Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Farg'onada mahalliy homashyo asosida propan gazi tashuvchi avtotsisternalar ishlab chiqarilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 175           Дата: 23-08-2016, 11:58          
Farg'onada mahalliy homashyo asosida propan gazi tashuvchi avtotsisternalar ishlab chiqarilmoqda

Farg'onada “O'zbekiston infratuzilmasi – Farg'ona vodiysi 2016" halqaro ko'rgazmasi ish boshladi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “ITE Uzbekistan” halqaro ko'rgazma kompaniyasi hamda Farg'ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida qulay sarmoyaviy va biznes muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar iqtisodiyotimiz barqarorligini ta`minlashda muhim omil bo'layotgani ta`kidlandi. Mazkur ko'rgazma ham ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko'rgazmada halqaro kompaniyalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari tadbirkorlariga o'z hizmat va tehnologiyalarini taqdim etayotir.

AQSh, Bel'giya, Germaniya, Italiya, Vengriya, Hitoy, Yaponiya, Rossiya, Turkiya kabi o'ndan ziyod davlat o'ttizdan ortiq kompaniyasining tibbiyot, qishloq ho'jaligi, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, asbob-uskunalar va tehnika bo'limlarida namoyish etilayotgan tehnologiyalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

– Ko'rgazmada horijiy ishlab chiqaruvchilar va hududlardagi iste`molchilar o'rtasidagi aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishga hizmat qiluvchi zamonaviy tehnologiyalar va ishlanmalar namoyish etilmoqda, – deydi Savdo-sanoat palatasining Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Bahrom Sultonov. – Bu tadbir bevosita aloqalar o'rnatish, yangi dillerlik tarmoqlari yaratish va mavjudlarini rivojlantirishga hizmat qiladi.

Tadbirda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan ko'plab korhona va kichik biznes sub`Yektlari ham o'zlarining zamonaviy tehnologiya va mahsulotlarini namoyish etmoqda.

– Korhonamizda mahalliy homashyo asosida propan gazi tashuvchi avtotsisternalar ishlab chiqarilmoqda, – deydi Farg'ona shahridagi “Madad” mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari o'rinbosari Rahmatillo Isomiddinov. – Bu mahsulotlarimiz sifati va halqaro talablarga mosligi bilan ichki bozorda haridorgir. Ko'rgazmada mahsulotlarimizni ham namoyish etib, uning afzalliklari haqida tushunchalar bermoqdamiz.

Ko'rgazma mamlakatimiz tadbirkorlari, ishlab chiqaruvchilari va horijiy ishtirokchilar o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, chet el investitsiyalari va iqtisodiyotimizni ravnaq toptirish bo'yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zamonaviy tehnologiyalarni jalb etish borasida qulay imkoniyat yaratishga hizmat qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн