Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Musaffo» aktsiyasining omadli sohibiga Chevrolet SPARK nasib etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 79           Дата: 26-08-2016, 16:27          
«Musaffo» aktsiyasining omadli sohibiga Chevrolet SPARK nasib etdi

14 avgust kuni poytahtimizdagi Alisher Navoiy nomli kinoteatrida “Musaffoni harid qil va Chevrolet SPARK yutib ol” aktsiyasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi. Unga ishtirokchilar bilan birgalikda aktsiyani boshidan ohiriga qadar qiziqish bilan kuzatib kelayotgan tomoshabinlar ishtirok etishdi.

Tadbir boshidan ohiriga qadar boshlovchilik vazifasida «O'zbegim taronasi» radiokanali boshlovchisi Jahongir Shahobiddinov bo'lib, aktsiya davomida turli kichik tanlovlarni uyushtirdi. Ushbu jarayon esa tomoshabinlarni tadbir ohiriga qadar qiziqish bilan kuzatishlariga sabab bo'ldi.

Alohida aytib o'tish joiz, aktsiya tadbirining e`tiborga loyiq tomoni tashkilotchilar tomonidan aktsiyaning haqqoniy tarzda o'tkazilayotganligi, aniqrog'i, ishtirokchilar umidi va harakatlarining zoYe ketmasligiga jiddiy ahamiyat berilayotganligidir.

Qolaversa, boshlovchi Jahongir Shahobiddinov ham birma-bir promo-kodlarni ekran orqali namoyish etib, har bir yo'nalishlar bo'yicha promo-kodlar egalariga to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroqni amalga oshirib bordi.

Yo'nalishlarda qo'yilgan yutuq egalariga qo'ng'iroq qilib tushgan boshlovchi ularni tabriklab, yutuq sohibi bo'lganligi, istagan paytda sovg'asini olib ketishi mumkinligini aytdi.
Aktsiyaga taklif etilgan honanda Ulug'bek RahmatullaYev ayni damda hit bo'lgan taronalarini kuylab, yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

“Alladin” iste`dodli bolalar guruhi tomonidan aktsiyaning boshidan ohiriga qadar taqdim etilgan qo'shiq va raqslar ham ko'pchilikka manzur bo'ldi.

Quyida sizni aktsiya qoidalari bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan omadli ishtirokchilar bilan tanishtiramiz

Demak, 2016 yilning 15 martidan boshlangan “Musaffoni harid qil va Chevrolet SPARK yutib ol”promo-aktsiyasi tadbiri joriy yilning 14 avgust kuni o'z nihoyasiga Yetdi.
Yutuqlar esa o'zining haqiqiy omadli egalariga nasib etdi!

Har bir g'olib aktsiyaning beshinchi bosqichida o'rtacha 16 promo-kodni (4-bosqichda 18ta, 3-bosqich 18ta, 2-bosqich 16ta, 1-bosqich 11ta) faollashtirdi.

20 promo-kodni faollashtirgan ishtirokchilar elektr choynak (4-bosqichda 11ta, 3-bosqichda 19ta, 2-bosqichda 16ta, 1-bosqichda 11ta) sohibi bo'ldilar.

Ular orasida tosterni qo'lga kiritgan ishtirokchilar 13 promo-kodni (4-bosqichda 26ta, 3-bosqichda 15ta, 2-bosqichda 32ta, 1-bosqichda 14ta) faollashtirgan.
O'tgan oy davomida 3 sut qutisi evaziga blender sohibiga aylangan omad egalari 4-bosqichda 28ta, 3-bosqichda 9ta, 2-bosqichda 9ta, 1-bosqichda esa 4 ta promo-kodni faollashtirgani ma`lum bo'ldi.
Shu bilan birgalikda, mikroto'lqinli pechning omadli sohiblari 12 ta (4-bosqichda 11ta, 3-bosqichda 43ta, 2-bosqichda 21ta, 1-bosqichda 25ta) promo-kodni ro'yhatdan o'tkazishgan.
Endi aktsiyaning qiziqarli, ishonish qiyin, ammo har galgidek haqiqatga yaqin bo'lgan jihatiga to'htalsak…

Yodingizda bo'lsa, aktsiyaning o'tgan bosqichida atigi 1 promo-kodni yo'llagan ishtirokchilar ham o'z esdalik sovg'alarini qo'lga kiritgan edi. Buni qarangki, bu gal ham omad o'z egalarini tanlab, atigi 1 promo-kod evaziga 5 nafar ishtirokchi elektr choynak, 1 nafari blender, 2 nafari toster hamda 1 ishtirokchiga mikroto'lqinli pech nasib etdi.

Tadbirning yakuniy daqiqalarida nafaqat aktsiya ishtirkochilari, hatto boshlovchini ham qattiq hayajon bosdi. Sababi, aktsiyada va`da qilganidek, +998hh-968-hh-20 abonenti, 4,35233E+11 promo-kodi egasiga haqiqatdan ham Chevrolet SPARK avtomobili nasib etdi. Boshlovchi bu quvonchli yangilikni o'z egasiga qo'ng'iroq orqali ma`lum qilarkan, zaldagi aktsiya ishtirkochilari ham yutuq sohibini qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlab turdi.

Shunday qilib, aktsiyada qo'yilgan eng qimmatbaho bosh sovrin, yangi Chevrolet SPARK 5-bosqich davomida 54 ta promo-kodlarni yo'llagan omadli ishtirokchiga, 4,35233E+11 promo-kodi egasiga nasib etdi.

Quyida omadli ishtirokchilar o'zlarining aktsiyadan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar;

+9989hh-920-hh-18 abonenti 288515614817 promo-kodi sohibasi:
“Men hususiy kompaniyalarning birida menejYer bo'lib ishlayman. Oilam bilan birgalikda «Musaffo» sutini muntazam ravishda iste`mol qilib kelaman. Bir kuni sut qutisida yopishtirilgan stiker e`tiborimni tortdi va bu yutuqli o'yinda ishtirok etishga qiziqdim. Bir necha marotaba promo-kodlarni qisqa 1965 raqamlariga yo'lladim. Aktsiya tadbiri kuni menga qo'ng'iroq qilib, elektr choynagi yutib olganligimni aytishdi. Ushbu sovg'a menga “Musaffo” aktsiyadan ajoyib esdalik sovg'asi bo'lib qoldi”.
Toshkent shahri, Chilonzor tumanidan Raisa Mazitova Barisovna


+998hh-935-hh-33 abonenti, 683461516088 promo-kodi sohibi:
“Men Nelkonyan Artur Davidovich Toshkent shahri, Sergeli tumanida istiqomat qilaman. Kasbim menejYer. Bugungacha juda ham ko'p yutuqli aktsiyalarda ishtirok etib keldim, ammo birortasidan yutuq chiqmagan edi. Ammo bu gal omadim keldi va men toster yutib oldim. Yutuq sohibi bo'lganimga emas, shunchaki, bu galgi aktsiyada omadim kelganiga hursand bo'ldim.

+998hh-351-hh-94 abonenti, 316813639353 promo-kodi sohibasi
“Men qanday aktsiya bo'lmasin, hammasida ishtirok etaman va shuni aytishim mumkinki, har gal menga omad kulib boqqan. Bu gal ham «Musaffo» aktsiyasida ishtirok etib, o'z omadimni yana bir bor sinab ko'rishga ahd qildim. Aktsiyada “Artel'” firmasining blenderini yutib oldim”.
Toshkent shahri, Chilonzor tumanidan Aripova Nargizahon Ahtamovna.


+998hh-964-hh-33 abonenti, 219148103257 promo-kodi sohibi
“Men AzimbaYeva Dilorom KayumbaYevna Toshkent shahri, Shayhontohur tumanida istiqomat qilaman. Kasbim shifokor. Ayni damda nafaqadaman. «Musaffo» sutini yutuq borligi uchun emas, shunchaki mazasi oilamga, o'zimga manzur bo'lganligi uchun iste`mol qilib kelardim. Bir kuni sut qutisi sirtiddagi stikerni ko'rib, menda ham aktsiyada ishtirok etishga qiziqish paydo bo'ldi. Uch marotaba promo-kodlarni yo'llab, uchinchisida yutuqqa, mikroto'lqinli pechga ega bo'ldim. Boshqa ishtirokchilarga esa nafaqat aktsiya uchun, foydali va vitaminlarga boy bo'lganligi uchun ham “Musaffo” sutini iste`mol qilishlarini tavsiya qilaman”.

+998hh-968-hh-20 abonenti 435233313843 promo-kodi sohibi
“Yoshligimdan buyon turli lotoreyali yutuqlarda ishtirok etib kelganman. Ammo birortasidan ham yutuq chiqmaganligi uchun, har doim hafsalam pir bo'lar, bu esa kayfiyatimga ta`sir ko'rsatmay qolmasdi. Ammo bu gal omadim kelib, «Musaffo» aktsiyasida Chevrolet Spark avtomobil'i sohibiga aylandim. Musaffo sutini ichib, promo-kodlarni yo'llab, stikerli qismini esa o'zimda saqlab qo'yaverdim. Menga qo'ng'iroq qilgan holda yutuqqa ega bo'lganligim haqida aytishganida, avvaliga ishonmadim. So'ng o'zim Musaffo kompaniyasiga qo'ng'iroq qilgan holda aniqlik kiritib, rostdan ham Chevrolet SPARK yutib olganimni eshitdim.Ushbu yutuq men uchun mustaqilligimiz qabul qilingan bayramda ajoyib sovg'a bo'ldi. Tashkilotchilarga aktsiyaning haqqoniy o'tishini ta`minlab borayotganliklari uchun minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
AbdullaYev Feruz Ilhomovich, Navoiy viloyati, Karmana tumani

Faollashtirilgan promo-kodlar va aktsiyaning final bosqichiga oid batafsil ma`lumotlarni quyidagi manba orqali tanishishingiz mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн