

Har bir saylovchi shahsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yo'l qo'yilmaydi.

Saylov kuni o'zi yashab turgan joyda bo'lmaydigan saylovchi uchastka uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini olib, o'z nomzodiga ovoz berishi, uni mahsus konvertga solib uchastka komissiyasida qoldira oladi.

Alohida hollarda, saylovchi sog'lig'i va yoki boshqa sabablar tufayli ovoz berishga bevosita bora olmasa, uning iltimosi bilan, saylov komissiyasi kamida ikki nafar vakilini yuborib, saylovchining turarjoyida ularning ovoz berishini tashkil etishi mumkin.

Ovoz berish byulletenlari yashirin ovoz berish uchun mo'ljallangan mahsus kabina yoki honada to'ldiriladi. Mustaqil ravishda byulletenni to'ldira olmaydigan saylovchi, o'z hohishiga ko'ra, saylov komissiyasi a`zosidan boshqa shahsni chaqirishi mumkin.

Saylovchi ovoz berish byulletenidagi nomzodlardan o'zi tanlagan nomzod ismi-sharifi to'g'risidagi kvadrat shakldagi katakka qo'shuv ishorasini qo'yadi. Shundan so'ng, to'ldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.

Saylov uchastkasidagi ovozlarni sanash saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ularning protokli asosida Okrug saylov komissiyasi protokoli tuziladi va Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.

Markaziy saylov komissiyasi o'ziga keltirilgan protokollar asosida: respublika bo'yicha ovoz berish byulletenlari olgan saylovchilarning umumiy sonini, saylovda ishtirok etganlar, har bir nomzodga berilgan ovozlar sonini hamda bekor qilingan byulletenlar sonini aniqlaydi.

Agar, prezidentlik saylovida ikki nafar nomzod ishtirok etayotgan bo'lsa, eng ko'p ovoz olgani davlat rahbari sifatida saylangan hisoblanadi.

Prezident saylovlarida ikki nafardan ortiq nomzod ishtirok etgani holda, ularning hech biri ovoz berish jarayonida ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko'p ovozini to'play olmasa, takroriy saylov o'tkaziladi. Bunda, eng ko'p ovoz to'plagan ikki nomzod qatnashadi.

Mabodo, prezidentlik saylovida turli sabablarga ko'ra, birgina nomzod ishtirok etib qolsa, saylovchilarning yarmidan ko'pini ishonchiga sazovor bo'lgan taqdirda, u saylangan hisoblanadi.

Agar ovoz berish jarayonida umumiy saylovchilarning 33 foizdan kami qatnashsa, saylov amalga oshmagan deb hisoblanadi.

Takroriy ovoz berish jarayonida, unda ishtirok etgan saylovchilarning eng ko'p ovozini to'plagan nomzod davlat rahbari sifatida saylanadi. Ikkinchi ovoz berish jarayonida saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi.

Prezident saylovlari amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb tan olinsa, yohud saylovda birgina nomzod ishtirok etganiga qaramay, u Yetarli ovoz to'play olmasa, saylovlar qaytadan tashkil etiladi.

Takroriy prezidentlik saylovlari asosiy saylovdan keyin 40 kun ichida o'tkaziladi.

O'zbekiston Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ovoz berish natijalari e`lon qilinganidan so'ng, ikki oydan kechiktirilmasdan Oliy Majlis yig'ilishida tantanali qasamyod qabul qilgach, lavozimiga kirishadi.

O'zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o'z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonunga to'liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o'tkaziladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн