Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda Mustaqillik kunida havfsizlik choralari kuchaytiriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 139           Дата: 23-08-2016, 10:19          
O'zbekistonda Mustaqillik kunida havfsizlik choralari kuchaytiriladi

O'zbekistonda Mustaqillik kuni arafasida jamoat tartibini saqlash, yo'l harakati havfsizligi va yong'in havfsizligini ta`minlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo'yicha choralar kuchaytiriladi. Bu haqda ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Tursunpo'lat Toshpo'latov O'zAga bergan interv'yusida ma`lum qildi.

«Tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida vazirlikning huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, patrul'-post hizmati va jamoat tartibini saqlash, yong'in, yo'l harakati havfsizligi bosh boshqarmalari, horijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, „Qo'riqlash“ birlashmasi va boshqa hizmatlarning hodimlari tomonidan tegishli tashkiliy profilaktik ishlar bajarilmoqda», — dedi vazir o'rinbosari.

«Mamlakatimizning har bir go'shasi, ayniqsa, bayram tadbirlari o'tkaziladigan joylar soha hodimlarining alohida e`tiborida. Havfsizlikni ta`minlash yuzasidan mahsus reydlar o'tkazilayotir. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, hususan, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari faol ishtirok etmoqda. Tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar o'z vaqtida bartaraf etilayotir», — qayd etdi u.

Tursunpo'lat Toshpo'latovning ta`kidlashicha, bayram oldidan barcha tuman, shahar, mahalla va ovullarda ichki ishlar organlari hodimlari va «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi vakillaridan iborat guruhlar tashkil etildi. Ular aholi tinchligini saqlashga oid zarur choralarni ko'rish bilan birga jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etishga moyil shahslarni aniqlash va ularga jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda profilaktik ta`sir ko'rsatishga oid vazifalarni samarali ado etmoqda.

Patrul'-post va jamoat tartibini saqlash hizmati tomonidan aholi gavjum joylarda fuqarolar havfsizligini ta`minlash, shubhali shahslar aniqlanganda ularga nisbatan tegishli chora ko'rish, jamoat tartibini buzish holatlari uchraganda uni darhol bartaraf etish choralari yanada kuchaytirilgan. Bayramoldi chora-tadbirlari davomida 8 mingga yaqin huquqbuzarlik aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

«Shahar va qishloqlarimizning sanitariya holati, ko'chalarning yoritilishi bilan bog'liq holatlar ham soha hodimlarining e`tiboridan chetda qolgani yo'q. Bu borada uchragan kamchiliklar yuzasidan obodonlashtirish va elektr tarmoqlari korhonalariga olti yuzga yaqin taqdimnoma kiritildi. Natijada kamchiliklar bartaraf etilib, aholiga qulayliklar yaratildi», — IIV rahbarining birinchi o'rinbosari so'zlaridan iqtibos keltirmoqda O'zA.

25 mingga yaqin aholi turar joyi, 1000 ga yaqin ko'p qavatli uyning yong'inga qarshi holati tekshirildi. Olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasida yong'in havfsizligi talablarini buzgan 1500 dan ziyod fuqaro va mas`ul shahs ma`muriy javobgarlikka tortildi.

«Istiqlolimizning chorak asrlik ayyomi arafasida poytahtimiz, barcha viloyatlarda yo'llar obodligiga e`tibor yanada kuchaydi. Yo'llar kengaytirilib, zamon talablari asosida qayta bunyod etilib, ularda fuqarolar hafsizligini ta`minlash choralari ta`minlanayotir. Chunonchi, avtomobillar harakatining qarama-qarshi yo'nalishlarini ajratuvchi to'siqlar, alohida piyodalar yo'laklari barpo etilgani juda katta qulayliklar yaratdi. Bundan tashqari, markazlashgan ko'chalarda avtomobillar harakatini kuzatish va tartibga solishga qaratilgan videokuzatuv moslamalari faoliyati yo'lga qo'yilgani yo'l harakati qoidalari buzilishi holatlarining keskin kamayishini ta`minlamoqda. Soha hodimlari barcha ko'chalarda, hususan, bayram tadbirlari o'tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo'llarda havfsizlik choralarini kuchaytirgan. Ulardagi yo'l belgilari ko'zdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda», — qayd etdi Tursunpo'lat Toshpo'latov.

Uning qo'shimcha qilishicha, bayram munosabati bilan poytahtda havfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida transport vositalari yo'l harakati havfsizligi hizmati hodimlari tomonidan jiddiy tekshiruvdan o'tkazilmoqda. Bayram arafasida va bayram kunlari poytahtga kirib kelayotgan transport vositalari qatnovi biroz cheklanishi ham mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн