Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Islom Karimov nomiga horijiy davlatlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 305           Дата: 31-08-2016, 08:08          
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Islom Karimov nomiga horijiy davlatlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda

O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O'zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov nomiga horijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli halqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O'zbekiston Milliy ahborot agentligi ma`lum qilgan.

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Barak Obamaning tabrigida shunday deyiladi: «1 sentyabrda nishonlanadigan O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Amerika Qo'shma Shtatlari halqi nomidan Sizga va O'zbekiston halqiga qizg'in tabriklarimni yo'llayman. Mamlakatingiz bu tarihiy sanani bayram qilayotgan shu kunlarda biz O'zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yahlitligini doimo qo'llab-quvvatlashimizni yana bir bor ta`kidlaymiz. Amerika Qo'shma Shtatlari 1991 yilning 25 dekabrida birinchilardan bo'lib O'zbekiston mustaqilligini tan olgan paytdan boshlab mamlakatlarimiz o'rtasida mustahkam sheriklik munosabatlari o'rnatilgan. Mamlakatlarimizning yanada havfsiz, farovon va demokratik kelajak yo'lidagi hamkorligi uzoq yillar davom etishiga ishonaman.
Amerika Qo'shma Shtatlari halqi Sizni mustaqil O'zbekiston tarihidagi ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi».

«Prezident Janobi Oliylari!

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Hitoy halqi va shahsan o'zim nomimdan Siz va do'st O'zbekiston halqiga samimiy tabriklarim va qizg'in tilaklarimni izhor etaman.

Mustaqillikning 25 yili davomida janob Prezident rahnamoligida O'zbekistonda siyosiy barqarorlik va jadal iqtisodiy taraqqiyot saqlanib, mamlakatning halqaro nufuzi salmoqli darajada yuksaldi, davlat qurilishi sohasida yorqin muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, janob Prezident tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o'zbek modeli» mamlakatdagi real voqeliklarga mos keladi va ulkan hayotiy kuchga egadir.

So'nggi yillarda Hitoy – O'zbekiston munosabatlarida yahshi rivojlanish tendentsiyalari saqlanib turibdi va yangi strategik darajaga erishildi. Hitoy va O'zbekiston aloqalari rivojlanib borayotgani va o'rtamizdagi samimiy do'stlikni yuksak qadrlayman. Hitoy – O'zbekiston munosabatlarida yuksak samaralarga erishish va halqlarimiz farovonligi yo'lida keng ko'lamli strategik sheriklikni izchil rivojlantirish uchun Siz bilan doimo barcha sa`y-harakatlarni qilishga tayyorman.

Mamlakatingizga ravnaq va yuksak salohiyat, halqingizga baht-saodat va farovonlik tilayman.

Prezident Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog'lik va ishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman», deyilgan Hitoy Halq Respublikasi raisi Si Tszin'pinning tabrigida.

Shuningdek, quyidagilar o'z tabriklarini yo'llashgan:

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Yoahim Gauk

Pol'sha Respublikasi Prezidenti – AndjYey Duda

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Halifa bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Abu-Dabi Valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari bosh qo'mondoni o'rinbosari – Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Jazoir Halq Demokratik Respublikasi Prezidenti – Abdulaziz Buteflika

Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom AliYev

Belarus' Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko

Ukraina Prezidenti – Pyotr Poroshenko

Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Muhammad Ashraf G'ani

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijroiya qo'mitasi raisi – Ijrochi kotibi – Sergey Lebedev

Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi – Tolib Rifai

Energetika hartiyasi bosh kotibi – Urban Rusnak

Amerika – O'zbekiston savdo palatasi raisi – Kerolin Lemm,

Amerika – O'zbekiston savdo palatasi prezidenti – Stiven Naderni

“MAKSAM” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori – Hose Fernando Sanches-Hunko

«Huavey Teknolodjiz Ko.Ltd» kompaniyasi prezidenti – Jen Chjenfey

“NEK Korporeyshn” kompaniyasi prezidenti – Nobuhiro Endo

Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida tashqi tehnik ko'mak bo'yicha tashkiloti raisi (OMeTA) – Ken`ichi Matsumoto

Germaniya – O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, “Doyche Kabel' AG Tashkent” qo'shma korhonasi investori – Fal'k Porshe

“Pikanol” kompaniyasi bosh ijrochi direktori – Lyuk Tak

“Turkiston – Amerika assotsiatsiyasi” raisi – Abdulla Ho'ja

AQSh va Kanada Buhoro yahudiylari kongressi prezidenti – Boris Kandov

G.V.Plehanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining rektori – Viktor Grishin

Markaziy Osiyo bo'yicha Kembrij forumi raisi – Siddhart Saksena

Konrad Adenauer nomidagi jamg'armaning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatli vakili – Tomas Kuntse

Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari – Yuriy Shterk

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031