Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Senati ichki ishlar organlari to'g'risidagi qonunni qabul qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 236           Дата: 26-08-2016, 19:49          
O'zbekiston Senati ichki ishlar organlari to'g'risidagi qonunni qabul qildi

2016 yil 24 avgust kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a`zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda senatorlar “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi qonunni qabul qilishdi.

Ushbu qonun davlat rahbarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida belgilab berilgan vazifalarni ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlangan va parlamentning quyi palatasiga kiritilgan hamda ichki ishlar organlarining maqomini, birinchi navbatda, qonun ustuvorligini, fuqarolar huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta`minlash bo'yicha ular faoliyatining shakllari hamda usullarini aniq belgilab berishga qaratilgan.

Qonunda ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, faoliyat yo'nalishlari va printsiplari mustahkamlab qo'yilmoqda. Ichki ishlar organlari zimmasiga fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini, jamoat tartibini va jamoat havfsizligini, yuridik hamda jismoniy shahslar mol-mulki himoyasini ta`minlash vazifalari yuklatilmoqda.

Ichki ishlar organlarining aniq vazifalarini, shu jumladan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik hamda jismoniy shahslarning mol-mulkini himoya qilish, jinoyatlarning, boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo'yish va ularni fosh qilish, jamoat joylarida fuqarolar havfsizligini ta`minlash bo'yicha ichki ishlar organlarining aniq vazifalarini belgilab qo'yish ularining jamiyat va davlat oldidagi javobgarligini oshiradi.

Qonunda ichki ishlar organlari hizmatiga qabul qilishga doir qo'yilgan asosiy talablarga, hizmat o'tash shartlariga alohida o'rin ajratilgan.

Qonun O'zbekiston Prezidenti imzolaganidan va ommaviy ahborot vositalarida e`lon qilingan kundan olti oy o'tgach kuchga kiradi.

Senator Oral Ataniyazovaning so'zlariga ko'ra, mazkur qonun hujjatida ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, ularning vakolat va majburiyatlari, ushbu muassasalarda hizmat qilish tartibi va shartlari, hodimlarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi aks etgan. Hususan, ichki ishlar hodimlarining o'qotar quroldan foydalanishlari ham qonun asosida tartibga solingan.

2015 yil dekabrida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov ichki ishlar organlari haqida qonunning mavjud emasligini ko'rsatib o'tgandi. Davlat rahbari huquq-tartibot va nazorat organlari ustidan qilingan shikoyatlarning har beshinchisi ichki ishlar organlari hodimlarining noqonuniy harakatlariga oidligini ta`kidlagandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн