Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida qariyalar va nogironlar uchun madaniy tadbir o‘tkazildi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 296           Дата: 4-12-2015, 14:44          

Joriy “Keksalarni e’zozlash yili”da Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni har yilgidan farqli o‘laroq mahalliy hokimiyatlar, idora va muassasalar, nodavlat jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarining faol ishtirokida keng ko‘lamda o‘tkazish, joylarda o‘tkaziladigan insonparvarlik (gumanitar) aksiyalarda nogironlarni imkon qadar kengroq qamrab olish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot xizmati

Vazirlik tizimidagi 33 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida 7,5 ming nafarga yaqin yolg‘iz keksa-qariyalar, nogironlar davlat tomonidan to‘liq ta’minotga olingan.

Har yili o‘rta hisobda muhtoj nogironlar 10 mingdan ortiq protez-ortopediya mahsulotlari, 3 mingga yaqin muhtojlarga nogironlar aravachasi, 1,3 mingdan ziyodiga eshitish moslamasi, 4 mingga yaqin hassa va qo‘ltiq tayoq bilan bepul ta’minlanmoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlis bayoniga binoan “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ijro uchun joylarga yetkazildi. Mazkur topshiriqqa binoan, “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 30-noyabridan 30-dekabriga qadar mexr-muruvvat oyligini o‘tkazish orqali keng nishonlash ko‘zda tutilgan.

Ushbu kunlarda nogironlar uchun madaniy tadbirlar tashkil etilib, bayram dasturxonlari tuzab, ularga homiy tashkilotlarning sovg‘alari yetkaziladi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot xizmati

Davlat Konservatoriyasi binosida o‘tkaziladigan tadbirga taklif qilingan nogironlarga, shuningdek, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida istiqomat qilayotgan qariyalar va nogironlar, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan nogironlar jamiyatlariga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamg‘armalari tomonidan turli xildagi sovg‘a-salomlar hadya etildi, har bir nogironga sovg‘a-salomlar ulashiladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031