Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Zulhijjaning birinchi o'n kunligi fazilati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 144           Дата: 3-09-2016, 01:34          
Zulhijjaning birinchi o'n kunligi fazilati

Alloh taolo Fajr surasining ilk oyatlarini “Tongga qasam! Va O'n kechaga qasam!” – deya ulug'vorlikka dalolat qiluvchi mavhum (nakra) siyg'a bilan nihoyatda qadri baland bo'lgan o'n kechaga qasamyod qilish bilan boshlagan. Mazkur o'n kechaning qaysi kechalar ekanligi haqida mufassirlar ikki hil fikr bildirganlar. Birinchisi, ramazon oyining ohirgi o'n kechasi bo'lsa, ikkinchi qavlga ko'ra, bu kechalardan murod zulhijja oyining avvalgi o'n kechasidir. Bu o'rinda kecha deyilar ekan faqat tunlar emas, balki, kunduz kunlar ham tushuniladi.

Bu kunlarda ulug' ibodatlar amalga oshiriladi. Haj ibodatining o'zagi bo'lgan Arafada vuquf qilish ham aynan mana shu kunlarning ichidadirki, u kunda Alloh taolo bandalari uchun shaytonni g'amga botiradigan darajada behisob rahmat va mag'firatlarini in`om qiladi. Shayton alayhilla`na Arafa kunida ko'rayotgan narsalaridan, hususan maloikalar va Allohning rahmatlari mo'minlar ustiga yog'ilishidan qattiq g'amga botadi. U hech qaysi kunda u kundagidek haqir va mag'lub bo'lib ko'rinmaydi.

Mazkur o'n kun mobaynida haj va umra amallari ado etiladi. Shu boisdan ham, bu kunlar alohida qasam bilan tilga olinishga loyiq bo'lgan. Bir qator hadisi shariflarda zulhijjaning o'n kuni fazilati bayon qilingan. Jumladan Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi: “Solih amal ushbu o'n kun, ya`ni zulhijjaning avvalgi o'n kunidagidan ham ko'ra Allohga mahbubroq bo'lgan biron-bir kun yo'q” (Imom Buhoriy rivoyati, 969-hadis).

Ushbu hadisi sharif o'z mazmuniga ko'ra zulhijja oyining avvalgi o'n kunligida solih amallar va nafl ibodatlar qilish nihoyatda fazilatli ekanligiga dalolat qiladi. Nafl ro'za ham albatta solih amallar sirasiga kiradi, balki, u solih amallarning muqaddimasida turadi. Shu bois ham ulamolar mazkur kunlarda boshqa nafl ibodatlar bilan bir qatorda ro'za tutishni ham mustahab amallardan hisoblaganlar.

Hunayda ibn Holid o'z ayolidan, uning ayoli esa payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjalaridan rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zulhijja oyining avvalgi to'qqiz kunida, Oshuro kunida va har oydan uch kunda – oyning avvalgi dushanbasi bilan ikki payshanbasida – ro'za tutardilar” (Imom Ahmad, 21829-hadis va Abu Dovud rivoyatlari, 2437-hadis).

Garchi birinchi hadisning zohiridan zulhijja oyining o'n kunida ro'za tutishlik tushunilsa ham, aslida to'qqiz kun ro'za tutiladi. Chunki, o'ninchi kuni hayit bo'lib, ro'za tutishlik harom bo'ladi. Bunga ikkinchi hadisning mazmuni hamda Abu Said al-Hudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadis ham dalolat qiladi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni (ya`ni Iydul-Fitr) va Nahr kuni (ya`ni Qurbonlik qilinadigan kun – Iydul-Azho kuni) ro'za tutishdan qaytardilar» (Imom Buhoriy rivoyati, 1992-hadis; Imom Muslim rivoyati, 827-hadis).

Shu bois, ulamolar bayram kuni ro'za tutishning joiz emasligiga ittifoq qilganlar. «O'n kun» deb tilga olinishining sababi esa odatda katta narsani tilga olish bilan nisbatan kichikroq narsani ham nazarda tutish yoki yahlitlab aytish qoidasiga binoandir. Bu o'n kunlarning asosi, mehvari, borib taqaladigan joyi va hotimasi Iyd kuni bo'lganligidan u kunlar Iyd kuni bilan qo'shib zikr qilingan.

Demak, hajda bo'lmaganlarga zulhijjaning avvalgi to'qqiz kunida ro'za tutish mustahab. Hanafiy mazhabiga ko'ra arafa kuni ro'za tutish haj qilayotgan insonga qiyinchilik tug'dirmasa, mustahab. Bordiyu, u kundagi ro'za uni mashaqqatga soladigan bo'lsa, arafa kunida ro'za tutish uning haqida makruh bo'ladi.

Mazkur o'n kundan hisoblanuvchi Arafa kunining ro'zasi esa alohida fazilatga ega. Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, dedilar: “Arafa kunining ro'zasi o'zidan avvalgi bir yil va o'zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo'lishini Allohdan umid qilaman”(Imom Muslim va boshqalar rivoyati).

Demak, zulhijjaning ilk o'n kunligida umuman nafl ro'za, qo'shimcha ibodatlar, Allohning zikri, Qur`on tilovati, hayru sahovat kabi ezguliklarni ko'p va ho'p bajarish mustahab bo'lsa, Arafa kunida bu amallar yanada kuchliroq fazilat kasb etadi.

Ulamolar “fazilatda qay biri kuchli: zulhijjaning avvalgi o'n kunimi yoki Ramazonning ohirgi o'n kunligimi?”, degan savolga: “zulhijjaning o'n kuni kunduz kun e`tibori bilan afzal, ramazonning ohirgi o'n kunligi esa kechalar e`tibori bilan afzal, zero unda qadr tuni bor”, deya javob berganlar.

Odilhon qori Yunushon o'g'li

Shayh Zayniddin” jome` masjidi imom-hatibi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031