Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent-Buhoro yo'nalishida ilk tezyurar poYezd qatnovi amalga oshirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 116           Дата: 26-08-2016, 16:40          
Toshkent-Buhoro yo'nalishida ilk tezyurar poYezd qatnovi amalga oshirildi

Bugun Toshkent-Buhoro yo'nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy elektr poYezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Bu haqda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ matbuot hizmati ma`lum qilgan.

Endilikda O'zbekiston poytahtidan Buhoro shahrigacha bo'lgan 600 kilometrlik masofa avvalgi 7-8 soat o'rniga 3 soatu 20 daqiqada amalga oshiriladi.

O'tgan yilning aprel' oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida "Samarqand-Buhoro" yo'nalishidagi mavjud liniya yo'llarini rekonstruktsiya qilish, yangi po'lat izlarni yotqizish hamda elektrlashtirish ishlari jadal sur`atlarda boshlab yuborilgan edi. 25 avgust kuni ushbu loyiha to'liq nihoyasiga Yetkazilib foydalanishga topshirildi hamda "Toshkent-Buhoro" yo'nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poYezdining ilk qatnovi amalga oshirildi.

Samarqand-Buhoro yo'nalishidagi temir yo'lning uzunligi 259 kilometrdan iborat. Umumiy qiymati qariyb 400 million AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu loyihani amalga oshirish uchun 16 oy vaqt sarflandi. Loyiha doirasida 16,2 million kubmetr tuproq ishlari, shuningdek, 146 kilometrlik "Maroqand-Navoiy" uchastkasida Yer ko'tarma ishlari bajarilib, yangi temir yo'l to'liq yotqizilgan.

Toshkent-Buhoro yo'nalishida ilk tezyurar poYezd qatnovi amalga oshirildi

Navoiydan-Buhorogacha bo'lgan masofada esa mavjud po'lat izlar to'liq rekonstruktsiya qilindi. Bundan tashqari, ushbu yo'nalishda jami 222ta sun`iy inshoot, shu jumladan, 1ta piyodalar o'tish yo'lagi, 4ta yo'l o'tkazgich va 4ta ko'prik qurib bitkazildi. Shuningdek, ushbu hududda poYezdlarni bir maromda elektr quvvati bilan ta`minlab beruvchi 4ta elektr tortish stantsiyalari binolari ham tiklandi va ular eng zamonaviy tehnik jihozlar bilan ta`minlandi. Bu jarayonda 1000dan ortiq ishchilar, temir yo'lchilar va mutahassislar mehnat qilishdi.

Magistralning ikki tomonida deyarli 500 kilometrdan ziyod masofaga metall to'siqlar o'rnatildi. Mazkur qurilishga 220ga yaqin zamonaviy tehnika jalb etildi.

Kattaqo'rg'on shahrida bir yo'la 100 nafar yo'lovchiga bugungi kun talablari darajasida hizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan yangi, zamonaviy vokzal binosi qad rostladi. Loyiha doirasida Buhoro vokzali tubdan rekonstruktsiya qilindi. Eski, ko'rimsiz vokzal o'rnida bugun zamonaviy, halqaro standartlarga mos, bir vaqtning o'zida 300 nafardan ziyod yo'lovchiga hizmat ko'rsatishga mo'ljallangan muhtasham vokzal binosi qadim va ko'hna shaharga yanada ko'rk bag'ishlamoqda. Keng va yorug' kutish zali, chiptahonalar, ona-bola va tibbiyot honasi, shuningdek, horijlik sayyohlarni kutib olish, kuzatishni tashkil etishga hizmat kiluvchi barcha shart-sharoitlarga ega ko'rkam maskan barpo etildi.

Mutahassislarning izohlashicha, mazkur loyihaning foydalanishga topshirilishi natijasida temir yo'l uchastkasining o'tkazish imkoniyati 36 foizga oshadi, ekspluatatsiya harajatlari esa 36 foizga kamayadi.

Ushbu yo'nalishda yana 200 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.

Endilikda ushbu hududda yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poYezdlari qatnovi yo'lga qo'yilganidan so'ng, O'zbekistonda bunday poYezdlar harakatlanadigan temir yo'llar uzunligi 700 kilometrdan ortdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн