Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Majlis Senati yangi tahrirdagi Bojxona kodeksini tasdiqladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 588           Дата: 4-12-2015, 10:17          

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati to‘rtinchi yalpi majlisining birinchi ish kunida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Senatorlarning ta’kidlashicha, kodeksning yangi tahriri bojxona ishlarining yagona va bir xillashtirilgan qonunchilik bazasini yanada rivojlantirish, bojxona ma’murchiligining barcha bosqichlari va darajalarida norma hamda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, bojxona tomonidan tartibga solishning oshkoraligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Kodeksda ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan turli hujjatlarni berish tartib-taomillari, tovarlarni, shu jumladan, tovarlar bojxona hududiga kelib tushishidan avval ularni deklaratsiyalash va rasmiylashtirishda bojxona tartib-taomillaridan o‘tkazish tartibi yengillashtirildi, shuningdek, mazkur masalalar yuzasidan bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qaror qabul qilish uchun belgilangan muddatlar ancha qisqartirildi.

Tijorat va notijorat maqsadlaridagi transport vositalarini, shuningdek, tovarlarni bojxona chegarasi orqali quvur transporti va elektr o‘tkazuvchi liniyalar orqali olib o‘tish tartibi ancha maqbullashtirildi, bojxona nazoratining yangi shakllari joriy etildi.

Davlat bojxona nazoratining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyatining tartibi normativ jihatdan mustahkamlandi. Mazkur tartib bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar sonini sezilarli darajada qisqartirishni nazarda tutadi. Bu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillarini ancha yengillashtiradi.

“Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishning, ichki bozorni sifatsiz va kontrabanda mahsulotlaridan himoya qilishning, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan, kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining jahon bozorlariga chiqishi uchun qo‘shimcha qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishning muhim omiliga aylanadi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Shundan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ko‘rib chiqildi.

Ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, bir qator boshqa qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн