Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Afrosiyob Buhoroga qaytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 143           Дата: 27-08-2016, 19:12          
Afrosiyob Buhoroga qaytdi

Firdavsiyning «Shohnoma» dostonida Alp Er To'ng'a, ya`ni Afrosiyob va uning qahramonliklari haqida kuylanadi. Dostonda Buhoro arkini Afrosiyob bunyod etgani yoziladi. 25 avgust kuni Buhoroga Afrosiyob qaytdi. Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi arafasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poYezdining Toshkent – Buhoro yo'nalishi bo'yicha qatnovi yo'lga qo'yildi. PoYezdning dastlabki yo'lovchilari mehnat fahriylari, temiryo'lchilar, Buhoro, Samarqand, Navoiy viloyatlari faollari va yoshlar vakillari bo'ldi.

Soat 8.00da Toshkent shahridan yo'lga chiqqan poYezd oradan 2 soat-u 8 daqiqa o'tib, Samarqand temir yo'l vokzaliga kirib bordi. Soat 10.30 da bir guruh samarqandlik va navoiylik faollar qo'shilgan “Afrosiyob” poYezdi ilk bor Buhoro tomon yo'lga tushdi. Samarqand, Navoiy viloyatlarining shahar va qishloqlari, bepoyon dalalaridan Yeldek uchib o'tgan poYezd soat 11.40da Buhoro temir yo'l vokzaliga Yetib keldi. Bu Yerda ilk poYezd va uning yo'lovchilari Buhoro viloyati faollari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi. Shundan so'ng “Afrosiyob” poYezdi qatnovining yo'lga qo'yilishiga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi. Tadbirda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poYezdlar qatnovini Urganchga qadar yo'lga qo'yish rejasi haqida aytildi. Yaqin kelajakda bir vaqtning o'zida 300 nafar yo'lovchiga hizmat ko'rsata oladigan yana ikkita shu rusumdagi poYezd olib kelinishi ta`kidlandi. Mazkur yo'nalishda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poYezd qatnovi yo'lga qo'yilishi bilan yurtimizda bunday poYezdlar harakatlanadigan temir yo'llar uzunligi 700 kilometrdan oshdi. Istiqlolimizning 20 yilligi arafasida mintaqada ilk bor O'zbekistonda Toshkent–Samarqand yo'nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob” poYezdi qatnovi yo'lga qo'yilgan edi. Keyinchalik bu boradagi ishlar boshqa yo'nalishlarda ham davom ettirildi. 2015 yilda Maroqand – Qarshi temir yo'l liniyasini elektrlashtirish ishlari yakuniga Yetkazildi va “Afrosiyob” poYezdi Qarshi shahriga qatnay boshladi. “Afrosiyob” shu kunga qadar 1 milliondan ortiq yo'lovchining uzog'ini yaqin qildi.
Tadbir ishtirokchilari yangi vokzal binosi, bu Yerda yo'lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Viloyat markazidagi diqqatga sazovor joylarga, jumladan, Bahovuddin Naqshband majmuasiga sayohat uyushtirildi.

Shu kunning o'zida “Afrosiyob” poYezdi Buhorodan Toshkentga qaytdi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, “Afrosiyob” poYezdi harakatlanar ekan, yo'lning ikki chetida bolalar qatori kattalar ham qo'l siltab qolishdi. Yosh bolalarning sakrab raqsga tushayotganini ko'rib, “Afrosiyob”ga hech kimning befarq emasligiga amin bo'ldik.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq temir yo'l transportini izchil rivojlantirish orqali yagona milliy temir yo'l tizimini yaratishga alohida e`tibor qaratildi. Uzoq istiqbolga mo'ljallangan mahsus dasturlar, loyihalar asosida ushbu sohada keng ko'lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Buning samarasida o'tgan yigirma besh yilda yangi temir yo'l liniyalari barpo etilib, asosiy tranzit uchastkalar rekonstruktsiya qilindi va elektrlashtirildi. Yangi yo'nalishlar tashkil etilib, yangi yo'llar, vokzallar qurildi, mavjud temir yo'l vokzallari ta`mirlandi.

Navoiy–Uchquduq–Sulton Uvaystog' –Nukus temir yo'li mamlakatimiz shimolini markaz bilan, Amudaryo orqali o'tgan ko'prik esa Qoraqalpog'iston Respublikasi va Horazm viloyatini boshqa hududlar bilan bog'ladi. “Asr mo'`jizasi” deb nom olgan noyob inshoot – Toshguzar–Boysun–Qumqo'rg'on temir yo'l liniyasi janubiy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Qamchiq dovoni orqali o'tgan Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasi va undagi Qamchiq tunnelining ishga tushirilishi Farg'ona vodiysi viloyatlarini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan temir yo'l orqali bog'lash imkoniyatini yaratdi. Mazkur temir yo'l tarmog'i Hitoy–Markaziy Osiyo–Yevropa yangi halqaro tranzit temir yo'l koridorining eng muhim bo'g'ini bo'lib hizmat qiladi.
Bundan bir necha yillar avval bir shahardan ikkinchi shaharga tezroq borish uchun samolyotlardan foydalanilardi. Endilikda shaharlar, hatto mamlakatlarni o'zaro bog'lovchi tezyurar poYezdlar paydo bo'ldi.

Hitoy, Yaponiya va Yevropaning qator mamlakatlarida 300 kilometr masofani atigi bir soatda bosib o'tuvchi poYezdlar oddiy transport turiga aylanib bormoqda. Tezyurar poYezd deb, temir yo'llarda o'rtacha tezlikdan ko'proq harakat qiladigan poYezdlarga aytiladi. Tahlilchilar soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanuvchi poYezdlarni tezyurar deb, tezligi 200 kilometrdan oshadigan poYezdlarni yuqori tezlikdagi poYezdlar deb atashadi.

Zamonaviy yuqori tezlikdagi poYezdlar soatiga 350—400 kilometr tezlikda harakat qiladi. Ayni damda tezligi 560—580 kilometr tezlikda harakat qiluvchi poYezdlar sinovi o'tkazilmoqda.
Ilk bor yuqori tezlikdagi poYezdlar qatnovi 1964 yilda Yaponiyada Tsinkansen loyihasi bo'yicha yo'lga qo'yilgandi. 1981 yildan boshlab esa Frantsiyada ham yuqori tezlikdagi poYezdlar qatnay boshladi. Keyinchalik bu jarayon Yevropa g'arbidagi deyarli barcha mamlakatlarda kuzatila boshlandi.

HHI asr boshlarida yuqori tezlikdagi poYezdlar yo'llarining uzunligi va qatnovi bo'yicha Hitoy birinchilikka erishdi. Tezyurar poYezdlarga mo'ljallangan temir yo'llar bo'yicha Hitoy oldingi o'rinni egallab turibdi. 2012 yilgi holatga ko'ra Hitoy temir yo'llarining uzunligi 9 ming 300 kilometrni tashkil qiladi. Shundan 1995 kilometrida poYezdlar soatiga 350 kilometr tezlikda harakat qiladi. 2015 yilda temir yo'llarning uzunligi 18 ming kilometrga Yetishi rejalashtirilgan. Ayni damda bu mamlakatda yuqori tezlikda harakat qiladigan poYezdlarga e`tibor kuchaymoqda. Hitoyda yuqori tezlikda harakat qiluvchi poYezdlar uchun temir yo'llar qurish, asosan, Davlat banklari va davlatga tegishli moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladi.

Rossiyada yuqori tezlikdagi «Sapsan» poYezdlari oddiy yo'llarda 2009 yil so'ngida qatnay boshladi. Moskva-Sankt Peterburg o'rtasida yuqori tezlikdagi poYezdlar uchun mahsus temir yo'llarning qurilish loyihasi 2017 yilga borib yakunlanadi. 2018 yilda esa Moskva va Sankt-Peterburg o'rtasida tezligi soatiga 400 kilometrni tashkil qiladigan poYezdlar qatnovi yo'lga qo'yiladi. Shu tariqa yo'lovchilar o'z manzillariga 2,5 soat davomida Yetib boradilar.

Shuni ta`kidlash kerakki, hozircha tezyurar poYezdlar reaktiv samolyotlarning tezligiga Yeta olmadi. Tan olish kerak, bir shahardan ikkinchi shaharga Yetib borishda samolyotlar poYezdlarga qaraganda ancha qulaydir. Biroq aeroportlarning vokzallarga nisbatan shahardan uzoqdaligini esdan chiqarish kerak emas. Bu esa yo'lovchilarning shahardan aeroportga yoki aeroportdan shaharga borishlarida ancha vaqt va harajatlarni talab qiladi. Ko'plab shaharlarda aeroportga borish salkam bir soatni tashkil qilishi sir emas. Vokzallar esa shahar markazida joylashgan. Chiptalarni esa poYezd qo'zg'alishidan 15 daqiqa avval harid qilish mumkin. Bu esa poYezdlarning samolyotlardan afzalligini isbotlaydi. PoYezdlardan foydalanish, o'z navbatida, ichki yo'nalishda parvoz qiluvchi samolyotlar sonini kamaytirishi, bu samolyotlardan halqaro yo'nalishlarda foydalanish, nisbatan qimmat bo'lgan aviatsiya yoqilg'isini iqtisod qilish imkonini beradi.

Yaqinda Rossiya telekanallaridan birida tezyurar poYezdlarga bag'ishlangan mahsus ko'rsatuv bo'ldi. Unda bu kabi poYezdlar qatnovi atigi 17ta davlatda yo'lga qo'yilgani ta`kidlanadi. Bu davlatlar orasida “Nasaf”, «Sharq» va “Afrosiyob” tezyurar poYezdlari qatnovini yo'lga qo'ygan O'zbekistonning ham borligi ko'ngilimizni tog'dek ko'tardi. Bu ham bo'lsa bizning hech kimdan kam bo'lmaganimizni va kam bo'lmasligimizni yorqin isbotidir.

Sharofiddin To'laganov / Tnews.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031