Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Gullar shahri Namanganda 56- an`anaviy "Gul bayrami" yuqori kayfiyatda o'tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 274           Дата: 27-08-2016, 20:08          
Gullar shahri Namanganda 56- an`anaviy "Gul bayrami" yuqori kayfiyatda o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi hamda 2016 yil "Sog'lom ona va bola yili" ga bag'ishlab, joriy yilning 27-28-avgust kunlari vodiy gavhari bo'lgan go'zal Namangan shahrida 56- an`anaviy "Gul bayrami" bo'lib o'tmoqda. 1961-yildan buyon an`anaviy tarzda gul bayrami o'tkazilib kelinadi. Istiqlol yillarida ushbu bayramning mazmun-mohiyati yanada kengaydi. Bunga muhtaram yurtboshimizning Namanganni obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish hususidagi qarorlari asosiy omil bo'ldi. Bu yilgi 56-an`anaviy gul bayrami ham “Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!” degan Yezgu g'oya asosida, ko'tarinki tarzda o'tkazilmoqda. Bayram munosabati bilan "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli madaniyat va istirohat bog'ida erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Shundang so'ng, "Gul bilan yashasin olam"gullar ko'rgazmasi, "Doimo hizmatingizdamiz" savdo yarmarkasi, "Mehnat-mehnatning tagi rohat" mavzuyida hunarmandlar ko'rgazmasi, "Kimning guli chiroyli" gulchi va tomoshabin munozarasi kabi va boshqa turli hil ko'rik tanlovlar tashkil qilindi. Havaskor va usta gulchilar, ta`lim va tibbiyot muassasalari, korhona hamda tashkilotlar jamoalari tomonidan bayramona bezatildi.

Gullar shahri Namanganda 56- an`anaviy "Gul bayrami" yuqori kayfiyatda o'tkazilmoqda

Gullar shahri Namanganda 56- an`anaviy "Gul bayrami" yuqori kayfiyatda o'tkazilmoqda

Eng e`tiborli jihati shundaki, Namangan viloyatining barcha tumanlaridan tashrif buyurgan 25 nafar mohir oshpazlar tomonidan "Osh chempionati" o'tkazildi. Tayyor bo'lgan taomni qariyalarga, meribonlik uyida tarbiyalanuvchilariga, kam taminlangan oila farzandlariga ulashildi. Tanlovda g'olib bo'lgan oshpazlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmat baho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Qoleversa, viloyat hokimligi, "Mahalla" hayriya jamg'armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda 25 nafar bolaning hatna to'ylari ham o'tkazildi. Bayram dasturi davomida "Vatan yagonadir, vatan bittadir!" mavzuyida do'stlik va madaniyat festivali ham bo'lib o'tdi. Bundan tashqari "Aqlimizni charhlaymiz" shahmat musobaqasi, halq sayillari ham tashkil qilindi.

Ushbu bayram sayllariga nafaqat Namanganliklar, balki yurtimizning barcha viloyatlaridan mehmonlar tashrif buyurishgan. Barchaning kayfiyati a`lo darajada, bayram shukuhi davom Yetmoqda.

Humoyunmirzo ABDULLAYeV, Namangan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн