Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston Senati 2016-yilgi Davlat budjetini tasdiqladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 400           Дата: 4-12-2015, 09:49          

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati to‘rtinchi yalpi majlisining 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi ish kunida senatorlar Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda 2016-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Budjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yalpi ichki mahsulotni 7,8 foizga oshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, 2016-yilda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari faol investitsiya siyosatini yuritish hisobiga ham ta’minlanishi kutilmoqda.

Jumladan, 2016-yilda barcha kapital qo‘yilmalar hajmini 9,6 foizga oshirishni ta’minlash nazarda tutilmoqda, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jami 4,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 2,1 foizi ajratilishi mo‘ljallanmoqda.

“Aholi daromadlari zimmasiga tushadigan soliq yukini kamaytirish maqsadida soliq solishning ikkinchi pog‘onasi bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkasini 8,5 foizdan 7,5 foizgacha pasaytirish nazarda tutilmoqda, bu esa aholi daromadlarini 235 milliard so‘mga ko‘paytirish imkonini beradi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

2016-yilda xizmatlar sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga pasaytirilishi mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54,5 foizdan 55,5 foizga ko‘paytirish imkonini beradi.

Davlat budjetining ijtimoiy xarajatlari 59,2 foizni tashkil qilmoqda. Budjet parametrlarida oliy o‘quv yurtlarini mukammal ta’mirlash va jihozlash, umumta’lim maktablari va maktabgacha tarbiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadigan xarajatlarni oshirish nazarda tutilmoqda.

Senatorlar Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda 2016-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi.

Shundan so‘ng “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн